Humoyun va akbar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/52
Sana19.08.2020
Hajmi1.29 Mb.
#126916
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Hamida bonu orqaga — Akbarning oldiga qaytishni qanchalik istamasin, endi Humoyun 
o‘zining inilari bilan yarasholmasligini sezib turardi. U bolasini sog‘inib, yig‘lab-siqtab 
bo‘lsa ham eri bilan birga shimolga — Xurosonga qarab ketib borardi. Yosh ona har kuni 
Akbarni emizadigan mahalda siynasiga sut to‘planib, chidab bo‘lmas darajada og‘riy 
boshlardi. Shunda Hamida Oysha bibi bilan xoli joyga chiqib, sutini qorga sog‘ib 
tashlardi. Oppoq qorda sut ko‘zga tashlanmasa ham uning issiq tapti sovuq qorda hovur 
chiqarardi. Jigarbandining nasibasi hayf ketayotganidan yuragi qon bo‘lgan Hamida 
bonu: 
— Bizni shu ko‘yga solganlani ona sutining uvoli ko‘r qilsin! — deb pichirlardi. 
 
___________ 
* Sh o m i l i s t o n — beluj va afg‘on qabilalari yashaydigan o‘lka. 
* Besh t o sh — sakkiz chaqirim.
 
 
QAZVIN 
YER TAGIDAN O‘TGAN TOG‘ 
 
Qorli Elbrus* tizma tog‘i Hazar* dengizining janubidan, Safedrud deb ataladigan oqish 
suvli daryodan boshlanadi-yu, Mozandaron va Gurgonni aylanib o‘tib, Turkman elining 
chegarasigacha yuzlab chaqirim masofaga cho‘ziladi. Hazar dengizining sernam havosi 
Mozandaron o‘rmonlariga tez-tez yomg‘ir olib keladi, Elbrus tizmasining shimol tomoniga 
yoqqan qalin qorlar uzoq saqlanadi. Ammo quyuq bulutlar baland tog‘lardan oshib 
o‘tolmagani uchun Elbrus tizmasining janubiy etaklarida joylashgan Qazvinda quruq va 
iliq kunlar ko‘p bo‘ladi. 
Qishning oftobli kunlarida shoh Tahmasp Elbrus tog‘ining kungay etaklarida ov qilib 
yurgan edi, Mirzo Humoyundan shoshilinch elchi kelganini eshitib, uni archazor o‘rmon 
orasidagi xushmanzara yalanglikda o‘zining havorang kimxob chodirida qabul qildi. 
Bayramxon Hilmon daryosi bo‘yidagi Xuroson-u Mashhad orqali Qazvingacha bo‘lgan bir 
oylik yo‘lni qahraton qish faslida yigirma kunda bosib o‘tgan, qattiq charchaganidan 
oyoq ustida zo‘rg‘a turar edi. U shohga ta’zim qilib yukunganda boshi aylanib 
gandiraklab ketdi. Buni ko‘rgan Tahmasp unga chap tomonidan — uch qadamcha joyni 
ko‘rsatdi-da: 
— Keching!* — dedi. 
Shohning soqolsiz iyagi, uzun mo‘ylovi, devday yirik gavdasi bahaybat ko‘rinsa ham, 
yirik-yirik ko‘zlari Bayramxonga kutilmagan bir iliqlik bilan boqqanday tuyuldi. 
Bugun ov o‘ngidan kelgan, shoh o‘z qo‘li bilan otgan arxarlar* chodir tashqarisida qor 
ustida yotar, ularning qop-qora beozor ko‘zlari va mayin yunglari Tahmaspda ovchilik 
sururi bilan birga o‘rmonda yayrab yurgan shu tirik jonvorlarning abadiy so‘ngan 
hayotlariga nisbatan ozgina achinish hissi ham uyg‘otmoqda edi. 
U Humoyunning «olampanoh» deb boshlanadigan maktubini o‘qiganda va uning boshiga 
tushgan mushkul savdolar tafsilotini Bayramxondan eshit-ganda: 
— Chox afsus! — dedi. — Bizim Hindistondagi suyangan dag‘imiz Mirzo Humoyun edi. 
Oning o‘zidan ham xatolar o‘tmishki, toj-u taxtidan ayrilmishdir. 
Tahmasp Humoyunning bir vaqtlar kayf-u safoga berilganini, Agrada goho haftalab 
bazmlar o‘tkazganini, saxiylikda hamma podsholardan o‘zgisi kelib, qaysi bir marosimda 
o‘n ikki ming kishiga sarupo kiygizganini eshitgan edi. Inisi Komron Kobul-u G‘azniga 
qanoat qilmay Panjobni ham zabt etganda Humoyun uni darhol quvib yubormaganini, 
yumshoqlik qilib shunday tajovuzni kechirganini shoh Tahmasp uning yana bir katta 
xatosi deb hisoblardi. Tahmaspning o‘zi hozir Shirvonda hokimlik qilayotgan inisi Alqas 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
mirzoga ham, Qazvindagi ikkinchi inisi Bahrom mirzoga ham bunchalik erk bermas, agar 
yaqinlari biron tajovuzga yo‘l qo‘ysa, ayovsiz jazolardi. Buni biladigan Bayramxon: 
— Hazrat shahanshoh, — dedi. — Mirzo Humoyun o‘shanda Komronga katta erk 
berganlaridan hozir pushaymonlar. Ul zotga sizdek shoh hazratlarining inilaringiz bilan 
munosabatdagi qat’iyatingiz ham ibrat bo‘lmog‘i mumkin. Ul hazrat sizning ulug‘ hukm-
dorlik tajribalaringizni o‘rganmoq uchun ham huzuringizga kelmoqchilar. 
Turkman tili ozarbayjonchaga yaqin bo‘lgani uchun Bayramxon talaffuzini shohning ona 
tiliga iloji boricha yaqin qilib so‘zlardi. Tahmasp unga tikilib: 
— Turkmanning qoraqoyunli urug‘i bizim qardashimizdir, — dedi. — Sizning bahorlu 
urug‘ingiz Hamadon atroflarida biz bilan inaq yashayur. Siz nechun sunniylar hizmatiga 
getdingiz? 
— Olampanoh, taqdirga chora yo‘qdir, — deb Bayramxon o‘zining Badaxshonda 
tug‘ilganini, otasi Sayfalibek Boburning inoyati bilan G‘azni viloyatida hokim bo‘lganini, 
onasi Negina xonim ham Humoyunning onasi Mohim begimdan ko‘p yaxshiliklar 
ko‘rganini, u buning hammasiga bolalikdan guvoh bo‘lib o‘sgani uchun o‘n olti yoshidan 
beri shu xonadonga sadoqat saqlab yurganini aytib berdi. 
Humoyun bilan Sherxonning ganga bo‘yidagi janglaridan xabardor Tahmasp: 
— Siz Sherxonga asir tushmishsiz? — deb so‘radi. 
— Ha, podshohimizni qurshovdan chiqardim-u o‘zim ilikka tushdim. 
Bayramxon Sherxon xizmatiga o‘tmagani uchun o‘limga hukm etilganini, so‘ng yaqin 
do‘sti Abulqosim Jaloyir ikkalasi asirlikdan qanday qochganini bir-bir aytib berdi. 
Bayramxonning shoirlik iste’dodi voqealarni lo‘nda va ta’sirli qilib ayta olishida ham 
sezilar, Tahmasp uning hikoyasiga berilib quloq solar edi. 
— Abulqosim o‘zi Jaloyir degan o‘zbek urug‘idan, mazhabi sunniy, ammo ko‘rinishi 
menga o‘xshar edi. Yoshimiz ham teng, o‘zimiz o‘ng besh yillik qadrdon edik. Chitordagi 
bir jangda men uni naqd o‘limdan olib qolgan edim. «O‘sha yaxshiligingni qaytarishim 
kerak», deb yurardi. Ikkovimiz Sherxondan qochib Gujarat tomonga borayotganimizda 
Sherxonning odamlari ketimizdan quvib yetib keldi. Yuzdan ortiq qurolli askarga 
ikkovimiz bas kelolmasligimiz aniq. Sherxon farmon bergan ekan: «Bayramxonni tutgan 
joylaringda qatl etinglar, hibsga olinmasin, yana qochgay», degan ekan. Afg‘onlar 
Abulqosim ikkovimizni o‘rab olib: «Bayramxon kim? Oldinga chiqsin», — dedi. Men 
Abulqosim bilan quchoqlashib xayrlashdim-da, oldinga chiqdim: «Bayramxon men!»— 
dedim. Shunda Abulqosim mendan ham oldinroqqa chiqib «yo‘q, bu mening navkarim, 
Bayramxon men!» — dedi. Men e’tiroz qilib o‘zimning Bayramxon ekanimni 
isbotlamoqchi bo‘ldim. Afg‘onlar kimga ishonishlarini bilmay hayron. Ikkovimiz bir-
birimizga o‘xshashmiz. Men e’tiroz qilaverganimdan so‘ng, Abulqosim yuzimga bir 
tarsaki urdi-yu: «Sen mening itoatimdasen, jim tur, hali Bayramxon bo‘lishingga ko‘p yil 
bor!» — dedi. Men shapatidan karaxt bo‘lib jim qoldim. Shundan so‘ng afg‘onlar shapati 
yeganim bejiz emasligiga — mening navkar ekanimga ishonishdi. Abulqosim Jaloyirni bir 
chetga olib chiqib ketib, boshini kesdilar-u Sherxonga ko‘rsatish uchun olib ketdilar. 
Bayramxon o‘sha voqeani yana qayta boshdan kechirgandek ovozi titrab davom etdi: 
— Olampanoh, siz-u bizning qoraqoyunlu urug‘imiz, barlos-u o‘zbeklar — barimiz 
chindan ham qonqardosh ekanimizni men o‘shanda dil-dilimdan his qildim. G‘arbda turk 
sultonlari, Turonda shayboniyzodalar eng johil kuchlarni qo‘zg‘atib, mazhab urushini 
boshlamasa edi, ming-ming odam behuda qurbon bo‘lmas edi. Bobur saroyida ham, 
Humoyun dargohida ham jaholat emas, ma’rifat ustun edi. Abulqosim Jaloyir ana shu 
ma’rifat nuridan bahramand bo‘lib o‘sgan yigit edi. 
Bayramxon shu so‘zlardan keyin qo‘yniga qo‘l solib, sadafi yaltiragan quticha chiqardi: 
— Mirzo Humoyun sizga sovg‘a etib Hindistonning buyuk olmosini yubordilar. 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Shoh Tahmasp qutichani ochdi-yu, qora baxmal ichida ming xil jilva bilan nurlanayotgan 
yirik olmosni ko‘rib ko‘zi quvonchdan yaltirab ketdi. 
— Sog‘ o‘l! — dedi Bayramxonga. 
Shoh eshik og‘a Validbekni chaqirib, Bayramxon bilan yigitlariga maxsus chodirlar 
tikdirishni va ziyofatlar berishni buyurdi. 
Yolg‘iz qolganda olmosni qutichadan olib salmoqlab ko‘rdi. Bunday yirik olmos haligacha 
shohning qo‘liga tushmagan edi. Olmosni u singlisiga ko‘rsatgisi keldi-yu, ikki chodir 
naridan Shohzoda Sultonimni chaqirtirdi. 
Safaviylar xonadonida mo‘tabar ayollarni e’zozlab ovga, hatto urushga ham birga olib 
borish odati bor, bu ularning e’tiqodlari bilan ham bog‘liq edi. Ular sig‘inadigan to‘rtinchi 
xalif — hazrati Ali suyukli xotini Bibi Fotimani urushga ham birga olib borgani tarixdan 
ma’lum. Bexatar joyda — Alining orqasida oq soqolli bir mo‘ysafid Bibi Fotima mingan oq 
tuyaning jilovidan tutib turarkan. Tepalikdan jangni kuzatib turadigan Bibi Fotima Aliga 
uzoqdan turib ruhiy madad berarkan. 
Tahmaspning otasi Shoh Ismoil ham o‘z janglariga sevimli xotini Tojli begimni birga olib 
borardi. Tabrizdan nari Choldora degan joyda bo‘lgan qattiq jangda Tojli begim avval 
bexatar tepalikda turib shohning jangini kuzatgan. Keyin Shoh Ismoil mag‘lub 
bo‘layotganini ko‘rgan Tojli begim yigitcha kiyinib jangga kirgan, ammo ish chappasidan 
ketib asir tushgan. Shoh Ismoil turk sultoniga yuz ming tuman* tovon bermoqchi 
bo‘lgan. Lekin turk sultoni Tojli begimni buncha oltin evaziga ham qaytarib bermagan. 
Shoh Ismoil umrining oxirigacha suyukli xotinini eslab, sog‘inib o‘tgan. 
Bu achchiq saboqdan so‘ng shoh Tahmasp janglarga xotinlarini olib bormaydigan bo‘ldi. 
Faqat hazrati Ali an’anasini unutmaslik uchun ovlarga singlisi Shohzoda Sultonimni birga 
olib borar, u tepada tomosha qilib turganda, otining jilovidan nuroniy bir mo‘ysafid tutib 
turardi. Yigirma yoshli Shohzoda Sultonim chodirga kirib ta’zim qildi-da, Tahmaspning 
ovdagi jasoratini, arxarlarga haqiqiy sher kabi hamla qilganini shavq-zavq bilan so‘zlay 
boshladi. Singlisining mana shu serzavqligi, shirin-so‘zligi doim shohning dimog‘ini chog‘ 
qilar, shuning uchun uni ko‘pincha o‘zi bilan olib yurardi. Tahmasp singlisini yana bir 
quvontirgisi kelib Humoyun berib yuborgan olmosni unga ko‘rsatdi-da: 
— Buyuk hind olmosi, — dedi. 
Humoyundan elchi kelganini eshitgan Shohzoda Sultonim olmosning afsonaviy go‘zal 
tovlanishidan hayajonga tushib: 
— Ko‘hinur budir? — deb so‘radi. 
Shoh Tahmasp Ko‘hinurning ovozasini eshitgan, ammo Bayramxondan buni aniq so‘rab 
olmagan edi. Singlisining shashtini qaytarmaslik uchun: 
— Ha, Ko‘hinur endi bizning tojimizni bezayur!— dedi. 
Shohzoda Sultonim akasini bu ulug‘ obro‘ bilan muborakbod qildi va boshiga og‘ir kun 
tushgan paytda ham shunchalik saxovat ko‘rsatgan Humoyunga ko‘mak  berishni 
shohdan o‘tinib so‘radi. 
Tahmasp yana Validbekni chaqirtirdi. U kelguncha qutichani yopib, qo‘yin cho‘ntagiga 
solib qo‘ydi. Singlisi buni hozircha sir tutish kerakligini shundan sezdi. 
Validbek ta’zim qilib kirganda: 
— Janob eshik og‘asi, — dedi. — Hind podshosi Mirzo Humoyun bizdan panoh so‘rab 
Xuroson chegarasiga kelmishdir. Uni qabul etib, o‘z saxovatimizni ko‘rsatsak ne 
deyursiz? 
— Shahanshoh biza ne farmon bersalar ado etishga hozirmiz. Ammo qulingizda bir 
andesha vardir. 
— Ne andesha? So‘zlang! 
— Xuroson yaqinlargacha temuriylar mulki sanalardi. Humoyun shoh Tahmasp 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
yordamida qaddini tiklagach, Xuroson-u Hirotni safaviylar davlatidan ajratib olish 
harakatiga tushmasmikin? 
Validbekning bu andishasi shohni o‘ylantirib qo‘ydi. Shu payt Shohzoda Sultonim 
akasidan so‘zlash uchun ruxsat oldi-da, o‘z fikrini ayta boshladi. Uningcha, Humoyunning 
Xurosonda qolishi mumkin emas. Chunki shimolda shayboniyzodalar, sharqda va 
g‘arbda uni quvg‘in qilgan inilari turibdi. Buning ustiga yana safaviylar bilan yovlashib, 
Xurosonni talashsa to‘rt tomonidan o‘t ketib, darhol yonib ketishini biladi. Shohzoda 
Sultonim shoh og‘asiga ma’noli ko‘z tashlab, boyagi noyob olmosni eslatmoqchi bo‘ldi. 
Shoh shunday buyuk sovg‘ani qabul qilib olgandan keyin, Humoyun elchisiga qay til 
bilan rad javobi beradi? Holbuki, Shohzoda Sultonim o‘z suyukli akasi Tahmaspni 
saxovat va mardlikda Humoyundan ham balandda ko‘rishni istaydi! 
Singlisi aytgan mantiqli gaplardan tashqari, go‘zal qizning bu istagi ham yigirma to‘qqiz 
yoshli Tahmaspga Validbekning andishasidan ko‘ra kuchliroq ta’sir qildi. 
Shunday mashhur boburiy va uning sarkardasi Bayramxon Hindistonday joydan kelib 
safaviylardan panoh topsa, bu — shohning obro‘sini yanada oshirmaydimi? 
Afsuski, Humoyunning odami juda kam qolgan ekan... Ammo uning atrofidagi 
navkarlarni istaganicha ko‘paytirish shoh Tahmaspning qo‘lidan keladi-ku. Agar shohning 
buyrug‘i bilan Humoyunni Seyistonda ming odam kutib olsa, Hirotga kelganda uni yana 
ikki-uch ming bek-u navkar kuzatib borsa yomon bo‘ladimi? Birinchidan, shohning bu 
ikki-uch ming bek-u navkari Xurosondagi fitnachi sunniylarni Humoyunga yaqin 
keltirmaydi. Ikkinchidan, Humoyunni kuzatib va qo‘riqlab yuradigan shohning ikki-uch 
ming bek-u navkari mirzoning o‘zini ham sadoqat chegarasidan chiqmaslikka majbur 
qiladi. 
Tahmasp bu fikrlarni o‘rtaga tashlar ekan Shohzoda Sultonim o‘z og‘asining aqliga tan 
berib: 
— Cho‘x dono tadbir, — dedi. 
Siyosat uchun shunday qilish zarurligini Validbek eshik og‘asi ham endi tushuna 
boshladi. Humoyunning ozgina odami yoniga shohdan ikki-uch ming askar qo‘shilib, 
Xuroson-u Mashhad orqali Qazvinga qarab tantana bilan o‘tsa, buning ovozasi, albatta, 
g‘arbdagi va sharqdagi dushmanlarga ham yetib boradi. 
Shoh Tahmasp munshini chaqirib, seyiston beglarbegi Ahmadbek shomluga va Hirot 
hokimi Shohqulibek Qorasultonlar nomiga Humoyunni zo‘r tantanalar bilan kutib olish 
haqida farmonlar yozdirdi. Shohzoda Sultonim bu farmonlardagi raqamlarni eshitgan 
sari hayratga tushmoqda edi: Tahmaspning farmoniga binoan, Humoyun va uning 
odamlari uchun shoh xazinasidan ajratilishi kerak bo‘lgan yavmilxarj — (kundalik 
xarajat) ikki tuman, ya’ni yigirma ming tabriziy belgilandi. Seyiston va Hirot hokimlariga 
Humoyunni o‘ng olti farsah* nariga borib kutib olish, unga o‘ng ikkita shohona chodir 
tikib berish, yuzta egarlog‘lik ot taqdim qilish, o‘ziga, xotiniga va yaqinlariga zar qo‘shib 
tikilgan duxobalardan sarupolar in’om qilish topshirildi. 
 
_____________ 
* Shimoliy Kavkazdagi elbrus cho‘qqisidan tashqari Eronda Elbrus degan ulkan tizma tog‘ bor. Rivoyatlarga ko‘ra, har ikki elbrus aslida bir 
tizmada bo‘lgan ekan-u, ularning o‘rtasidagi tog‘ yer tagiga tushib ketgandan so‘ng oralari uzilib qolgan ekan. 
* H a z a r — Kaspiy dengizi. 
* K e ch i n g — «o‘ting» degani. 
* A r x a r — yovvoyi qo‘y. 
* B i r  t u m a n — o‘n ming tabriziy. 
* B i r   f a r s a h — 6—7 chaqirim.
 
*  *  * 
 
Agar Hamida begimning ko‘ngli Qandahorda qolgan Akbarning xayoli bilan mudom band 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
bo‘lmasa edi, Xuroson va Eronda ularni mehmondo‘stlik bilan kutib olganlaridan yayrab, 
quvonib yurishi mumkin edi. hirot, Sabzavor, Mashhad, Nishopur shaharlarining ming-
minglab odamlari mehmonlarga peshvoz chiqishar, ziyofat paytlarida yuzlab chinni 
laganlarga oshlar suzilar, har kuni ularga qimmatbaho sarpolar kiydirishar, shoirlar 
Tahmasp bilan Mirzo Humoyunni osmondagi ikkita qo‘sh yulduzga o‘xshatib 
ta’riflashardi. Shia-sunniy urushlaridan behisob jabr ko‘rgan va podsholarning o‘zaro 
adovatlaridan bezor bo‘lgan o‘qimishli, ziyoli odamlar endi ikki hukmdorning bir-biriga 
inoq munosabatda bo‘layotganini yaxshilik alomati deb bilardilar. Bazmlarda eng 
xushovoz xonandalar bu inoqlikka bag‘ishlangan she’rlarni latif kuylarga solib ashula 
qilib aytishardi. 
Ammo yurakni ezuvchi bu go‘zal kuylar ham emizikli bolasining diydorini qo‘msab 
yurgan Hamidaning sog‘inch tuyg‘ularini battar qo‘zg‘atardi. Hamida bonu besh-o‘n 
kunda Qandahorga qaytarmiz, degan umid bilan yo‘lga chiqqandi. Lekin oradan haftalar, 
oylar o‘tar, ular esa Qandahordan kun sayin uzoqlashib, Hazor dengizi va Elbrus tizma 
tog‘lari tomonga ketib borardilar. 
Bu orada Qandahordan besh-olti yuz bek-u navkarlar qochib kelib Humoyun askarlari 
safiga qo‘shildi. Akbar bilan qolgan Mohim enaga qochib kelgan odamlardan Hamida 
bonuga maktub yubordi. 
«Hazrat begim, tangrimga shukur, xavotirlanadigan paytlar endi o‘tdi, — deb yozgan edi 
Mohim. — Shoh Tahmasp sizlarni katta izzat-ikrom bilan kutib olganining ovozasi 
Qandahorga ham yetib keldi. Mirzo Askariy ham Bobur mirzoning o‘g‘illari-ku, axir, u 
kishida ham otalaridan o‘tgan odamgarchiliklar bor ekan. Hozir saksonga yaqin odamni 
Akbarjon bilan bizning xizmatimizga berib qo‘ydilar. Ayniqsa xotinlari Saltanat begim 
juda oqko‘ngil ayol ekanlar, Akbarni xuddi o‘z farzandlaridek yaxshi ko‘rib qoldilar. 
Akbarjonning tili chiqib, bitta-ikkita so‘z aytadigan bo‘lib qoldi. Eng avval Jajji enagani 
«Jiji» deb ataydigan bo‘ldi. Keyin meni «Maham» deb chaqirishga o‘rgandi. Gavdasi 
yirik, vazni og‘ir bo‘lgani uchun bir yosh-u uch oy deganda yura boshladi. Hazrat otalari 
shu yerda bo‘lganlarida o‘g‘illarining yurib ketganini aytib suyunchi olardik. Noiloj, bu 
xushxabarni Mirzo Askariyga yetkazdik. U kishi mamnun bo‘lib bizga ota o‘rnida 
suyunchi berdilar. Turkiy ulusning udumini bilursiz, yo‘lga kirgan bolaga ko‘z tegmasin, 
deb yumshoq bir narsa bilan oyog‘iga urib yiqitadilar. Akbarjon qo‘lchalarini oldinga qilib 
pildirab yurib kelayotganda Mirzo Askariy boshlaridan sallalarini oldilar-u uning 
oyoqchalariga salla bilan urdilar. Bola yumshoq salla ustiga yiqilib tushdi, lekin 
yig‘lamadi, buning o‘yinligini sezib kuldi, «yana!» deb talab qildi. Mirzo Askariy yana ikki 
marta uni sallalari bilan shunday urib yiqitdilar. «Inshoollo, katta bo‘lganda yelkasi yer 
ko‘rmagay, hech bir olishuvda yengilmagay!» deb tilak bildirdilar». Maktubning shu 
yeriga yetganda Hamida bonu ich-ichidan bu tilakka qo‘shildi-yu, «Mirzo Askariyda ham 
hamiyat bor ekan-ku!» degan o‘yni ko‘nglidan o‘tkazdi. Kechasi xobgohda bu xatni 
Humoyun ham o‘qib, ancha mamnun bo‘ldi. 
— Askariy durust, ammo Komron shu yerda ham bizga o‘gaylik zaharini sochish 
harakatida emish, — dedi. — Said Xalilning Sulton Muhammad degan johil muridi bor. 
O‘sha odam bizga g‘animlik maqomida bo‘lgan yana uch-to‘rt kishi bilan Kobuldan 
Makkaga hajga borish bahonasida Qazvinga kelib tushibdir. Shoh Tahmasp huzuriga 
kirib, Mirzo Komrondan qimmatbaho sovg‘alar topshiribdur. Ular shohni bizga qarshi 
qo‘zg‘atish uchun hali ko‘p ig‘volar qilsa kerak. Shuning uchun siz ham hushyor yuring, 
begim. Mehmondamiz, bizni qo‘riqlash uchun yoki xizmatimizni qilish uchun qo‘yilgan 
yuzlab odamlar orasida shohning xufiyalari bor, o‘zimiznikilarning ham yomonlari yo‘q 
emas. Mezbonlarga malol keladigan biron so‘z yoki harakat bizdan sodir bo‘lmasligi 
kerak. 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
Hamida bonu busiz ham har bir so‘zni o‘ylab gapiradigan, mezbonlar orasida odob, 
tavoze qoidalarini joyiga qo‘yadigan bo‘lib qolgan edi-yu, faqat Humoyun Qandahorda 
bergan tumor goh-goh esiga tushib og‘ir mas’uliyat tuyg‘usi uni bezovta qilardi. Hilmand 
daryosi bo‘yida to‘xtaganlarida kechasi Humoyun tumorni undan so‘rab olib, tikilgan 
joyining bir chetini so‘kkan va gumbaz shaklli yirik olmosni olib, sadaf qutichaga solgan, 
«Buni Bayramxon bizdan shoh Tahmaspga sovg‘a qilib eltgay», degan edi. Olmos 
qirralaridagi behisob nurlar jilvasi osmondagi g‘uj-g‘uj yulduzlarni eslatar, o‘zi ham 
gumbaz shakliga o‘xshagani uchun Humoyun uni «Samoyinur» deb atar edi. Tumorning 
alohida bir qatida Ko‘hinur turibdi, boshqa qatlarida o‘ntacha yirik yoqutlar bor, shuning 
uchun salmog‘i ancha og‘ir tuyuladi. Hamida bonu bu tumorchada ulkan xazinaga 
barobar keladigan boylik borligini bilgani uchun uni yo‘qotib qo‘yishdan juda qo‘rqar, 
kecha-yu kunduz yonidan qo‘ymay asrardi. Goho Humoyunga hazilomuz  shivirlab: 
— Men ham xazinachingizmen, ham uni ko‘tarib yuradigan karvoningizmen, ulufani*  
ko‘proq to‘lang,— derdi. 
— Mol-u jonim bari sizga ulufa, — deb javob berardi Humoyun. 
Bu yashirin xazinani maxfiy saqlash oson emas. Ayniqsa safarda, mehmonda har xil 
kutilmagan holatlar bo‘ladi. Sadoqatli kanizi Aminat Qandahorda qolgandan beri Hamida 
bonuga beluj ayol Oysha bibi bilan Ravshan ko‘kaning xotini qarashib yurardi. Ravshan 
ko‘ka Komron mirzo bilan bir onani emgan va ko‘p yil uning xizmatida bo‘lgan bek edi. 
Qo‘li egriligi uchun Komron uni jazolamoqchi bo‘lganda Sind bo‘yida Humoyun tomonga 
qochib o‘tgan edi. Mana shu Ravshan ko‘kaning xotini yangi olingan kanizlar orqali 
Hamida bonuning juda ehtiyot bilan saqlaydigan vazni og‘ir tumori borligini, begim hatto 
bosh yuvganda, kiyim almashtirganda ham bu tumorni hech kimga bermasligini eshitib 
qoldi. Bu sir Ravshanbekning Xo‘ja G‘ozi degan qadrdoniga ham ma’lum bo‘ldi. Ular 
tumorni xotinlar yordamida qo‘lga tushirish uchun payt poylay boshladilar. 
Hamida bonu Mohim enaganing so‘nggi xatini o‘qigan kuni o‘g‘ilchasining tilga kirgani va 
yurib ketgani haqidagi tafsilotlar butun xayolini shunday qamrab oldiki, boshini yuvish 
uchun g‘uslxonaga kirganda tumorni kiyimlari bilan boshqa xonada unutib qoldirdi. 
Yuvinib, taranib, kanizi yordamida kiyinayotganda tumor ko‘ziga tashlandi-yu, darhol 
qo‘liga olib qaradi. Vazni ancha yengillashib qolganini sezib yuragi shig‘ etib ketdi. Bu 
yerga kim kirib chiqqanini kaniz ham bilmay qolgan, o‘g‘rilar tumorni so‘kib, beshta 
yirik-yirik badaxshon la’lini olishgan, uni boshqa rangdagi ip bilan ko‘klab tikib qo‘yishga 
ham ulgurishgan edi. Faqat Ko‘hinurni olishga jur’at etisholmagan edi — bunday katta 
olmosga xaridor topish amrimahol, uni sotguncha qo‘lga tushib qolish hech gap emas 
edi. 
Hamida bonu ich-etini yeb, bir necha kungacha dardini kimga aytishini bilmay yurdi. Hali 
ham haram uchun javobgar bek — tog‘asi Xo‘ja Muazzam edi. Hamida bonu uch kun 
o‘tgach, tog‘asiga voqeani aytib berdi:  
— Hozircha, hazratimga bildirmay turing, — dedi Xo‘ja Muazzam. — Agar begona o‘g‘ri 
kirsa tumorni paqqos olib keta qolardi. Bu razil ishni o‘zimiznikilar qilgan. Biz Anbar 
Nozir bilan o‘zimiz taftish o‘tkazgaymiz. 
Bu orada Xo‘ja G‘ozi bilan Ravshan ko‘ka Qazvin bozorlaridan eng qimmatbaho to‘bichoq 
otlar va buyumlar sotib olgani ma’lum bo‘ldi. Taftishga usta Anbar Nozir ot sotgan 
savdogarlar huzuriga bordi: 
— Bu odamlar katta qarzni to‘laydigan badavlat kishilar emas, nechun quruq  va’dalariga 
ishonib, qimmatbaho otlarni berib yubordingiz? — dedi. 
Savdogar beparvo turib: 
— Siz ularni bilmas ekansiz, — dedi. —  Qo‘llarida shunday javohirlari borki, bir emas, 
yuzta otga yetgay. Menga ikkita la’lni ko‘rsatishdi. Shunday bebaho la’lki, uni sotib 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling