Hujjat matni 537266-(551546)
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
Asosoiy vazifalari:
Kotibiyatning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, kotibiyat vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi xujjatlarining, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi; Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi; belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarishda Kotibiyat xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga qiladi; hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda Kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha halq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularni ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi; tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohada islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi; Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilish ishlarini muvofiqlashtiradi; Hududda qurilish islohotlarini chuqurlashtirish, transport va aloqa tarmoqlarini zamonaviy andozalarga koʻtarish maqsadida, shahar va tuman hokimliklari va boshqa organlarining ish faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi. Kotibiyatga kelgan hujjatlarni qaror va farmoyishlarda koʻrsatilgan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi. Bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassislarga kerakli aniq topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini nazoratga oladi, viloyat faollar yigʻilishlarining ish rejasi loyihasini tayyorlashga va oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatadi. Viloyat hokimining qaror va farmoyishlarining kotibiyat masalalari boʻyicha tayyorlashda shaxsan boshchilik qiladi. Oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha viloyat hokimligi rahbariyatiga kotibiyatning faoliyati hamda shahar va tuman hokimliklarining qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari olib borayotgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Kotibiyatga tegishli tashkilot rahbarlarini tanlash, lavozimga tavsiya etish va zarur boʻlganda almashtirish masalalarini hamda ularni ragʻbatlantirishni koʻrib chiqadi va viloyat hokimining oʻrinbosariga takliflar tayyorlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining qurilish guruhi rahbarlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Qurilish va kommunikatsiya majmuasiga kiradigan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birgalikda quyidagi tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechishda ishtirok etadi, viloyat hokimiga, viloyat hokimining oʻrinbosariga takliflar tayyorlaydi. Kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi; zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarida ishtirok etadi; Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlanishini tashkillashtiradi; Kotibiyat faoliyatiga doir masalalar yuzasidan viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi. Toshkent viloyati hokimi va Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Viloyat hududida yer maydonlarini ajratish masalalariga qaratilgan xujjatlar bilan ishlash hamda bu borada tashkil etilgan “Toshkent viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarga yer qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalari asosida yer uchastkalarini tanlash amaliyotini oʻrganish viloyat komissiyasi”ning masʼul kotibi vazifasini bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling