Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahri va Parkent tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Turizm va sport bosh boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, Madaniy meros boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Kinematografiya agentligining viloyat boʻlimi
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Mavjud emas.
Toshkent viloyati hokimligi turizm, sport, madaniyat, madaniy meros, va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari


e-qaror.gov.uz
11.04.2022
12
Turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri;
kotibiyatning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, kotibiyat vakolatiga kiradigan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul
qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
vazifalar taqsimotini, shuningdek kotibiyat ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va viloyat hokimligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
viloyat hokimi yoki uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yigʻilishlarda
qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning
taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda hokimning oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, tegishli tarmoq va sohalar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, alq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil
qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganadi, ular
faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Viloyat hokimligining tegishli boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling