Hujjatlarning ekspertizasi


Konstruksiyalarni texnologiklikka ishlov berishda xulosalar va takliflarni rasmiylashtirish


Download 1.11 Mb.
bet56/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.7.5. Konstruksiyalarni texnologiklikka ishlov berishda xulosalar va takliflarni rasmiylashtirish
Konstruksiyalarni texnologiklikka ishlov berishda nazoratchi to‘g‘rilanishi lozim bo‘lgan element yoniga qalam bilan shartli belgilar qo‘yadi, bu shartli belgilar hujjatlar imzolangunga qadar saqlanishi lozim va ularni nazoratchi faqatgina hujjatlar imzolangandan keyin olib tashlashi mumkin. Shartli belgilar yoki tanbehlar “Nazoratchining tanbehlar ro‘yxati”ga kiritiladi.
Texnologik nazoratda taklif qilingan va konstruksiyaning texnologikligini belgilaydigan amaldagi hujjatlarga rioya qilmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan tuzatish va o‘zgartirishlar konstruktorlik hujjatlariga albatta kiritilishi lozim.
Boshqa tashkilotlardan kelgan konstruktorlik hujjatlarining kirish texnologik nazoratining natijalari ekspert xulosasida beriladi. Konstruksiyani ishlab chiquvchi ekspert xulosasini ko‘rib chiqishga, qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida kirish nazoratini o‘tkazgan tashkilotga xabar berishga majburdir.
Konstruktorlik hujjatlarining ekspertizasiga tarmoq texnologik institutlari jalb qilingan hollarda konstruksiyani ishlab chiquvchi ekspert xulosasini ko‘rib chiqishga, qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida ekspertizani o‘tkazgan va konstruktorlik hujjatlarini kelgusida ishlab chiqadigan tashkilotga xabar berishga majburdir.

Konstruksiyaning texnologiklik ko`rsatkichlari
















Namoyon bo`lish sohasi bo`yicha: ishlab chiqarish, ekspluatatsion

Tahlil qilish sohasi bo`yicha: texnik, texnik-iqtisodiy

O`ziga xos belgilarining soni bo`yicha: hususiy, majmuaviy

Baholash tizimi bo`yicha: bazaviy, ishlab chiqilayotgan konstruksiyaning ko`rsatkichi

Ahamiyati bo`yicha: asosiy, qo`shimcha

4.1 – rasm. Mahsulot konstruksiyasi texnologikligining ko‘rsatkichlari


Mahsulot konstruksiyasining texnologikliginining bahosi har taraflama bo‘lishi va ustivor masalalarni hal qilish – mehnat unumdorligining o‘sishi, moddiy zahiralarni tejash, ishlab chiqarish maqsadlarida va shaxsiy iste’molda ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini har taraflama qondirishdan kelib chiqishi lozim.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling