Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
yo'q Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: yo'q Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: yo'q Toshkent viloyati hokimligi Yuridik xizmati bosh yuristkonsulti Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz 11.04.2022 24 20. Bosh yuriskonsult Toshkent viloyati hokimining va Yuridik xizmat boshligʻining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi: takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Yuridik xizmat boshligʻiga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimiga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; viloyat hokimi tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha komissiyalar majlislariga materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi; Yuridik xizmatning oylik va haftalik ish rejalari asosida ish yuritadi. Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi. Majmuaga tegishli tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimida ishtirok etib Yuridik xizmat boshligʻiga takliflar tayyorlaydi: Yuridik xizmatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Yuridik xizmat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Yuridik xizmat boshligʻiga axborot beradi; jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Yuridik xizmat boshligʻiga axborot beradi; Yuridik xizmat tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi; Yuridik xizmat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi; Yuridik xizmat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Yuridik xizmat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi; Yuridik xizmat faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; Toshkent viloyati hokimining va Yuridik xizmat boshligʻining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 2Yuridik xizmat boshligʻi yoʻqligida Yuridik xizmat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Yuridik xizmatga boshchilik qiladi. 2Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 19. Yuridik xizmat xodimlari : Yuridik xizmat boshligʻi bilan birgalikda Yuridik xizmatning yarim yillik va yillik ish rejalarini tuzishni tashkil etadilar, ularning bajarilishini taʼminlaydilar; Viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda shahar hokimi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini bajarilishining nazorat etilishini taʼminlaydilar, Yuridik xizmat boshligʻini viloyat, tuman va shahar hokimliklaridagi, bosh boshqarmalar, boshqarmalarda ijro intizomi toʻgʻrisida tegishli masalalar yuzasidan xabardor etib boradilar; Toshkent viloyati hokimining topshirigʻiga binoan Yuridik xizmat boshligʻi yoʻqligida bosh mutaxassis vaqtincha uning vazifasini bajaradi; Yuridik xizmat xodimlari ushbu Nizomda koʻrsatilgan vakolatlar doirasida Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling