Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahar, Ohangron tumani, Olmaliq shahar, Ohangaron shahar, Piskent tumani, Boʻstonliq tumani, Parkent tumani Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi (eksport va import), “Angren”, “Boʻstonliq-farm”, “Parkent-farm” MIZ Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi kotibi Viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga amal qiladi. Quyidagilar oʻrinbosarning asosiy vazifalari hisoblanadi: - hududda turizm va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, sohaga doir qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash; - tegishli hududlarda turizm sohasidagi asosiy vazifalar va turizmni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash; - turizm va sport sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish; - turistlar (ekskursantlar)ga tegishli hududlardagi turistik resurslardan samarali foydalanish, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi favqulodda yordam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash; - turizm va sport sohasida turli tadbirlar (festivallar, musobaqalar, sayllar, teatrlashtirilgan tomoshalar, koʻrgazmalar, anjumanlar)ni tashkil etish va oʻtkazish; - chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini koʻpaytirish hamda ularni jalb qilish boʻyicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish; - sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganish, bu boradagi mavjud muammolar va toʻsiqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq mexanizmlarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash; - turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yoʻnalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish; - qoʻshimcha sayyohlik tashrif obyektlari, koʻngilochar komplekslar barpo etish boʻyicha choralar koʻrish, madaniy meros obyektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, anʼanalarini oʻzida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish; - turizm va sportni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish; - tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda turizm va sport sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish; - turizm va sportni rivojlantirish boʻyicha masʼul vazirlik, idora va qoʻmitalarning hududiy boshqarmalarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish; - turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini koʻrish; - turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, turizm xizmatlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, chet mamlakatlardagi turizm markazlarida narx konyukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni eksport qilinishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; - muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat, shuningdek turizm va sportni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning oʻrinbosarlariga taqdim etadi; - turizm va sport sohasining muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha tegishli tizimlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi; - Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yigʻilishlari, hokim va uning oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi; - turizm va sport sohasidagi hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; - viloyat hokimining hududda turizm va sportni rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari boʻyicha hisoboti Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi; - madaniy-tanishtiruv maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun ekskursiya va sayohatlar tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashish; - yurtimizda va chet el mamlakatlarida boʻlib oʻtadigan milliy va xalqaro turizm yarmarkalarida muntazam ravishda faol ishtirok etish yoʻli bilan hududning ijobiy qiyofasini shakllantirish; - chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini koʻpaytirish hamda ularni jalb qilish boʻyicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish; - viloyatga chegaradosh viloyatlar, tuman (shaharlar) hududida joylashgan turizm obyektlariga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini viloyatga jalb qilishga doir hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish; - madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy madaniy va maʼnaviy merosni ehtiyotlab asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; - jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etish, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqish; - tegishli hududlarda turizm axborot markazlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini taʼminlash va boshqalar. Oʻrinbosar viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga hamda Turizm va sport bosh boshqarmasiga rahbarlik qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi. Tasdiqlangan jadvalga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. Oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyat hokimligi nomidan vakillik qiladi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling