Hujjatlarning ekspertizasi


Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlariga qoʼyiladigan


Download 1.11 Mb.
bet39/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.5. Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlariga qoʼyiladigan
talablarni tahlil qilish


Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlariga qoʼyiladigan asosiy talablarni hisobga olishning toʼliqligini aniqlash. Texnik hujjatlarni ME dan oʼtkazishda oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining (oʼlchashlar xatoliklarining) tavsiflarining borligini, ularning ifodalanishining toʼgʼriligini (yigʼindi xatolik yoki tizimli va tasodifiy tarkib toptiruvchilarni, xatolik intervalining chegaralari yoki oʼlchashlar xatoligining oʼrtacha kvadratik chetlashishini koʼrsatish) tekshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim boʼladi. Аgar oʼlchashlarning xatoligini u yoki bu aniqlik darajasi bilan baholashning iloji boʼlmasa, oʼlchashlarning natijalaridan amaliyotda foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatlarda (bayonnomalar, dalolatnomalar, hisobotlar va boshqa hujjatlarda) oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining boʼlmasligi oʼlchashlarning olingan natijalaridan foydalanishni istisno qiladi. Oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlarini (OʼBU) reglamentlaydigan hujjatlarda (texnik shartlar, texnologik jarayonning kartasi, texnоlogik reglament, mahsulotga berilgan standart va boshqalar) ham oʼlchashlar aniqligining koʼrsatkichlari keltirilgan boʼlishi lozim. Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining boʼlmasligi berilgan uslubiyat boʼyicha oʼlchashlarni bajarishda oʼlchashlarning bayonnomalarida aniqlik koʼrsatkichlarini koʼrsatish; oʼlchashlarning aniqligiga nisbatan berilgan talablardan kelib chiqish bilan oʼlchashlarini bajarish uslubiyatlarini ishlab chiqish yoki korrektirovkalash; nazorat qilish xatoligining yoʼl qoʼyiladigan ehtimolligidan kelib chiqish bilan texnologik jarayonning aniqligi yoki yoʼl qoʼyilishning aniqligiga nisbatan asoslangan talablarni qoʼyish kabi masalalarni hal qilish imkonini bermaydi.
Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini ifodalash shakllarining oʼrnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirishda MИ 1317-2004 “Oʼlchashlarning xatoliklarining natijalari va tavsiflari. Taqdim qilish shakllari. Mahsulotning namunalarini sinovdan oʼtkazish va ularning parametrlarini nazorat qilishda foydalanish usullari” ning tavsiyalariga amal qilinadi.
Oʼlchashlarning xatoligi va uning tarkib toptiruvchilari (tasodifiy va tizimli xatoliklar) intervalli baho koʼrinishida yoki oʼrtacha kvadratik chetlashish koʼrinishida ifodalanishi mumkin. Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini ifodalashning intervalli shaklidan foydalanilganda ishonchlilik ehtimolining tanlangan qiymatining asoslanganligini tekshirish zarur boʼladi.
Qoidaga koʼra, ehtimollik 0,95 ga teng deb qabul qilinadi. Ehtimollikning kichikroq qiymatlaridan foydalanilmaydi. Ehtimollikning 0,95 dan katta boʼlgan qiymatlari faqatgina asoslangan holatlarda, oʼlchashlar oʼta masʼuliyatli boʼlgan hollarda qabul qilinadi.
Oʼlchashlarning natijasi va aniqlik koʼrsatkichlarining sonli qiymatlarining eng kichik razryadlari bir xil boʼlishi lozim, bunda aniqlik koʼrsatkichi ikkitadan oshiq raqamni oʼz ichiga olmaydigan son bilan ifodalanadi.
Bunda xatoliklarning tavsiflarini statistik baholash uchun uchinchi razryad katta tomonga qarab yaxlitlanadi. Masalan, agar sarfni oʼlchash natijasini baholashda xatolik ±0,142 m3/s yoki ±0,146 m3/s boʼlsa, uni yaxlitlaymiz va har qanday holatda ham ±0,15 m3/s deb yozamiz. Xatolikning tavsiflari va ularning statistik baholarini bitta raqamni oʼz ichiga oladigan son bilan ifodalashga yoʼl qoʼyiladi. Bunday holda tavsiflarni statistik baholash uchun son, agar koʼrsatilmaydigan keyingi kichik razradning raqami beshga teng yoki undan katta boʼlsa – katta tomonga qarab yaxlitlash bilan, agar bu raqam beshdan kichik boʼlsa – kichik tomonga qarab yaxlitlash bilan olinadi.
Hujjatlarni ME dan oʼtkazishda ekspert oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini aniqlash boʼyicha koʼproq ratsional yechimlarni topish bilan bogʼlanadigan masalalar bilan shugʼullanishiga toʼgʼri keladi.
Tahlil qilishga metrologik xarakterdagi bir qator masalalar doirasi tortiladi: oʼlchashlarning aniqligiga nisbatan boshlangʼich talablarning borligi; aniqlik koʼrsatkichlariga taʼsir koʼrsatuvchi shart-sharoitlar va omillarni hisobga olishning toʼliqligi; alohida tarkib toptiruvchilarni baholash uchun foydalaniladigan boshlangʼich maʼlumotlarning toʼliqligi; oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini baholashda qabul qilingan yoʼl qoʼyilishlarning asoslanganligi, qabul qilingan taqsimlanish qonunining asoslanganligi, shuningdek xatolikning bitta tavsifini boshqalari boʼyicha topish (masalan, oʼrtacha kvadratik chetlashishni xatolikning intervallarining chegaralari boʼyicha) va oʼlchashlar xatoligining alohida tarkib toptiruvchilarining oʼzaro mustaqilligi shartlarini oʼz ichiga olgan holda; eksperimental tadqiqotlar rejasining toʼliqligi va ularning bajarilishining toʼgʼriligi; oʼlchash vositasi va yordamchi qurilmalarni tanlashning toʼgʼriligi; oʼlchashlarni bajarish va eksperimental maʼlumotlarga ishlov berish algoritmining asoslanganligi; xatolikning tavsiflarini bildiradigan sonda raqamlarni tanlashning toʼgʼriligi; oʼlchashlarning natijalarining sonli qiymatlari va xatoliklarning sonli tavsiflarining eng kichik razryadlarining muvofiqligi.
Yechimlarning bir nechta mumkin boʼlgan variantlari orasidan ekspert oʼlchashlarning maqsadlariga koʼproq darajada mos keladiganini tavsiya qilishi lozim.
Oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan talablarni tekshirishda texnik yechimlarni tahlil qilish oʼlchanadigan parametrlarga berilgan oʼlchashlar aniqligi meʼyorlarining borligini aniqlash, ularning ifodalanish usulini baholash va aniqlik meʼyorlarining asoslanishining toʼliqligini tekshirishni oʼz ichiga oladi.
Oʼlchashlarning yoʼl qoʼyiladigan xatoliklari — aniqlik meʼyorlariga qoʼyiladigan talablar standartlar, texnik shartlar, mahsulotni ishlab chiqishga texnik topshiriq, loyiha hujjatlari, konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlar bilan oʼrnatilishi mumkin.
Аniqlik meʼyorlarini ifodalash usullari oʼlchash vazifasini hal qilish imkonini beradigan boʼlishi lozim (xatolikning tavsiflarini ifodalashning tavsiya qilinadigan usullari MИ 1317-2004 da keltirilgan).
ME ni oʼtkazishda oʼlchashlarning baʼzi bir turlari va sohalari boʼyicha oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlariga berilgan davlat standartlarining tavsiyalaridan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari baʼzi bir tarmoqlarda nazorat qilishning ishonchliligi yoki sinovlardan oʼtkazishning aniqlik koʼrsatkichlariga qoʼyiladigan talablar shakllantirilmoqda va baholanmoqda, ulardan nazorat qilish yoki sinovdan oʼtkazish paytida oʼlchashlarning aniqligiga qoʼyiladigan obʼektiv talablar kelib chiqadi. Sanoatning bir qator tarmoqlarida meʼyoriy-texnik hujjatlarda oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlarini tanlash boʼyicha tavsiyalar keltiriladi, bunda quyidagi nisbatdan kelib chiqiladi: oʼlchashning talab qilinadigan xatoligi parametrga yoʼl qoʼyilishning 1/6 qismini yoki yoʼl qoʼyiladigan chetlashishning 1/3 qismini tashkil qiladi. Oʼlchashlarning aniqligiga (oʼlchashlarning yoʼl qoʼyiladigan xatoligining chegaralariga), sinovlardan oʼtkazishning yoʼl qoʼyiladigan xatoligiga, nazorat qilishdagi xatolarning yoʼl qoʼyiladigan ehtimolligiga qoʼyiladigan talablar mavjud boʼlmaganda oʼlchashlar xatoligining talab qilinadigan miqdoriy chegaralari oʼlchashlar xatoligining taʼsiri olib boradigan texnik va iqtisodiy oqibatlarni tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunday aniqlashning yoʼllaridan biri – texnikaning turli sohalarida oʼlchashlarning aniqlik meʼyorlari bankini shakllantirish boʼlib hisoblanadi.
Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining oʼlchashlar xatoligi ularga taʼsir koʼrsatadigan texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlarga qoʼyiladigan talablarga (masalan, nazorat qilishning samaradorligi yoki ishonchliligi talablariga yoki texnologik jarayonlarning optimal rejimlarini taʼminlash talablariga) muvofiqligini tahlil qilishda ekspertning ishtirok etishi sof texnik va metrologik masalalarning ham, iqtisodiy masalalarning ham toʼgʼriligi va toʼliqligini aniqlash va ularni hal qilishning mumkin boʼlgan variantlarini tanlashdan iborat boʼladi. Bu masalalarning oʼziga xosligi shundan iborat boʼladiki, ularni hal qilishda metrologik aspektlar bilan (nimani oʼlchash kerak, qanday uslublar bilan oʼlchash kerak, bunda qanday aniqlikka erishiladi va hokazolar) bir qatorda oʼlchashlarning natijalari va xatoliklarining tavsiflarining sinovlardan oʼtkazish va nazorat qilish natijalari bilan (sinovlardan oʼtkazish xatoligining tavsiflari va oʼlchash-nazorat qilishning ishonchlilik koʼrsatkichlari bilan) funktsional oʼzaro bogʼlanishini va iqtisodiy aspektlarni (oʼlchashga ketadigan xarajatlar, oʼlchashlarning xatoliklari bilan shartlanadigan oqibatlar) hisobga olish lozim boʼladi. Har bir konkret holatda bu masalalarni hal qilish imkoniyatlari hujjatlarda oʼlchash yoki nazorat qilish protsedurasi va mahsulotning spetsifikasi, oʼlchashlar xatoligining meʼyorlanadigan texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlarga taʼsirini hisobga olish qoidalari qay darajada reglamentlanganligiga, oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlari bilan bir qatorda hisoblashlar uchun zarur boʼladigan boshlangʼich maʼlumotlarning bor-yoʼqligiga bogʼliq boʼladi.
Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining sinovlardan oʼtkazishning aniqligi va nazorat qilishning ishonchliligi talablariga muvofiqligini aniqlashda MИ 1317-2004 ning tavsiyalaridan foydalanish mumkin.
Oʼlchashlar xatoligining tavsiflarini masalalarni hal qilishning sifat kriteriylarining oʼlchashlarning natijalari ular uchun moʼljallangan qiymatlari berilgan boʼlganda ratsional tanlash mumkin boʼladi.
Mahsulotning namunalarini nazorat qilishda jarayonlarining sifat kriteriylari nazorat qilishning ishonchlilik koʼrsatkichlari boʼlib hisoblanadi:
1. Haqiqatda har qanday nuqsonli namunani xato tarzda yaroqli deb topishning eng katta ehtimolligi; namunalar jamlanmasi uchun (yoki alohida namuna uchun) haqiqatda yaroqli boʼlgan namunalarni xato tarzda nuqsonli namunalar qatoriga kiritishning eng katta oʼrtacha ehtimoli; xato tarzda yaroqli deb topilgan namunalarda nazorat qilinadigan parametrning nominal qiymatdan eng katta chetlashishi.
2. Nazorat qilish natijalariga koʼra yaroqli deb topilgan namunaning yaroqliligi toʼgʼrisida notoʼgʼri fikr yuritish ehtimolligi; nazorat qilish natijalariga koʼra nuqsonli deb topilgan namunaning nuqsonliligi toʼgʼrisida notoʼgʼri fikr yuritish ehtimolligi.
Birinchi guruhning nazorat qilish ishonchliligining koʼrsatkichlari oʼlchash-nazorat qilish uslubiyatlariga, ikkinchi guruhning koʼrsatkichlari esa – nazorat qilishning olingan natijalariga kiradi.
MИ 1317-2004 ga ilovada mahsulotning namunalarini nazorat qilishning ishonchlilik koʼrsatkichlarini aniqlashning matematik usullari va oʼlchashlar xatoligining maʼlum tavsiflari boʼyicha mahsulotning namunalarini nazorat qilish uslubiyatlarining ishonchliligining asosiy koʼrsatkichlarini hisoblashning muhandislik usullari koʼrib chiqilgan. Nazorat qilishning ishonchlilik koʼrsatkichlarini hisoblash qoidalari tarmoq meʼyoriy-texnik hujjatlarida ham keltirilishi mumkin.
Sinovlardan oʼtkazishda oʼlchashlar xatoligining tavsiflarini tanlash bir qator spetsifik xususiyatlarga ega. Sinovlardan oʼtkazishning maqsadlariga bogʼliq ravishda ularning sifatining turli kriteriylaridan foydalaniladi. MИ 1317-2004 ga muvofiq namunani sinovdan oʼtkazishning natijasi sifatida sinovlardan oʼtkazish shart-sharoitlari parametrlarining amalda aniqlangan qiymatlarida parametrni oʼlchashning sinovlardan oʼtkazish paytida aniqlanadigan natijasi qabul qilinadi. Namunani sinovlardan oʼtkazishning xatoligi sifatida parametrni oʼlchashning mahsulot namunasini amaldagi sinovlardan oʼtkazish shart- sharoitlarida sinovlardan oʼtkazish paytida aniqlangan natijasi bilan aniqlanadigan parametrning u sinovlardan oʼtkazish shart-sharoitlarining parametrlarida oʼzining nominal qiymatlariga aniq teng boʼladigan yoki namunaning parametrlarini aniqlash talab qilinadigan qiymatlarga aniq teng boʼladigan haqiqiy qiymati oʼrtasidagi farq qabul qilinadi. Shu tariqa aniqlangan oʼlchashlar xatoligi sinovlardan oʼtkazishning maqsadiga erishilganlik darajasini tavsiflaydi, u namunaning ishlash rejimi parametrlari va namuna joylashtirilgan shart-sharoitlarning parametrlarining berilgan qiymatlarida namunaning alohida parametrining haqiqiy qiymatini topishdan iborat boʼladi.
Shundan kelib chiqqan holda, sinovlardan oʼtkazish natijalarining xatoligi baholanadagin kattalikni oʼlchashlarning oʼzining xatoligi sifatida ham, rejim va shart-sharoitlarning tavsiflarining ularning berilgan nominal qiymatlariga nisbatan aniqlashning (real oʼlchanadigan kattalikning qiymatining tavsiflarning nominal qiymatlarida oʼrinli boʼladigan qiymatidan farqini shartlaydigan) xatoligi sifatida ham aniqlanadi. Namunalarni sinovlardan oʼtkazish xatoligining tavsiflari sifatida oʼlchashlarning xatoliklari bilan bir xil boʼlgan tavsiflardan foydalaniladi. MI 1317-2004 da mahsulot namunasini sinovlardan oʼtkazish xatoligining tavsiflarini hisoblashning matematik va muhandislik usullari keltirilgan.
Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining mahsulotning sifati yoki ishlab chiqarishning samaradorligini tavsiflaydigan boshqa parametrlarga qoʼyiladigan talablarga muvofiqligini baholash oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarining bu koʼrsatkichlarga taʼsirini hisobga olish imkonini beradigan boshlangʼich maʼlumotlar reglamentlangan degan shartda mumkin boʼladi.
Oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlariga qoʼyiladigan talablarni tekshirish va tahlil qilishda foydalaniladigan metrologik xarakterdagi asosiy maʼlumotlar (oʼlchashlar xatoligining tavsiflarini tanlashga qoʼyiladigan talablar, oʼlchashlarning xatoligini tahlil qilish yoki oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlarini hisoblash, oʼlchashlarning aniqligini oshirish usullari) quyida koʼrib chiqiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling