Hujjatlarning ekspertizasi
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
Модель I: ( м)1 = аsosiy S * аsosiy * аsosiy Н * * dyn.
Formula oʼzida real qoʼllash sharoitlarida oʼlchash vositasining xatoligining beshta tarkib toptiruvchisining ramziy birlashtirilgan yozuvini taqdim qiladi: аsosiyS — oʼlchash vositasining asosiy xatoligining tizimli tarkib toptiruvchisi; аsosiy — oʼlchash vositasining asosiy xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisi; аsosiy Н — oʼlchash vositasining asosiy xatoligining gisterezis bilan shartlanadigan tasodifiy tarkib toptiruvchisi; – oʼlchash vositasining taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarning taʼsiri va oʼlchash vositasining signalining noinformativ parametrlarining taʼsiri bilan shartlanadigan qoʼshimcha xatoliklarni (kelgusida – taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarni) birlashtirish; dyn – oʼlchash vositasining oʼlchash vositasiga kiruvchi signalning oʼzgarish tezligi (chastotasi) bilan shartlanadigan dinamik xatoligi; i – qoʼshimcha xatoliklarning soni. Berilgan tipdagi oʼlchash vositasining xususiyatlari va u qoʼllaniladigan ishchi sharoitlarga bogʼliq ravishda I modelda baʼzi bir tarkib toptiruvchilar boʼlmasligi mumkin. tarkib toptiruvchilarning I soni real qoʼllash sharoitlarida oʼlchash vositasinin xatoligiga sezilarli taʼsir koʼrsatadigan barcha kattaliklarning soniga teng boʼlishi lozim. РД 50-453 da tavsiya qilinadigan hisoblash uslublari I modelь boʼyicha oʼlchash vositasi xatoligining quyidagi tavsiflarini hisoblash imkonini beradi: М[ o`v] matematik kutilish va σ[[ o`v] oʼrtacha kvadratik chetlashish; Oʼlchash vositasining xatoligi R ehtimollik bilan boʼlishi mumkin boʼlgan o`v pastki va o`v yuqori chegaralar. Oʼlchash vositasi xatoligining tavsiflari quyidagi formulalar boʼyicha hisoblanadi: М[[ o`v] = σ[ o`v]= bu yerda – oʼlchash vositasi xatoligining statik tarkib toptiruvchisining dispersiyasi; — oʼlchash vositasi xatoligining dinamik tarkib toptiruvchining dispersiyasi; М[ ] – taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarning berilgan tavsiflari uchun oʼlchash vositasi xatoligining statik tarkib toptiruvchisining matematik kutilishi. Oʼlchash vositasining xatoligini intervalli baholashning chegaralari quyidagi formulalar boʼyicha hisoblanadi: М[ o`v] – k σ[ o`v] М[ o`v] + k σ[ o`v] Bu yerda k — xatolikning taqsimlanish qonunining turi va ishonchlilik ehtimoliga bogʼliq boʼlgan koeffitsient. Taqsimlanish qonuni nomaʼlum boʼlgan taqdirda koeffitsientning qiymati РД 50-453 da keltirilgan grafik boʼyicha aniqlanadi. Xatolikni hisoblash uslubi (I modelga mos keladigan) kam amalga oshadigan qiymatlarni hisobga olmaslik evaziga oʼlchash vositasining xatoligining koʼproq ratsional bahosini beradi (xatolikning tarkib toptiruvchilari uchtadan oshiq boʼlganda), uning uchun R < 1 deb olinadi. Model II. ( )II = аsosiy Formula oʼzida real qoʼllash sharoitlarida oʼlchash vositasining xatoligining uchta tarkib toptiruvchisining ramziy birlashtirilgan yozuvini taqdim qiladi: ∆asosiy — oʼlchash vositasining asosiy xatoligi (uni I modeldagi kabi tarkib toptiruvchilarga ajratmasdan). Berilgan tipdagi oʼlchash vositasining xususiyatlari va u qoʼllaniladigan ishchi sharoitlarga bogʼliq ravishda II modelda ning baʼzi bir yoki barcha tarkib toptiruvchilari va/yoki tarkib toptiruvchi boʼlmasligi mumkin. tarkib toptiruvchilarning I soni real qoʼllash sharoitlarida oʼlchash vositasinin xatoligiga sezilarli taʼsir koʼrsatadigan barcha kattaliklarning soniga teng boʼlishi lozim. II model oʼlchash vositalarining ularda asosiy xatolikning tasodifiy tarkib toptiruvchisi juda kichik (hisobga olmasa boʼladigan darajada) deb hisoblasa boʼladigan tiplari uchun qoʼllaniladi. Real ekspluatatsiya qilish sharoitlarida oʼlchash vositasining xatoligi R = 1 ehtimollik bilan boʼladigan intervalning [ o`v] pastki va [ o`v] yuqori chegaralari quyidagi formula boʼyicha hisoblanadi: Bu yerda – yoʼl qoʼyiladigan asosiy xatolikning chegarasi; — oʼlchash vositasining i-taʼsir koʼrsatuvchi kattalikdan keladigan mumkin boʼlgan eng katta qoʼshimcha xatoligi; – oʼlchash vositasi xatoligining nisbiy dinamik tarkib toptiruvchisining ustama bahosi. Yigʼindilash l ta taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklar uchun bajariladi. Ikkinchi hisoblash uslubidan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiq boʼladi: agar oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablarning juda kichik ehtimolli buzilishi jiddiy salbiy texnik yoki iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʼlsa yoki bu odamlarning salomatligi va hayotiga xavf tugʼdiradigan boʼlsa; agar oʼlchash vositalarining metrologik tavsiflariga qoʼyiladigan talablarning berilgan oʼlchashlar aniqligi meʼyorlarida berilgan hisoblash uslubini qoʼllash olib keladigan ortishi va bu bilan bogʼlanadigan qoʼshimcha xarajatlar bunday oʼlchash vositalarini qoʼllashga toʼsqilik qilmasa. Uslubiy xatolik oʼlchashlarning foydalaniladigan oʼlchash vositasining xususiyatlariga bogʼliq boʼlmagan xatoliklariga kiradi. Uslubiy xatoliklarni chaqiradigan omillar oʼta turli-tuman boʼladi va oʼlchashning turiga (chiziqli, radiotexnik, issiqlik-texnik va boshqa oʼlchashlar), tanlangan oʼlchash uslubiga, oʼlchashlarning natijalarini hisoblash usullariga, oʼlchashlar jarayonida turli yoʼl qoʼyilishlar va soddalashtirishlar va hokazolarga bogʼliq boʼladi. Oʼlchash uslubini tanlashda oʼlchashlarning moʼljallanishi, natijaning talab qilinadigan aniqligi, foydalanishning qulayligi va boshqa omillardan kelib chiqiladi. Natijani olish usuliga bogʼliq ravishda oʼlchashlar toʼgʼridan-toʼgʼri, bilvosita, birgalikda va jamlanma oʼlchashlarga boʼlinadi. Toʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchashlar oʼz navbatida bevosita baholash uslubi bilan oʼlchashlar va oʼlchov bilan solishtirish uslubi bilan oʼlchashlarga boʼlinadi. Har bir uslub oʼzining eng chekka aniqlik darajasi va qoʼllanilish sohasiga ega. Oʼlchashlarning uslubiy xatoliklari oʼlchashlarning asosiga qoʼyilgan hodisalarning nazariyasining yetarlicha ishlab chiqilmaganligi va oʼlchanadigan kattalikning qiymatini topish uchun foydalaniladigan nisbatlarning aniq emasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Uslubiy xatolikning barcha tashkil etuvchilarini baholash juda murakkab. Ekspert-metrolog zaruriy maʼlumotlarga ega boʼlishi, tahlil qilinadigan oʼlchash jarayoni, hodisa yoki mahsulotning oʼzining modelini yaratish bilan taklif qilinayotgan yechimni ijodiy baholay olishi lozim. Uslubiy xatoliklarni baholash — oʼlchashlar xatoligini aniqlashning eng koʼp mehnat qilishni talab qiladigan qismi boʼlib, koʼpincha faqatgina diqqat bilan rejalashtirilgan eksperiment oʼtkazish yoʼli bilan hal qilinadi. Eksperimentda, qoidaga koʼra, eng yaxshi metrologik tavsiflarga ega boʼlgan oʼlchash vositalari va uslublaridan foydalaniladi, uslubni baholash esa oʼlchashlarning natijalarini taqqoslash yoʼli bilan olib boriladi. Oʼlchashlarning operator tomonidan olib kiriladigan xatoligi koʼpincha oʼzi yozadigan priborlarning diagrammalariga ishlov berishda (oʼrtalashtirish, integrallash, masshtablash va hokazolar) namoyon boʼladi. Oʼlchashlarning natijalariga ishlov berishda operatorning malakasi bilan shartlanadigan xatoliklarni baholash asosan konkret qoʼllaniladigan oʼlchash vositalari va oʼlchashlarning natijalarini hisoblash algoritmlariga bogʼliq boʼladi. Raqamli oʼlchash vositalarining keng qoʼllanilishi, hisoblash texnikasi tizimlarida ulardan majmuaviy tarzda foydalanish imkoniyati avtomatlashtirilgan oʼlchash va oʼlchov maʼlumotlariga ishlov berish tizimlarini yaratish yoʼli bilan koʼrsatilgan xatoliklarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Ekspert metrologning vazifalaridan biri – oʼlchashlarning berilgan aniqligi va zaruriy unumdorligini olishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan oʼlchash vositalarini qoʼllash imkoniyatini aniqlash boʼlib hisoblanadi. Oʼlchashlarning xatoligini hisoblash uslublari uchun oʼlchashlarning talab qilinadigan aniqlik koʼrsatkichlarining shakli va oʼlchashlar xatoligining tarkib toptiruvchilarini yigʼindilash usuli hal qiluvchi rolь oʼynaydi. Hisoblash natijasida xatolikning qanday tavsiflarini olish zarurligi katta darajada boshlangʼich maʼlumotlar va hisoblash uslublariga qoʼyiladigan talablarni belgilaydi. Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining shakli tanlangandan keyin ularning yoʼl qoʼyiladigan qiymatlari tahlil qilinadi. Yuqorida koʼrib chiqilganidek, oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining yoʼl qoʼyiladigan qiymatlari (meʼyorlar) hal qilinadigan vazifalarning talablarini qanoatlantirishi lozim. Oʼlchashlarning xatoligini hisoblashda tarkib toptiruvchilarning tavsiflari boʼyicha xatolikning tavsiflarini toʼgʼri hisoblash uslubini tanlash muhim boʼlib hisoblanadi. Оʼlchashlar xatoligining yigʼindilashga tortiladigan tarkib toptiruvchilarining tavsiflarining shakli hisoblanadigan aniqlik koʼrsatkichlarining shaklini tanlashni belgilab beradi. Аgar oʼlchashlarning xatoligining tavsifi sifatida birga teng boʼlgan ehtimollikka mos keladigan inetrval baholansa, u holda oʼlchashlarning xatoligining tarkib toptiruvchilarining tavsiflari II modelga muvofiq yigʼindilanadi. Аgar oʼlchashlar xatoligining qidirilayotgan tavsifi birdan kichik boʼlgan ehtimollikka mos keladigan interval boʼlsa, u holda xatolikni tarkib toptiruvchilarning tavsiflari sifatida I modelga muvofiq yigʼindilanadigan matematik kutilishlar va dispersiyalar hisoblanadi. Xatolikning manbalarini (instrumental, uslubiy va boshqalar) tahlil qilish asosida uni hisoblash uchun zarur boʼladigan boshlangʼich maʼlumotlar shakllantiriladi, bu maʼlumotlar oʼlchash vositasining metrologik tavsiflari, oʼlchashlarning natijalariga ishlov berish algoritmlari, taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklar va oʼlchanadigan obʼektning tavsiflarini oʼz ichiga oladi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olish bilan oʼlchash vositalarini qoʼllash bilan bajariladigan oʼlchashlar xatoligining quyidagi modelini qabul qilish mumkin: = * * * Bu yerda: – oʼlchashlar xatoligining instrumental tarkib toptiruvchisi; — oʼlchashlar xatoligining uslubiy tarkib toptiruvchisi; — operator tomonidan olib kiriladigan xatolik; – oʼlchashlar xatoligining natijalarga ishlov berish algoritmi, standart spravochnik maʼlumotlaridan va fizikaviy doimiylardan foydalanish bilan shartlanadigan tarkib toptiruvchisi. Meʼyoriy-texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan oʼtkazishda asosiy vazifa real ekspluatatsiya qilish sharoitlarida konkret oʼlchash vositalarini qoʼllash bilan bajariladigan oʼlchashlarning xatoliklarini hisoblash (baholash) va oʼlchashlarning olingan aniqlik koʼrsatkichlarining yaroqliligi toʼgʼrisida qaror qabul qilish boʼlib hisoblanadi. Oʼlchashlar va boshlangʼich maʼlumotlarning turiga bogʼliq ravishda oʼlchashlarning yigʼindi xatoligi quyidagi formulalar boʼyicha hisoblanadi: toʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchashlarda va xatoliklarning yigʼindilanadigan mustaqil tarkib toptiruvchilari normal taqsimlanish qonuniga boʼysunganda (R < 1 da) = Bu yerda — oʼlchashlar xatoligining oʼlchash vositasini real ekspluatatsiya qilish sharoitlariga bogʼliq ravishda hisoblanadigan (I modelning formulalari boʼyicha) instrumental tarkib toptiruvchisi; — oʼlchashlar xatoligining uslubiy xatoliklar, operatorning malakasi, natijalarga ishlov berish algoritmlari va hokazolar bilan shartlanadigan tarkib toptiruvchilarini birlashtirish; toʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchashlarda va xatoliklarning yigʼindilanadigan tarkib toptiruvchilari mustaqil boʼlganda (R = 1 da) = + + + Bu yerda – oʼlchashlar xatoligining II modelning formulalari boʼyicha hisoblanadigan instrumental tarkib toptiruvchisi. Тoʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchashlarda va xatoliklarning yigʼindilanadigan tarkib toptiruvchilari mustaqil boʼlganda, biroq yigʼindilanadigan xatoliklarning hech boʼlmaganda bittasining taqsimlanish qonuni normal taqsimlanish qonunidan farq qilganda (R < 1 da) = Bu yerda va – taqsimlanish qonunini hisobga olish bilan va ning mos keluvchi oʼrtacha kvadratik chetlashishlarga oʼtish koeffitsienti; — oʼrtacha kvadratik chetlashishning yigʼindi qiymatidan eng chekka yigʼindi absolyut xatolikka oʼtish koeffitsienti. Toʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchashlarda, yigʼindilanadigan xatoliklarning taqsimlanish qonunlari turlicha boʼlganda va barcha yoki baʼzi bir yigʼindilanadigan xatoliklar oʼrtasida korrelyatsion bogʼlanshlar mavjud boʼlganda (R < 1da): = Bu yerda - yigʼindilanadigan xatoliklar oʼrtasida mavjud boʼlgan bogʼlanishlarni tavsiflaydigan korrelyatsion momentlar (konkret oʼlchash sharoitlari uchun meʼyorlangan boʼlishi lozim); bilvosita oʼlchashlarda, V = f(Xl X2, ..., Xp) parametr n ta toʼgʼridan-toʼgʼri oʼlchanadigan Xl X2, ..., Xp parametrlar bilan funktsional bogʼlangan boʼlganda (R<1 da) = Bu yerda - - parametrni toʼgʼridan-toʼgʼri usul bilan oʼlchashlarning xatoligi, yuqorida keltirilgan formulalardan biri boʼyicha aniqlanadi. Oʼlchashlar xatoligining hisoblashda olingan bahosi yoʼl qoʼyiladigan aniqlik (meʼyor) bilan taqqoslanadi. Аgar oʼlchashlar xatoligining olingan bahosi yoʼl qoʼyiladigan xatolikdan katta boʼlsa, u holda oʼlchashlarning aniqligini oshirish imkoniyati va buning maqsadga muvofiqligi baholanadi. 1> Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling