4.7.2. Texnologik nazoratning asosiy shakllari
Ishlarni tashkil qilishga bog‘liq ravishda texnologik nazoratning quyidagi asosiy formalari farqlanadi:
A) ichki tekshiruv – konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish paytida tashkilotning mazkur ishlanma bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislari tomonidan bajariladi, uni 3 bosqichda amalga oshirish lozim.
Birinchi bosqich – konsultatsiyalar va dastlabki nazorat — ishlab chiqaruvchilarning bo‘linmalarida bajariladi.
Ikkinchi bosqich – asl nusxalarda bajarilgan grafik va matnli hujjatlarni tekshirish. Hujjatlarni nazoratga bitta mahsulot doirasida jamlanma holida taqdim qilish lozim.
Uchinchi bosqich – grafik va matnli hujjatlarning yakuniy shakl berilgan asl nusxalarini tekshirish va imzolash.
Texnologik ichki nazorat hujjatlarning chiqish reja-grafigi bilan belgilangan navbat tartibida o‘tkaziladi.
B) Tashqi tekshiruv – mahsulotni tayyorlovchi korxona mutaxassislari tomonidan konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish paytida bajariladi. Tekshirish bosqichlarining soni ishlab chiquvchi tashkilot va tayyorlovchi korxona o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
C) Kirish tekshiruvi – ishchi loyihasi tugallangandan keyin konstruktorlik hujjatlarini qabul qilib oladigan tayyorlovchi korxonaning mutaxassislari tomonidan bajariladi.
Kirish nazorati paytida bajarilgan tuzatishlar va o‘zgartirishlar ishlab chiquvchi tashkilot bilan kelishilgan holda konstruktorlik hujjatlariga kiritiladi.
Mahsulot konstruksiyasini texnologiklikka ishlov berishning umumiy qoidalari ishlab chiqilgan.
4.7.3. Mahsulot konstruksiyasining texnologikligiga ishlov berishning umumiy qoidalari
Agar konstruksiyaning texnologikligini ta’minlashdan olinadigan samarani 100% deb qabul qiladigvan bo‘lsak, u holda konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion xarakterdagi bir qator tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mahsulot turiga bog‘liq ravishda 50 – 80% gacha samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |