Hujjatlarning ekspertizasi


Metrologiya sohasidagi atamalar, kattaliklar va ularning birliklarini nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish


Download 1.11 Mb.
bet38/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.4. Metrologiya sohasidagi atamalar, kattaliklar va ularning birliklarini nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish
Ilmiy va texnik atamalarning mazmuni, ular zamirida turgan buyumlar, vokea, xodisalar haqidagi tasavvurotlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yangi atamalar paydo bo‘ladi, ba’zi birlari esa yo‘qolib ketadi.
Hatto bitta tilda gaplashuvchi mutahassislar orasida ham atamalarning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar o‘zaro muloqotlar paytida mavjud bo‘ladi, chunki atamalarda u yoki bu turdagi xaqiqiy bo‘lgan hodisalarga o‘ziga hos turlicha yondashuv yuzaga keladi. Bitta atamaning o‘zini turlicha qabul qilish va tajriba natijasida mutahassislarda voqea-hodisa jarayoni to‘g‘risida o‘zining tasavvurini o‘yg‘otishi mumkin, bu esa ko‘pincha u yoki bu tushunchalarni turlicha talqin qilishga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham o‘zaro tushunmovchiliklarni bartaraf qilish maqsadida atamalarni tartibga solish va standartlashtirish amalga oshiriladi.
Metrologiya sohasida atamalar va ta’riflar quyidagi standartlar bilan belgilangan:

  • O`zDSt 8.010.1:2002 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy talablar”;

  • O`zDSt 8.010.2:2002 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari”;

  • O`zDSt 8.010.3:2002 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 3 qism. Metrologik xizmat”.

Shu standartda qabul qilingan atamalar va ta’riflar xamma turdagi hujjatlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, texnikaviy adabiyotlarda va ma’lumotnomalarda qo‘llanilishi shart. Standartda har bir tushuncha uchun bitta standartlashtirilgan atama belgilangan.
Metrologik atamalarni to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida bu standartlardan tashqari metrologik ta’minot va o‘lchash texnikasi sohasidagi tushunchalar va atamalarni tartibga soluvchi boshqa standartlardan ham foydalanishi zarur.
Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish paytida bitta tushuncha uchun ma’nosi bir biriga yaqin (sinonim) bo‘lgan turli ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilmasligiga, boshqa xorijiy so‘zlar va atamalarni qo‘llanilmasligiga shuningdek, boshqa standartlarda belgilab qo‘yilganlaridan tashqari, so‘zlarning qisqartirilmasligiga e’tibor qaratish lozim.
Atamalarni turlicha talqin qilish ulardan foydalanishda ularning turli hil ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi.
Turlicha talqin etish ehtimoli mavjud bo‘lgan o‘ziga hos mahsus atamalar matnda birinchi bor uchrashidayoq tushuncha berilishi yoki ta’riflab berilishi lozim.
Fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarini nomlanishi va belgilanishini to‘g‘riligini tekshirish paytida kattalik nomlanishining ob’yektning shunga mos keluvchi xususiyatlarini turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydigan darajada to‘g‘ri ifodalanishini, kattaliklar nomlarini me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilganlariga muvofiqligini aniqlash zarur.
O‘lchashlarni rejalashtirish chog‘ida va ularning natijalarini to‘g‘ri izohlash uchun o‘lchash ob’yektining qabul qilingan fizik modeli katta ahamiyatga ega. O‘lchanadigan kattalik sifatida modelning ushbu o‘lchash maqsadlariga ko‘proq mos keladigan va o‘lchanayotgan kattalikning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan parametri tanlab olinishi lozim. Masalan, suyuqlik sarfini o‘lchash paytida uning qay yo‘sinda sarflanishi – og‘irlik bo‘yichami yoki hajm bo‘yicha sarfni o‘lchash lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
O‘lchanayotgan kattalikni qat’iy tartibda aniqlash оb’yektning real o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan, valni diametrini o‘lchashda to‘g‘ri dumaloqssilindr uning modeli hisoblanadi. Val uzinasiga ham, ko‘ndalangiga ham ma’lum bir chetga og‘ishlarga ega bo‘ladi (yuzasi bo‘ylab). Bunday holatda valning o‘rtacha diametri yoki uning kesimidagi ikkita nuqta orasidagi eng katta masofa o‘lchanadigan kattalik hisoblanadi.
O‘lchanadigan kattalik ob’yektning xar hil holatida xar hil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Mashinasozlikda odatda detallarning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash 20 temperaturada amalga oshiriladi. Agar o‘lchashlar boshqa temperaturalarda amalga oshirilsa, u holda natijalar formulalar yordamida 20 temperaturaga keltirilib, qayta hisoblab chiqiladi.
Fizikaviy kattalikning nomlanishi ob’yektning u aks ettirayotgan xususiyatlarining mohiyatini yoki jarayonlarning parametrini aniq va bir qiymatda aks etishi lozim. Har bir fizikaviy kattalik uchun bitta atama qo‘llaniladi.
Masalan, “hajm” atamasi jism yoki modda tomonidan band qilinadigan kenglikni ta’riflash uchun qo‘llaniladi. Idish “hajmi” deganda kenglikning idish tashqi yuzasi bilan chegaralab olingan hajmi tushuniladi. “Sig‘diruvchanlik” atamasi apparat yoki idishning ichki kengligini ta’riflaydi. Apparat yoki idishlarning ichki kengligini ta’riflashda “sig‘im” atamasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Kattaliklar va ularning birliklarini nomlanishi va belgilanishini to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirish jarayonida O`zDSt 8.012:2005 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi.Kattaliklar birliklari” davlat standartiga asoslanish zarur.
Bu standartda SI tizimining birliklari, shuningdek SI tizimining birliklari bilan bir qatorda qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladigan kattaliklar birliklari qonunlashtirilib qo‘yilgan.
Texnik hujjatlarda fizikaviy kattaliklar birliklarini qo‘llashda birliklarning nomlanishi va belgilanishini yozishda ma’lum qoidalarga asoslanish lozim.
Maydon va xajm birliklarini nomlashda “kvadrat” va “kub” so‘zlari qo‘llaniladi. Masalan, kvadrat metr, kub millimetr. Shuningdek, ular maydon va xajm birligi boshqa kattalik birligining hosilasiga kirgan holatda ham qo‘llaniladi: sekundiga kub metr (hajmiy sarf birligi), kvadrat metrga kulon (elektr qo‘zg‘aluvchanlik birligi).
Agar uzunlikning ikkinchi yoki uchinchi darajasi o‘zida maydon yoki xajm haqidagi tasavvurni bera olmasa, unda birlik nomlarini “kvadrat” va “kub” so‘zlari o‘rniga “kvadratda” yoki “ikkinchi darajada”, “kubda” yoki “uchinchi darajada” ifodalari qo‘llanilishi lozim. Masalan, sekundiga kilogramm-metr kvadratda (harakat miqdori momentining birligi).
Kattaliklar qiymatlarini yozish uchun birliklar belgilarini harflar yoki mahsus belgilar bilan qo‘llash nazarda tutilgan (...º, ...ʹ, ...ʺ). Birliklar belgilari sonli qiymatdan keyin qo‘llaniladi va ular bilan bir qatorga yoziladi. Nuqta qisqartirish belgisi sifatida belgilashda qo‘yilmaydi. Olimlar sharafiga atalgan belgilar katta xarf bilan yoziladi.
Sonning ohirgi raqami bilan birlik belgisi orasida oraliq qoldirish shart. Masalan, 100 kVt, 80 , 20 .
Kattalikning sonli qiymatida o‘nli kasr bo‘lganida, birlik belgisi xamma sonlardan keyin yoziladi.

To‘g‘ri Noto‘g‘ri


425, 06 m 425 m, 06

Kattalik qiymati yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar bilan ko‘rsatilganda kattalik qiymati va yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymati qavs ichiga joylashtiriladi, birlik belgisi esa qavsdan keyin ko‘rsatiladi yoki birlik belgisi kattalikning sonli qiymatidan keyin ham, yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymatidan keyin ham ko‘rsatiladi. Masalan, (100,0 0,1) kg ili 50 g 0,1 g.


Kattaliklar sonli qiymatlarining oralig‘i ko‘rsatilganda birlik belgisi faqat ohirgi raqamdan keyin ko‘rsatiladi.
Masalan: 0,5 dan 2,0 mm gacha.
Ko‘paytmaga kiruvchi birliklar xarf belgilarini huddi ko‘paytirishdagi kabi nuqta bilan ajratiladi.
Masalan, N m, A m2 , Pa s.
Texnikaning ba’zi tarmoqlarida har doim bitta birlikdan foydalaniladi. Masalan, mashinasozlikda qo‘llaniladigan chizmalarda to‘g‘ri chiziqli o‘lchamlar har doim millimetrlarda ifodalanadi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling