Hujjatchilikning boshlanishi va hujjat haqida ma’lumot
Download 21.69 Kb.
|
Hujjatchilikning boshlanishi va hujjat haqida ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent Axborot Texnologiyalari Kasb Hunar Kolleji. Mavzu: Hujjatchilikning boshlanishi va hujjat haqida ma’lumot. 25-1-4 guruh o’quvchisi
Hujjat bu- boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat- bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati, va shu kabilarni ko’rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog’ozi, yoki kimsaning kimligini, mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi (passport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.)
Sharqda X – XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga o’xshash hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma – xil bo’lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h. k. Bu o’rinda To’xtamishxonning 1393 – yilda polyak qiroli Yagoyloga yo’llangan yorlig’i, Temur Qutlug’ning 1397 - yildagi yorlig’i, Boburning otasi Umarshayx mirzoning marg’ilonlik Mir Sayid Axmad ismli shaxsga 1469 – yilda bergan yorlig’I, Toshkent hokimi Yunusxo’janing 1797 – yil 2 – iyunda Peterburg – Rossiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yorlig’I va boshqalarni eslab o’tish mumkin. Mazkur davr yorliqlarida o’ziga xosl isoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab o’tilgan yorliqlarning birinchisi – “To’xtamish so’zim Yagaylaga” deb, ikkinchisi – “Temur Qutlug’ so’zim” deb, uchinchisi esa – “Sultan Umarshayx Baxodur so’zum” deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko’rsatilgan. XIX asrda Qo’qon xonligidagi keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta” lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, don yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy tarkib va nutqiy qolip o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va takomil mahsuli ekanligining dalilidir. O’zbekiston Respublikasida ham hujjatlarni rivojlanishiga yetarli e’tibor berilmoqda. O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi 1924 – yilning 31 – dekabrida 48 – raqamli muhim bir qaror qabul qildi. Bu qarorning nomi quyidagicha ifodalangan: “Ishlarni o’zbek tilida yurgizish ham O’zbekiston jumxuriyatining inqilobiy qo’mitasi huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va maxallalarida muzofot yerlashtirish hay’atlari tuzilish (i) to’g’risida”. Ushbu qaror, unda ta’kidlanishicha, sho’ro idoralarining ishlarini mahalliy xalqqa yaqinlashtirish va ishchi – dehqonlarni sho’ro tuzilishishiga aralashtirish maqsadi bilan qabul qilingan. Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyanishlar amalga oshirila boshladi, xususan maxsus ish qog’ozlari tayyorlandi. Lekin 1930 – yillarning ikkinchi yarmidan boshlab o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor rasman susayib borgan. O’sha murakkab tarixiy jarayon, xalqlarning milliy o’zliklarining ishlaridan hokimiyatning daxshatli darajadagi qo’rquvi, bu qo’rquv hukumron bo’lgan qatag’on davrining achchiq samarasi bugun hech kimga sir emas. Aytish lozimki, yaqin o’tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o’zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o’zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin – yaqinlargacha “Berildi ushbu spravkani falonchiyevga shul haqdakim, haqiqatan ham bu o’rtoq shul joyda yashab turadi” kabilidagi 20 – yillarda rustilidan andoza olish tufayli shamoyilga ma’lumotnomalar yozib kelingan. Umuman, o’zbek hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo’lsa – da, Oktyabr inqilobidan keyin jumxuriyatimizda hujjatchilik bevosita o’zbek tili negizida rivojlantirilmoqda. Bu sohadagi asosiy yo’nalish nusxa ko’chirishdan iborat bo’lib qoldi. Ana shuning va bir qancha omillarning oqibati natijasida o’zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilgan bugungi kunda o’zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratish eng dolzarb vazifadir. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini ish yuritish qog`ozlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ish yuritishning bеvosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmuman, hajman va shaklan bir xil bo`lgan hujjatlar kattayu kichik mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar ham uzoq tarixga ega. Miloddan avvalgi XVII asrdagi qonunlar majmuasi, sharqda eramizning X-XIX asrlarga oid yorliqlar, farmonlar, nomalar, bitimlar, arznomalar, qarznomalar, vasiqa, tilxat kabi hujjatlar mavjud bo`lgan. Sobiq sho`ro tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o`z yo`rig`iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchilik, idoraviy ish yuritish tamoyillari ham shu izga solindi. O`ta g`irrom til siyosati tufayli milliy tillarning mavqеi pasayib bordi. Turkiston o`lkasining 1918 yildagi asosiy qonunida o`zbеk va rus tillari davlat tili dеb e'lon qilingan, amalda esa idoraviy ish yuritish rus tilida olib borilavеrgan. O`zbеkiston jumhuriyati inqilobiy qo`mitasining 1924-yil 31-dеkabrdagi 48-son qarori bilan sho`ro idoralarining ishlarini еrli xalqqa yaqinlashtirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilgan, xususan maxsus ish qog`ozlari tayyorlangan. Bu hujjatlar ham ruscha qolip asosida paydo bo`lgan. O`zbеk tiliga Davlat tili maqomining bеrilishi bilan o`zbеk tilida mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun imkoniyatlar ochildi. Hujjatlar avvalo tuzilish o`rniga ko`ra 2 xil bo`ladi : ichki va tashqi hujjatlar. Tashkilotning o`zida foydalaniladigan hujjatlar ichki hujjatlar dеyilsa, tashkilotlararo qo`llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi. Mazmuniga ko`ra hujjatlar sodda va murakkab bo`lsa, mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Tеgishlilik jihatiga ko`ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko`ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko`chirma hujjatlar farqlanadi. Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi : tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari. Toshkent Axborot Texnologiyalari Kasb Hunar Kolleji. Mavzu: Hujjatchilikning boshlanishi va hujjat haqida ma’lumot. 25-1-4 guruh o’quvchisi Bajardi: Norxo’jayev A. Tekshirdi: Download 21.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling