Hujjatlarning ekspertizasi
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik tadbirlar
- Ekspluatatsion tadbirlar
Konstruktiv tadbirlar:
- yig‘ish birliklarining va mahsulotning yig‘ish sxemasining soddaligi; - mahsulotning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yig‘ish, sinovlardan o‘tkazish va nazorat qilish imkonini beruvchi mustaqil birliklarga bo‘linishi; detallarning eng sodda geometrik shakllarini tanlash; materiallarni ratsional tarzda tanlash; - bazalarni, o‘lchamlarni qo‘yish tizimlarini, detallar yuzalarining g‘adir-budurliklariga nisbatan ruxsat beriladigan yo‘l qo‘yilishlarni asoslangan holda tanlash; detallarni moslashtirmasdan yig‘ishni, zarur bo‘lgan hollarda esa ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash; materiallar, yig‘ish birliklari va konstruksiya elementlarini bir xillashtirish. Texnologik tadbirlar: ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish muddatlarini qisqartirish; yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan zamonaviy jarayonlardan foydalanish; materiallar sarfini qisqartirish; nazoratning ratsional uslublarini qo‘llash; - yig‘ish birliklari va mahsulotni tayyorlash aniqligini, ularni yig‘ish va tayyorlash, sinovlardan o‘tkazish va nazorat qilishni ratsional tashkil qilishni ta’minlash; - maxsus jihozlar nomenklaturasini qisqartirish. Ekspluatatsion tadbirlar: mahsulotning ishonchliligi va uzoq muddat ishlashini ta’minlash; xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning soddaligini ta’minlash; ehtiyot qismlar sarfini qisqartirish; Texnologik nazorat umumiy ko‘rinishda uchta bo‘lim: shakl, o‘lchamlar va yo‘l qo‘yilishlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Tabiiyki, bo‘limlarning har biri bir qator parametrlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, detal shakli, xuddi qoidada ko‘rsatilganday, uni tayyorlashning afzal bo‘lgan texnologiyasini belgilaydi. Bunda uni tayyorlash usulidan qat’iy nazar detal shaklining sodda bo‘lishiga intilish lozim. O‘lchamlarni qo‘yishda barcha hollarda shunday qoidaga tayanish lozimki, unga ko‘ra chizmalardagi o‘lchamlar konstruktor va texnologni to‘liq qanoatlantiradigan konstruktorlik va texnologik bazalardan qo‘yiladi, detal, yig‘ish birligi va mahsulotni yig‘ishga va ularning ishlashiga nisbatan qo‘yiladigan talablar berilganda mumkin bo‘lgan maksimal yo‘l qo‘yilishlar ko‘rsatiladi. Aniqlikning oshirilishi yanada aniqroq ishlaydigan asbob-uskunalarni, murakkab, qiimmatbaho jihozlarni va yuqori malakali xodimlarni talab qilishi sababli ishlab chiqarish tannarxini qimmatlashtiradi. Bundan tashqari detallarning tayyorlanish aniqligiga asoslanmagan yo‘l qo‘yilishlarning belgilanishi yig‘ish paytida moslashtirish ishlarini bajarish zaruratini keltirib chiqaradi, vaholanki, moslashtirish ishlari minimumga keltirilishi, katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarish jarayonlarida esa butunlay istisno qilinishi lozim. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling