Hujjatlarning ekspertizasi


Oʼlchashlarning xatoligini tahlil qilish va xatolikning tavsiflarini hisoblash uslublari


Download 1.11 Mb.
bet41/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Oʼlchashlarning xatoligini tahlil qilish va xatolikning tavsiflarini hisoblash uslublari. Oʼlchashlarning xatoligi bir qator taʼsir koʼrsatuvchi omillar bilan (umumiy holatda) shartlanadi. Oʼlchashlarning xatoligiga taʼsir koʼrsatuvchi omillarga qoʼyiladigan talablarning toʼliqligini tahlil qilishda ekspert shuni hisobga olishi lozim boʼladiki, umumiy holatda xatolik qoʼllaniladigan oʼlchash vositalarining xususiyatlari, oʼlchash vositalaridan foydalanish usullari va uslublari, oʼlchash vositalarini kalibrlash va qiyoslashning toʼgʼriligi, oʼlchashlar oʼtkaziladigan shart-sharoitlar, oʼlchanadigan kattaliklarni oʼlchashning tezligi (chastotasi), hisoblash algoritmlari, operator tomonidan olib kiriladigan xatoliklar va hokazolarga bogʼliq boʼladi.
Shundan kelib chiqqan holda, oʼlchashlarning xatoligini aniqlash — murakkab majmuaviy masala boʼlib hisoblanadi. Xatolikni baholashda faqatgina oʼlchash vositasini tanlash va oʼlchashlar xatoligining u bilan bogʼlanadigan instrumental tarkib toptiruvchisiga emas, balki oʼlchashlarning xatoliklariga taʼsir koʼrsatuvchi boshqa omillarga ham eʼtibor qaratish zarur boʼladi. Oʼlchashlarning xatoligini toʼgʼri baholash uchun qoʼl ostida mavjud boʼlgan boshlangʼich maʼlumotlar asosida xatolikning tarkib toptiruvchilarining tavsiflarini hisoblash, soʼngra uning yigʼindi qiymatini topish zarur boʼladi. Bunda boshlangʼich maʼlumotlar toʼliq boʼlmaganda u yoki bu yoʼl qoʼyilishlar, taxminlar qabul qilinadi.
Oʼlchashlar xatoligining quyidagi tarkib toptiruvchilarini ajratish mumkin: instrumental tarkib toptiruvchi, uslubiy tarkib toptiruvchi operator tomonidan olib kiriladigan tarkib toptiruvchi.
Oʼlchashlar xatoligining ∆inst instrumental tarkib toptiruvchisi qoʼllaniladigan oʼlchash vositalarining xususiyatlariga bogʼliq boʼladi va oʼz navbatida oʼlchash vositasining oʼzining (oʼlchash vositasida foydalanilgan elementlar va materiallarning) xususiyatlarining ideal emasligi, oʼlchash vositasining taʼsir koʼrsatuvchi kattaliklarning oʼzgarishlariga va oʼlchanadigan kattaliklarni oʼlchash tezligiga (chastotasiga) koʼrsatadigan reaktsiyasi, oʼlchash vositasining oʼlchash obʼektiga taʼsiri, oʼlchash vositasining oʼlchanadigan kattaliklarning vaqtda kichik oʼzgarishlarini farqlay olish qobiliyati va hokazolar bilan shartlanadigan bir qator tarkib toptiruvchilardan tashkil topadi. Zamonaviy oʼlchash texnikasi uchun murakkab ekspluatatsiya qilish sharoitlari va oʼlchanadigan kattaliklarning oʼzgarish tezligini oshirish zarurligi xarakterli boʼlib hisoblanadi.
Qurshab turuvchi muhit tomonidan koʼrsatiladigan oʼzgaruvchan tashqi taʼsirlar va oʼlchash vositasining kirishiga koʼrsatiladigan oʼzgaruvchan taʼsirlar koʼpgina hollarda oʼlchashlarning xatoligiga asosiy hissa qoʼshadigan omillarga aylanadi. Oʼlchashlar xatoligining instrumental tarkib toptiruvchisini baholashning asosiy sharti — oʼlchash vositasining oʼlchashlarning natijalari va xatoliklariga taʼsir koʼrsatuvchi xususiyatlari toʼgʼrisidagi boshlangʼich maʼlumotlarning borligi boʼlib hisoblanadi.
Instrumental xatolikning tavsiflari oʼlchash vositasining bir nusxasidan boshqa nusxasiga oʼtishda oʼzgaradi, oʼz-oʼzidan vaqtda oʼzgarishi ham mumkin. Xatolikning instrumental tarkib toptiruvchisi oʼz navbatida quyidagilarga boʼlinadi: oʼlchash vositasining real ekspluatatsiya qilish sharoitlari va rejimlaridagi xatoligi (∆OʼV) va oʼlchash vositasining oʼlchanadigan obʼekt bilan oʼzaro taʼsirlashishi bilan shartlanadigan xatolik (∆int). Ulardan birinchisi oʼlchash vositasining oʼzida amalga oshiriladigan qayta shakllantirishlarning aniq emasligi, ikkinchisi – oʼlchashlarning energiya isteʼmol qilishi, xususan, oʼlchanadigan kattalikning oʼlchamining oʼlchash vositasini oʼlchanadigan obʼektga ulash bilan chaqiriladigan ogʼishi (masalan, harorat maydonining unga issiqlik sezuvchan elementni kiritish bilan chaqiriladigan ogʼishi va boshqalar) bilan shartlanadi.
Oʼlchash vositasining xatoligida uchta tarkib toptiruvchi ajratiladi: ∆asosiy asosiy, ∆s qoʼshimcha va ∆dyn dinamik tarkib toptiruvchi. Oʼlchashlar xatoligining koʼrib chiqilgan tarkib toptiruvchilarining har biri oʼlchash vositasining metrologik tavsiflari boʼyicha aniqlanadi.
Oʼlchashlar xatoligining instrumental tarkib toptiruvchisining quyidagi modeli qabul qilinadi: ∆lstr = (∆OʼV) * ∆int, bu yerda * belgisi bilan oʼlchash vositasini real qoʼllash sharoitlaridagi ∆OʼV xatolik bilan oʼlchash vositasining oʼlchanadigan obʼekt bilan oʼzaro taʼsirlashishi bilan shartlanadigan ∆int xatolikni birlashtirish belgilangan. Birlashtirish deganda oʼlchashlar xatoligining tarkib toptiruvchilariga nisbatan bu tarkib toptiruvchilarning birgalikdagi taʼsiri bilan shartlanadigan xatolikni hisoblash imkonini beradigan qandaydir bir funktsionalni qoʼllash tushuniladi.
Maʼlum bir tipdagi oʼlchash vositasining real qoʼllanilish sharoitlaridagi xatoligining modeli quyidagi ikkita koʼrinishdan biriga ega boʼlishi mumkin.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling