Humoyun va akbar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/52
Sana19.08.2020
Hajmi1.29 Mb.
#126916
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
kigizlari yopildi. 
Sherxon qal’aning zaifroq ko‘ringan bir devori qarshisiga eng zo‘r zambaraklarni qator 
qilib o‘rnattirdi-yu, o‘qlarni ketma-ket bir nuqtaga urishni buyurdi. O‘zi zambaraklardan 
ancha narida — borut omborlarining yonidagi tepalikda to‘pchilar boshlig‘iga 
ko‘rsatmalar berib, o‘qlar mo‘ljalga qanchalik aniq tegayotganini ko‘zatib turdi. Oftob 
tog‘ ortidan endi chiqib kelmoqda. Sherxon turgan joydan hali ertalabki soya ketgan 
emas, qal’aning o‘q borib tegayotgan devoriga quyosh tushib turibdi. Devorga urilib 
qaytayotgan to‘p o‘qlari orqaga sapchib ketadi, ba’zilari yigirma-o‘ttiz gaz beriga kelib 
tushadi. Bundan xavotirlangan to‘pchilar boshlig‘i: 
— Olampanoh, siz bu yerda turmang, bexatarroq bir joyga keting! — deb iltimos qildi. 
— Sen menga aql o‘rgatmay o‘z ishingni qil! — deb o‘shqirdi Sherxon. — Tomchi bilan 
toshni teshadiganlar bor. Sen shunday to‘plarning o‘qi bilan bitta devorni 
tesholmaysanmi? 
— Iloj qancha, olampanoh? To‘plarning quvurlari qizib, cho‘g‘ bo‘lib ketdi. Endi sal 
tanaffus qilib sovutilmasa qizigan quvur yorilib ketishi mumkin. 
Bu orada oftob ham ko‘tarilib, jizillatib quydira boshladi. Savrning o‘rtalari*, bu yerda 
issiq eng avjiga chiqadigan payt. Sherxonning o‘zini ham ter bosa boshladi. Uning xos 
cho‘pdori orqaga o‘tib, uzun yog‘och uchiga o‘rnatilgan soyabonni Sherxonning boshiga 
soya beradigan qilib tutib turdi. Yuzini borutning qurumi qoraytirgan, faqat ko‘zining va 
tishining oqlarigina aniq ko‘rinadigan to‘pchiboshi Sherxondan yana koyish eshitdi: 
— Devor endi teshilay deganda otishini to‘xtatdingmi? Boshqa to‘plar qani? O‘ttizta 
zambarak keltirilgan emasmidi? Cho‘yan o‘qi bilan otiladigan eng katta zambaraklar 
nechun jim? 
— Eng katta zambaraklar eskiroq.  Ganga bo‘yida, Chausada Humoyundan o‘lja olingan 
o‘sha zambaraklar olti yildan beri otilgan emas. 
— Men senga aytmabmidim? Vaqtida yog‘lab tur, yaxshilab asra demaganmidim? 
— Yog‘lab, yaxshi asraganmiz, olampanoh! Mayli, agar buyursangiz endi o‘sha katta 
to‘plarni o‘qlaymiz! 
— Darhol o‘qla! Ulardan besh-olti marta o‘q otgunlaringacha avvalgi to‘plar ham sovub 
qolar. Bu devor qulamaguncha hamma zambaraklarni ishlataver! 
— Bosh ustiga, olampanoh! 
Chausada o‘lja olingan zambaraklar chindan ham juda katta, har birini o‘n olti ho‘kiz 
toqqa zo‘rg‘a tortib chiqargan edi. Ularning borut orasiga joylangan cho‘yan o‘qini bir 
to‘pchi ko‘tarolmaydi. Zambarakni o‘qlash va otish uchun besh-olti kishi kerak bo‘ldi. 
Chetroqdagi tosh ko‘tarmaga o‘rnatilgan bu zambaraklar qal’a devorining mo‘ljalga 
olingan joyiga sal qiyaroq turibdi. Qiyalatib otilgan cho‘yan o‘qlardan bir qanchasi 
devorga urilib, orqaga qaytdi. Bu zambaraklar Sherxondan uzoqroq turgan bo‘lsa ham, 
ularning devorga urilib qaytayotgan o‘qlari qiyalab borib Sherxon turgan tepalikning 
etaklariga tusha boshladi. Buni ko‘rgan Sherxonning yuragi bir seskandi. Bu qal’aning 
devorida jon bormi, o‘qlarni qaytarib otyapti?! Yo ichkaridagi rajputlarning metin irodasi 
bu devorga o‘tganmi? Sherxonning xayoliga shu gap kelganda katta cho‘yan o‘q 
qal’aning tepasidan bir gazcha joyini o‘pirib, naryoqqa qulatib o‘tdi. Bundan quvongan 
Sherxon xavf-xatarni yana unutdi-yu, navbatdagi o‘qning otilishini kutdi. 
Navbatdagi o‘qqa borut ikki barovar ko‘p solingan edi. Uning cho‘yan o‘qi ikki barobar 
katta zarb bilan qal’aning tosh devoriga urildi, uni teshib o‘tolmagach, orqaga qiyalab 
qaytdi va zing‘illab uchganicha Sherxondan sal naridagi borut omborining ustiga tushdi. 
Zambarak quvuridan cho‘g‘ bo‘lib yonib chiqqan cho‘yan o‘q ombor ustiga yopilgan 
kigizni ham, charm meshni ham tutatib, teshib o‘tdi-yu, jazirama issiqda qizib turgan 
quruq borutning o‘zini portlatib, yondirib yubordi. Butun bir borut omborining dahshat 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
solib portlashidan ko‘tarilagn havo to‘lqini o‘ng qadamcha joyda turgan Sherxonga 
toshday qattiq urildi va uni tepalikdan pastka itqitib yubordi. Juda qattiq yiqilgan 
Sherxon hushidan ketdi. Portlash paytida yonib ketgan yog‘och, kigiz va charm 
parchalari uning ustiga alanga bo‘lib yog‘ilib tusha boshladi. Sherxon kiyimlariga 
ilashgan olovning achchiq og‘rig‘idan xiyol hushiga kelib, ko‘zini ochdi. Olov uning 
qoshlarini va soqolini ham yamlab yeb kela boshladi. Sassiq tutunda nafas olib 
bo‘lmaydi. U qo‘li bilan yuzini olovdan to‘smoqchi bo‘ldi, shunda yenglari ham 
yonayotganini ko‘rdi-yu, so‘nggi najotni yerdagi tuproqdan izladi. Yerga ag‘anab, yuzini 
tuproqqa bosganicha yana hushidan ketdi... 
Sherxonning yon-veridagi qo‘riqchilari ham borut omborining portlashidan halok bo‘lgan 
edi. Uzoqroqda bo‘lgan va sog‘ qolgan odamlar nima voqea bo‘lganini fahmlab, 
yordamga kelgunlaricha Sherxon kuyib, halok bo‘lgan edi... 
Sherxon yoshi oltmishdan oshgach, tug‘ilgan yurti Sasaramda chiroyli ko‘l o‘rtasidagi 
orolga o‘zi uchun salobatli marmar maqbara qurdirgan edi. Uni o‘sha maqbaraga dafn 
etdilar. Ammo Qalanjar devoridan qaytgan o‘q faqat borut omborini emac, Sherxon 
merosxo‘rlarining o‘zaro inoqligini ham portlatib yuborganday bo‘ldi. 
Sherxonning katta o‘g‘li Odilxon janglarda ishtirok etmagan bo‘lsa ham, Agrada o‘zini 
otasining o‘rniga shoh deb e’lon qildi. Biroq boshqa bir qancha amirlar Sherxonning 
o‘rtancha o‘g‘li Jalolxonni valiahd deb tan oldilar. Faqat Sherxonning eng mashhur 
lashkarboshilaridan Havasxon Sirhindda Jalolxonga qarshi isyon ko‘tardi. Panjob hokimi 
Haybatxon ham Jalolxonni tan olmadi. Jalolxon Islomshoh degan yangi nom bilan taxtga 
chiqdida, Havasxon va Haybatxonlarga qarshi urush boshladi. 
Chunorda Sherxonning kuyovi Ahmadxon sur, Bangolada Ibrohim sur va yana boshqa-
boshqalar yagona davlatni parchalab, o‘zlaricha mustaqil podsho bo‘lish harakatiga 
tushdilar. 
Sherxon besh yil taxtda o‘ltirib, zo‘r shiddat va sur’at bilan tuzgan yangi davlat o‘zaro 
urushlarda, ichki nizolarda o‘shanday shiddat va sur’at bilan parchalanib keta boshladi. 
 
_____________ 
* A sh o k a — Eramizdan oldingi III asrda o‘tgan va butun Hindiston yarim orolini birlashtirib, yagona davlatga aylantirgan podsho. 
* J a v h a r — ayollarnnig o‘zlarini qilich tig‘iga tutib o‘ldirish odati. 
* M u r ch a l — tosh, tuproq, yog‘ochlar yordamida yasaladigan sun’iy tepalik, ko‘tarma. 
* O‘ t t i z  m a n — yigirma to‘rt kilogramm. 
* S a v r n i n g  o‘ r t a s i — 7-, 8-mayga to‘g‘ri keladi.
 
 
K O B U L,  B H I R A 
KUYGAN KO‘ZLAR 
 
Bu hodisalar xabari Kobulga javzo oyida yetib bordi. Kunlar isib, Kobul atrofidagi 
tog‘larning qori erigan sari faqat daryolardagina emas, buloqlarda ham suv ko‘payib 
ketdi. Shohi Kobul tog‘ining etaklaridan chiqadigan chashmalar suvi Gulkina mavzeidan 
nariga o‘tib, baland tepalik ustiga joylashgan arkning yon-veridagi maysazorlarga ham 
jildirab yetib keldi. 
Qishda Qandahordan olib kelingan Akbar enagalari bilan shu arkda qattiq nazorat ostida 
saqlanar edi. Daryo bo‘yidagi Bog‘i Navro‘ziyda turadigan Xonzoda begim Akbarni o‘z 
dargohiga olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo Komron mirzo ruxsat bermadi. 
— Arkda soqchilar ko‘p, bu yer bola uchun bexatarroq, — deb vaj ko‘rsatdi. 
Lekin arkda Afzalbek va Qorachaxonga o‘xshagan Humoyunning g‘animlari bor, ular 
bolaga zimdan yomonlik qilishlari mumkin. Xonzoda begim ikki yarim yashar Akbarni 
quchog‘iga bosib, qulog‘iga shivirladi: — Anu amakilarning ilkidan hech narsa olmagin, 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
eng shirin narsani bersa ham yemagin, xo‘pmi, jonim? 
Akbarning onasinikiga o‘xshash yirik-yirik ko‘zlari katta ammaning yuziga hayrat bilan 
tikiladi. Kattalar orasidagi murakkab munosabatlarga hali uning aqli yetmaydi. Lekin 
arkka kelib-ketib turadigan ko‘zlari sovuq bek-u a’yonlardan bolaning o‘zi ham 
begonasiraydi. ba’zilari yasama takalluflar qilib, uni gapga solmoqchi bo‘lsa, bola 
qovog‘ini uyib indamay turaveradi. Goho ammasi Gulbadan begim ikki yoshli o‘g‘ilchasi 
Saodatyorni yetaklab keladi. Akbar ular bilan biyron tilda gaplashadi, Saodatyor bilan 
o‘ynab kuladi. Ayniqsa, Xonzoda begim kelganda: 
— Momo keldi, momojon! — deb, chopqillab peshvoz chiqadi. 
Mohim enaga unga gap o‘rgatdi: 
— Hazrat begimni momo demang, hazrat amma deng! 
— Yo‘q, amma — mana! — deb Akbar Gulbadanni ko‘rsatdi. 
Yoshi oltmish yettiga kirgan Xonzoda begim so‘nggi yillarda yanada kichrayib, yengilgina 
bo‘lib qolgan. Xuddi vazni yo‘q farishtaday. O‘zi ham ko‘pincha yengil oq ipak kiyim 
kiyadi. Lekin boshidagi oq kasaba ro‘molidan ham sochi oqroq ko‘rinadi. U Akbarni 
bag‘riga bosib: 
— Momo degan tilingdan o‘zim o‘rgilay! — deb erkalatdi. — Mayli, men senga momo 
bo‘laqolay. Rahmatli bobong Bobur mirzoning ikki-uch yasharligi esimga tushmoqda. 
Men, besh yosh katta egachisi, uning beshigini tebratganman. Esimda bor, kichikligida 
qo‘lchalari, oyoqchalari ham Akbarnikidek to‘la-to‘la, miqti edi. 
Xonzoda begim Akbarda Humoyundan ham, Hamida bonudan ham o‘tgan joziba borligini 
ko‘rdi-yu, ularni eslab yuragi ezildi. Yosh go‘dak onasini uch-to‘rt oy ko‘rmasa keyin uni 
taniy olmay qoladi. Shuni biladigan Xonzoda begim: 
— Akbarjon, ota-onang esingda bormi? — deb so‘radi. — Hozir kirib kelsalar taniy 
olasenmi? 
Beshikda qolgan o‘n bir oylik bola bir yarim yildan beri ko‘rmagan ota-onasini ko‘z oldiga 
keltirmoqchi bo‘lib urindi, lekin keltira olmadi. Ma’yus bosh chayqab: 
— Yo‘q, — dedi. 
Shunday sho‘x bola ota-onasi to‘g‘risida gap chiqsa, tirik yetimdek ma’yus bo‘lib 
qolishini ko‘rgan Mohim enaga ko‘ziga yosh olib, shivirlab hasrat qildi: 
— Hazrat begim, bahor o‘tdi, bolalarimizni bog‘rog‘larga sayrga olib chiqolmadik. Bizni 
qo‘riqlash bahonasida hibsda saqlamoqdalar. Arkka suv meshda tashib kelinadi, 
ko‘kalamzori yo‘q. Devordan shunday pastga qarasangiz, maysazorda buloq suvlari oqib 
turibdir. Biz hammasidan mahrummiz. 
Xonzoda begim boya kelayotganda Komron mirzoning to‘rt yashar o‘g‘li Ibrohim 
tarbiyachilari-yu qo‘riqchilari bilan arkning etagidagi ko‘kalamzorda naqora chalib, 
koptok tepib o‘ynab yurganini ko‘rgan edi. Komronning o‘g‘li shunday yayrab erkin 
yurganda Akbarni hibsdagiday tutishlari Xonzoda begimga chidab bo‘lmas bir adolatsizlik 
bo‘lib tuyuldi. 
— Yuringlar, biz ham maysazorlarga chiqaylik! — deb, Akbarni qo‘lidan oldi. Mohim 
enaga va Jajji enaga o‘z o‘g‘ilchalarini yetakladilar. Ark darvozaxonasida turgan qurolli 
qo‘riqchilar. 
— Ruxsati oliy bo‘lmasa Akbar mirzoni chiqarishga haqqimiz yo‘q, — dedilar. 
Xonzoda begim Komronning hozir arkda yo‘qligini bilar edi. 
— Hazratim menga ruxsat berganlar, — dedi qo‘riqchiga. — Butun mas’uliyatini men o‘z 
zimmamga olurmen. Oching darvozani! 
Jussai kichkina bu nuroniy kampir mamlakatning eng mo‘tabar kayvonisi ekanini 
qo‘riqchilar ham bilar edilar. Ular begimning malikalarga xos qat’iyat bilan bergan 
buyrug‘ini bajarishga majbur bo‘ldilar. 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Tiniq buloq suvi yiltirab oqayotgan ariq bo‘yida, anvoyi dala gullari ochilib yotgan keng 
maysazorda Akbar va uning ikki ko‘kaldoshi yayrab quvlashib, rosa o‘ynadilar. Xonzoda 
begim bilan enagalar suv bo‘yida katta bir yong‘oq daraxtining soyasida gaplashib 
o‘ltirishdi. Shu payt bolalar chaladigan kichkina naqoraning tovushi eshitildi. 
Komron mirzo navro‘z bayramida o‘g‘liga sovg‘a qilgan ikkita noksimon naqoraning 
yuziga tortilgan charmi qizil rangda. Yonlariga nuqradan chiroyli bezaklar qilingan. 
Naqora cho‘plariga oltin suvi yugurtirilgan. Naqorani bir xizmatkor yigitcha ikki qo‘li bilan 
tutib, orqasi bilan yurib kelmoqda. To‘rt yashar Ibrohim mirzo naqoracho‘plarni 
chalakam-chatti urib, biron kuyga o‘xshamaydigan xunuk tovushlar chiqarmoqda. 
Akbar amakibachchasi Ibrohimni arkda ham ko‘p ko‘rgan. Begonasiramay uning oldiga 
chopib bordi. Chiroyli naqorachalarga havasi kelib: 
— Menga cho‘pini bering, men ham bir chalay! — dedi. 
Lekin podshoning o‘g‘li hisoblanadigan va atrofidagilardan ko‘p xushomadlar ko‘rib 
dimoq paydo qilgan erkatoy Ibrohim: 
— Nari tur, sen chalolmaysen! — dedi. 
Uch yashar Adham ko‘ka gapga aralashdi: 
— Akbar sizdan yaxshi chalgay. Bering, ko‘rsatsin! 
— Yo‘q, buni menga hazrat otam sovg‘a qilgan! 
— Qaytarib olursiz! — dedi Akbar. — Bir chalib ko‘ray! 
Ibrohim mirzo unamagach, Akbar naqoracho‘pga chang solib, uni tortib olmoqchi bo‘ldi. 
Ibrohim bermadi. Shu tortishuvning ustiga Komron mirzo besh-oltita otliq odamlari bilan 
kelib qoldi. 
— Bu ne mojaro? — deb o‘shqirdi. — Bularni kim arqdan chiqardi? 
Xonzoda begim daraxt soyasidan turib otliqlar tomonga yurdi: 
— Hazratim, men bularni olib chiqdim. Bahor o‘tib, ko‘kalamzorga chiqmagan ekanlar. 
Komron sal shaxtidan tushdi-da, ammasiga salom berdi. Har qalay, u ham bu keksa 
kayvonidan hayiqib o‘rgangan edi. Lekin otdan tushib ko‘rishishga bo‘yni yor bermadi. 
Sherxon o‘lgani, Humoyunning ishlari yurishib, Qandahorni egallagani Komronni juda 
bezovta qilib qo‘ygan. Uning oltin yuganli oq oti ham o‘zi kabi sabrsizlanib, gijinglab 
turibdi. Komron yuganni tortib, orqada ot o‘ynatib turgan vaziri a’zam Bopusxon va 
Kobul shahrining hokimi Qorachaxonga yuzlandi. Naqora ham bayroq kabi eng martabali 
hokimlarga berilishini nazarda tutib: 
— Bu Akbar bola halitdan naqora talashmoqdaku! — dedi. 
Bopusxon xaxolab kuldi-yu: 
— Hazratim lutf qildilar! — dedi. 
Yuvosh otda sokin turgan Kobulning hozirgi shayxulislomi Said Xalil ham Komronning 
so‘zini yoqtirib: 
— Ha, hazrati oliylari tuyaga minib uzoqni ko‘rdilar! — dedi. 
Kichkina Akbar bu gaplarni uncha tushunmasa ham, otliqlardan begonasirab, 
qo‘lchalarini naqoracho‘pdan tortdi. Komron unga qarab: 
— Senga naqora kerakmi? — dedi. — Shuni chalmoqchimisen? Ayt, bola! 
Akbar tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. Komron bu bolani arkdan beruxsat olib chiqqan 
keksa ammasiga qattiq gap aytolmagan bo‘lsa ham, ammo Akbarning adabini berib 
qo‘ygisi keldi. O‘g‘li Ibrohim mirzo unga Akbardan xiyla baquvvat ko‘rindi. Ibrohim 
Akbardan bir yarim yosh kata, yiqitishi aniq. 
— Qani, bo‘lmasa, ikkoving kurash tushinglar! — dedi Komron Akbar bilan Ibrohimga. — 
Kim yiqitsa, naqora o‘shaniki! 
Ibrohim naqoracho‘pni xizmatkoriga berib, Akbarga tomon xezlanib keldi. Akbar kichik 
bo‘lsa ham, ko‘kaldoshlari bilan olishib o‘rgangan edi. Ikki bolaning ham bellarida 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
belboqchalari bor. Olishuv boshlandi. Mitti polvonlarning kurashiga otliqlar kulib qarab 
turishibdi. Komron mirzo jiddiy, Xonzoda begim bilan Mohim enaga xavotirda. 
Ibrohimning yoshi kattaligi qo‘l keldi. Akbar qattiq gandirakladi, oyog‘i o‘tloqda toyilib 
cho‘k tushdi. Ibrohim arkda ham alohida e’zozda yurar, ko‘p tantiqliklar qilib, Akbarni 
yetim boladay turtkilar edi. Nahotki Akbar undan yiqilib, shunday chiroyli naqoradan 
mahrum bo‘lsa?! Yo‘q! Bola Xonzoda begim bilan Mohim enaganing mo‘ltirab turgan 
ko‘zlaridan madad olganday tez qaddini tikladi, butun kuchini yig‘di-yu, Ibrohimni dast 
ko‘tarib, o‘tloq yerga ag‘darib urdi va ustidan bosib tushdi. Akbarning tagida yotgan 
Ibrohim: 
— Bas, qo‘yvor! — deb yig‘lab yubordi. 
Komronga bu yomon bir istiqbolning alomatidek tuyuldi. Uning g‘azabidan qo‘rqqan 
Mohim enaga chopib borib, bolalarni ajratdi-da, Ibrohimni turg‘izib, ustini qoqa boshladi. 
Komron o‘z o‘g‘lini jerkib: 
— E, atala polvon, nechun yig‘laysen? — dedi. — Bas! Naqorani endi Akbarga ber! 
Ammo Bopusxon oraga tushdi: 
— Hazratim, siz ko‘rmadingizmi, Akbar to‘g‘anoq soldi-ku? Bo‘lmasa Ibrohim mirzo uni 
yiqitar edi! 
Atrofidagilarnnig bunday xushomadlariga o‘rganib qolgan Komron mirzo darrov yolg‘on 
gapga ishongisi kelib: 
— Men ko‘rmabmen, — dedi-da, Said Xalilga savol nazari bilan qaradi. 
Doim Komronning zaifliklarini zo‘rlik alomati deb ko‘rsatadigan va uning maqtovga 
o‘chligidan foydalanib martabasi oshadigan Said Xalil ham xuddi to‘g‘anoqni o‘zi 
ko‘rgandek gapirdi: 
— Astag‘firullo! Shunday kichik bola g‘irromlikka o‘rganganini qarang! 
Uning gapini Qorachaxon ma’qulladi: 
— Qandahorni g‘irromlik bilan olgan otasiga tortibdir-da! 
Atrofdan ketma-ket yog‘ilgan bu gaplar Komronning Humoyundan yaxshiroq ekanini, 
shu sababli Ibrohim ham Akbardan balandroq turishini yana bir marta isbot etganday 
bo‘ldi. Shu bilan xijolati bosilgan Komron mirzo ammasining ko‘zi oldida bir tantilik qilgisi 
keldi. 
— Mayli, naqorani anu bolachaga ber! — deb Akbarni ko‘rsatdi. So‘ng o‘g‘liga tasalli 
berdi: — Sadaqa ham kerak. Senga bundan yaxshirog‘ini olib bergaymen. Yur, otga 
mingash! 
Xizmatkor yigit naqorani Akbarga zug‘um bilan tutqizdi-da, Ibrohim mirzoni erkalatib 
qo‘liga oldi va otasining orqasiga mingashtirdi. 
Ikki yarim yashar Akbar to‘g‘anoq nima, g‘irromlik qanaqa bo‘lishini bilmasa ham, 
otliqlarning ko‘zlaridagi nafratni, gaplaridagi dashnom va kinoyalarni sezib, hayrat bilan 
qotib turibdi. Qo‘lidagi naqora ham endi uning ko‘ziga ko‘rinmaydi. Nega uni jerkishdi? 
Axir u yiqitdi-ku! 
Bolaning shu og‘ir iztirobini sezgan Xonzoda begim tez borib Akbarni bag‘riga bosdi: 
— Bo‘yginangdan momong aylansin, mitti polvonim! Kichik bo‘lsang ham yutding! Bu 
naqora sadaqa emas, sovrin! Haloling bo‘lsin! Chal! 
Bu gaplardan Komron mirzonnig rangi bo‘zarib ketdi. Qorachaxon homiysiga yon bosib, 
Akbarga nafrat bilan tikildi-da: 
— Hozircha chalib turing, g‘irromlikning jazosini hazratim keyin berurlar! — dedi. 
Xonzoda begim Komronga ikki qo‘lini cho‘zib dedi: 
— Adolat qiling! Axir siz haqgo‘y shoirning o‘g‘lisiz! O‘zingiz ham haqiqatni ulug‘lab latif 
she’rlar bitgansiz. Yoningizdagi janoblar sal insof qilishsin! Bu ma’sum bola g‘irromlikni 
qayoqdan bilgay. Oqni qora qilib ko‘rsatish shu darajada bo‘lurmi?! 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
Endi Qorachaxon va Said Xalillar Komrondan himoya kutib, unga ko‘z tikdilar. 
— Begim, ot ustidan ko‘p narsa aniqroq ko‘ringay,— dedi komron. — Sizning ko‘zingiz 
to‘g‘onoqqa tushmagan bo‘lishi mumkin. Ammo yonimdagi janoblar — mening suyangan 
tog‘larimdir. Bular ko‘zgu bo‘lib, menga haqiqatni ko‘rsaturlar. Men bu ko‘zguga 
qarasam, ko‘nglim ko‘tarilur. Siz mening ko‘zgumga tosh otmang, begim! 
— Ammo, — dedi Xonzoda begim, — Qorachaxon janoblari begunoh bolani jazolamoqchi 
bo‘lib tahdid qilganlari — ko‘zguga tosh otish emasdirmi? Janoblar bilib qo‘ysinlarki, anu 
tepalik ustida hazrati Boburning qabrlari turibdir. Inimning ulug‘ ruhi bu bolani himoya 
qilgay! Agar Akbarga ziyon yetkazsalar, otangiz qabrlarida tikka turgay! 
Komron sabrsizlanib o‘ynoqlayotgan otining yuganini asabiy tortib, uni sal tinchlantirdi, 
orqada qiynalayotgan o‘g‘ilchasini egarnnig oldiga olib, chap qo‘liga ko‘tardi: 
— Hazrat begim, Akbarga hech kim ziyon yetkazgan emas! Ko‘rib turibsiz, to‘rt oydan 
beri biz buni o‘z o‘g‘limizdek asrab yuribmiz! 
Mohim enaga bu orada Akbarni otliqlardan uzoqroqqa yetaklab olib ketdi. Ko‘kaldoshlari 
chiroyli naqorani o‘rab olib tamosha qila boshladilar. Lekin kattalar orasida asabiy gaplar 
bo‘layotganidan hayiqqan bolachalar naqorani chalgilari kelsa ham, bunga botinolmay 
jim turardilar. 
— Eng yomon xavf-u xatar Askariyning boshiga tushgan! — deb qizishib davom etdi 
Komron. — Siz adolatli amma bo‘lsangiz, askariyni qutqarishga yordam bering! 
Qizilboshlar Qandahorni olib, Askariyning xazinasini talabdilar, haramini benomus 
qilibdilar! 
Otliqlar qarshisida yolg‘iz turgan Xonzoda begimning jussasi kichik, o‘zi nimjon ko‘rinsa 
ham, ko‘zlari shernikiday yonib turar, so‘zlari o‘qday chiqar edi: 
— Bunday tuhmatlarni inim Bobur mirzo shoh Ismoil bilan ittifoq tuzgan paytda ham 
ko‘p eshitganmiz! Hammasining yolg‘onligi keyin bilingay! 
— Ammo Mirzo Humoyun Qandahorni qizilboshlar yordamida olgani yolg‘on emas-ku! — 
dedi Bopusxon. — Bu haqda hazratim ajib masnaviy yozmishlar. Bir o‘qishdayoq menga 
yod bo‘lib qoldi: 
 
Chiqdi Xuroson saridin o‘g‘rivor 
Keldi xom ta’ma aylabon Qandaxor, 
Jam‘ bo‘lub bir necha badnom anga 
Kufr o‘tining shu’lasini tez etib 
Zulm-u sitam tig‘ini xunrez etib... 
 
— Ofarin, hazratim! 
— Boplabdilar! Bobur hazratlaridan meros olgan she’riy iste’dodlari rosa kamolga 
yetibdir! 
— Ammo bunday o‘tkir she’rni men Bobur hazratlarining devonlarida ham ko‘rganim 
yo‘q! — deb Bopusxon Komronni yana bir daraja baland ko‘tardi. 
Qorachaxon darhol bu gapni ma’qulladi: 
— Ustozdan o‘tgan shogirdga tasanno! 
Komron maqtovdan yog‘day erib iljayib turar, hatto shoirlikda otasidan o‘zganligi 
haqidagi so‘zlarga ham e’tiroz qilmas edi. Buni ko‘rgan Xonzoda begim nima deyishini 
bilmay lol turib qoldi. Shu payt Humoyunning o‘z ukasi Komrondagi bu xislatni — 
maqtovga uchish odatini oynaga qarab aldanishga qiyoslab forscha yozgan ruboiysi 
begimning yodiga tushdi: 
 
Dar oyina garchi xudnamoyi boshad 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Payvasta zi xiyshtan judoyi boshad. 
Xudro bamisoli g‘ayr didan ajibast 
Intavr ajibi ham kori Xudoyi boshad*. 
 
Boya Komron o‘z atrofidagi xushomadgo‘ylarini «bular mening oynam» deb aytgani bejiz 
emas edi. Bu «oyna» Komronni o‘zi istaganday o‘zgartirib, faqat ko‘rkam, jozibador 
tomonidan ko‘rsatishga o‘rgangan edi. Atrofidagilar siyratni suratdan ayirib olib, Kom-
ronni o‘zi to‘g‘risidagi haqiqatdan butunlay judo qilishga intilishardi. Ana shundagina 
Komron to‘liq ularniki bo‘lardi. Ular Komronni Humoyunga qarshi qo‘yishdan manfaatdor 
edilar. Chunki Bopusxon vaziri a’zamlik unvoniga, Said Xalil diniy peshvolik lavozimiga, 
Qorachaxon Kobul hokimligiga aka-ukani urushtirib yurib erishgan edilar. Hozir ularnnig 
har birida xushhavo bog‘-rog‘lar, eng yaxshi jogirlar, eng katta boyliklar, imtiyozlar bor 
edi. Agar Humoyun Kobulga qaytib kelsa, Komron taxtdan tushadi-yu, Bopusxon va 
Qorachaxonlar barcha martaba-yu imtiyozlaridan mahrum bo‘ladilar. Humoyunning 
Bayramxonga o‘xshagan o‘z yaqinlari bor, ular Said Xalilga ham kun bermasligi aniq. 
Komron-ku Boburning o‘g‘li sifatida yana biron martabaga erishar, ammo hozir uning 
atrofida turganlar Humoyun qaytsa hozirgi davr-u davronlaridan butunlay mahrum 
bo‘lishlari aniq. Shuning uchun Komronning o‘zidan ham ko‘ra uning atrofidagi a’yonlar 
aka-uka orasidagi ixtilofni iloji boricha avj oldirishdan manfaatdor edilar. Xonzoda begim 
qalbiga quyulib kelgan bu alamli o‘ylarni Komronga qanday aytishni bilmay bo‘g‘ilib 
gapirdi: 
— Hazratim, siz o‘z og‘angiz bilan bunchalik adovatga borishingizdan faqat yovuz 
odamlar suyunurlar. Ammo mening dilimda og‘a-ini adovati et bilan tirnoqni 
ajratgandagi kabi og‘riq qo‘zg‘aydir. Sizning otameros she’riy iste’dodingiz bunday 
adovatga zinhor xizmat qilmasligi kerak. Xudo xohlasa, siz hali Humoyun bilan 
yarashursiz. O‘shanda bu masnaviylar tilga olinsa xotiringizga qanchalik malol kelishini 
bir o‘ylang! 
Oq ot ustida turgan Komron bir lahza jim qoldi. Shu topda Komron Xonzoda begimning 
ko‘ziga otasidek savlatli va xushbichim ko‘rindi. O‘zi ham kuchga to‘lgan o‘tiz besh yoshli 
yigit, hamon chap qo‘lida ko‘tarib turgan kattagina o‘g‘lining og‘irligini go‘yo sezmaydi... 
— Siz malolni aytasiz, begim, ammo hozir mirzo Askariyning hayoti xavf ostida, uni kim 
qutqargay? — dedi Komron. 
— Agar biz qo‘yib bersak, Mirzo Humoyun qizilboshlarni Kobulga ham boshlab kelgay, — 
deb qo‘shimcha qildi Qorachaxon. 
Said Xalil yoqasini ushlab: 
— Yo alhazar! — dedi. — Kobulni ham shia mazhabiga o‘tkazmoqchi bo‘lib qirg‘in 
boshlasalar... adovatni ana o‘shanda ko‘ring! 
Xonzoda begim yana Komronga murojaat qildi. 
— Hazratim, bu vahimalarga ishonmang! Humoyun bunchalikka bormagay! 
— Hazrat begim, siz bizga ishonmasangiz, balki Qandahorga borib voqeani o‘z ko‘zingiz 
bilan ko‘rib kelursiz? — dedi to‘satdan Komron. 
Xonzoda begim, «hozir juda pishib qolganmen, uzoq safarga yaramagaymen», deb, 
o‘zini birpas qaytardi. Ammo Komronni o‘zining haqligiga hech ishontira olmagandan 
so‘ng to‘satdan: 
— Mayli, men Qandahorga boray! — dedi. — Agar mirzo Askariyning hayoti xavf ostida 
bo‘lsa, men unga shafo’ bo‘lay. Agar Askariyni qutqarsak, siz Humoyun bilan 
yarashgaymisiz, hazratim? 
Bopusxon ham, Said Xalil va Qorachaxon ham Komronga: «Yarashish xatarli!» deganday 
bezovta bo‘lib qarashdi. 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling