Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Chirchiq shahar, Qibray tumani, Yuqorichirchiq tumani, Oʻrtachirchiq tumani, Nurafshon shahri, Zangiota tumani, Toshkent tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, Viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Viloyat innovatsion rivojlantirish boshqarmasi
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyaci kotibi
Toshkent viloyati hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari


e-qaror.gov.uz
11.04.2022
11
Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha komissiyalar
majlislariga materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Faollar yigʻilishlari materiallarini tayyorlash va uni maromida oʻtishini taʼminlaydi.
Yigʻilish bayoni qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qiladi.
Kotibiyatning oylik va haftalik ish rejalari asosida ish yuritadi.
Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi.
Majmuaga tegishli tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimida ishtirok etib kotibiyat mudiriga takliflar tayyorlaydi:
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Mazkur tashkilotlarning ishini chuqur oʻrganib, zaruratga qarab oldiga qoʻyilgan masalalarning hal qilinishida joylarga borib amaliy yordam koʻrsatadi.
Berkitilgan tashkilotlar boʻyicha topshiriqlarning nazoratga olinishini va oʻz vaqtida nazoratdan chiqarilishini taʼminlaydi.
Sohaga taalluqli maqsadli dasturlarning ijrosini tashkil etadi.
Kotibiyatda yuqori tashkilotlar hamda hokim oʻrinbosari va kotibiyat nazoratidagi xatlarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha ish olib boradi va bajarilishi taʼminlanmagan hujjatlar boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Tegishli komissiyalar ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
Oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi.
Tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
2Kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi.
2Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling