Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 65 kelini Sultonimni yordamga chaqirishga va ikkovlashib Hamidani Humoyun bilan albatta uchrashtirishga so‘z berdi. * * * Chorshanba kuni Sultonim va Dildor begim Samandar bog‘iga Hamida bonuni choshgoh payti boshlab bormoqchi ekanliklarini xabar qildilar. Humoyun ularni ikki tomoniga sersoya sanobar daraxtlari o‘tkazilgan yo‘lka oxirida, zarrin naqshlar bilan bezatilgan shiyponda kutib oldi. ta’zim-u tavozelardan keyin Dildor og‘acha va Sultonim begim shiypondan o‘ng tomonga burilgan yo‘lka bilan daryo bo‘yiga qarab ketdilar, Humoyun bilan Hamida bonu atrofini yashil chirmovuqlar pana qilib turgan shiyponda yakkama-yakka qolishdi. Hamida bonu nafarmon gulli parchadan qabo kiygan. Boshidagi baland toqisi chetidan yelkasiga tushgan ikki o‘rim uzun sochlari qabosining etagigacha yetgan. Yuziga tutilgan oq harir parda uni yanada sehrli ko‘rsatadi. Humoyun quvonchini yashirolmay: — Sizni qayta ko‘rganim uchun tangriga shukurlar ayturmen! — dedi. — Shu keyingi bir hafta men uchun bir yildek uzun tuyuldi. Men sizga dilimni ochib so‘zlay. Umrimda hech bir qizni bunchalik intizor bo‘lib kutmaganmen. Hamida bonu, sizdan o‘tinamen, rostini ayting, mendan ne gunoh o‘tdiki, diydoringizga bu qadar nomunosib ko‘rdingiz?.. Hamida bonu cho‘g‘day yonib turgan ko‘zlarini yerdan olib, Humoyunning yuziga qisqa bir nazar tashladi. — Sizdan gunoh o‘tgan emas... — Bo‘lmasa oramizda ne monelik bor? Ayting, men bilay... — Monelik ham emas... Siz e’zozlagan pok bir kishining xotirasi... Balki hali tirikdir? Yoki tangri rahmatiga borgani rostmi? Shuni bilolmay dog‘damen... — Kim dedingiz? Kim? — Sizga Chausada yaxshiliklar qilgan yigit... iningiz bizni Alvarga olib ketib qolgan edilar. Biz yo‘g‘imizda siz uni taxtga chiqargan ekansiz... — Nizommi? — Ha... Karamnasadagi halokatli o‘pqonlar, keyin Agrada bo‘lgan kurashlar, Nizomning bir kechada dom-daraksiz yo‘qolgani, Humoyun qancha surishtirib, hech narsani aniqlay olmaganligi xotirasiga birdan bosib keldi-da, xayolini boshqa yoqqa burib yubordi: — Men uni avliyoday e’zozlab yurdim-u to‘satdan yo‘qotib qo‘ydim. Agar shu yigit yonimda bo‘lsa, ehtimol, keyingi falokatlarga uchramasmidim? Siz ham uni bilarmidingiz, Hamida bonu? — Zarafshon bog‘ida turganda ko‘rgan edim. Kichkina qizaloq paytlarimda kanizim bilan ikkimizni qayig‘iga solib aylantirgan edi. Hamida bonu Nizom bilan o‘tgan mas’ud damlarini hozir juda ma’yus bo‘lib esladi-da: — Meni bir o‘y ezadir, hazratim, — dedi. — Men o‘zim bilmagan holda ehtimol... uning o‘limiga yoki... yo‘qolishiga sabab bo‘lgandurmen? — Yo‘g‘-e, nechun siz sabab bo‘lursiz? Hamida bonuning qo‘lida ko‘zmunchoqlar va kashtalar bilan bezatilgan chiroyli atlas kisa* bor edi. u kisani sekin ochib, ichidan sarg‘ayib, hilvirab qolgan bir parcha qog‘ozni avaylab oldi. — o‘n kundan beri huzuringizga kelolmaganimning sababi mana shu maktub. Buni sizdan yashirsam dilim kuydi. Aytay desam... Meni hayosiz deb o‘ylashingizdan qo‘rqdim. Agar bu maktubda xotirangizga malol keladigan biron gap bo‘lsa meni ham, Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 66 uni ham kechiring. Avval shu iltimosimni qabul qilsangiz, keyin maktubni berishga jur’at etgaymen. — Iltimosingizni bajonidil qabul qilgaymen! Shundan keyin Hamida bonu Nizomning maktubini Humoyunga berdi. Maktubda Nizom Humoyunni «tanti siymo ekanlar» deb maqtagani unga yoqimli tuyulsa ham, ammo Hamida bonuni «Oftobim» deb muhabbat izhor qilgani, Jamna bo‘yidagi o‘sha sohilda yana bir uchrashishga chorlagani va to‘ydan gap ochgan joylari to‘satdan rashkini keltirdi. Humoyun Nizomni avliyo deb yursa, bunaqa shaytonligi ham bor ekan-ku! Alvardan Hindol mirzoni tezroq chaqirtirgisi kelib sabrsizlangani bejiz emas ekan-da! Humoyun xatning oxiriga yetgan sari avzoyi o‘zgarib, qoshlari chimirilgani Hamida bonuni xavotir qildi. Nahotki Humoyun Nizomning taqdiri nima bo‘lganini, bu xat kimlarning qo‘liga tushib, Hamida bonuga qanday yetib kelganini surishtirib bilmasdan oldin ikki yoshning orasida bo‘lib o‘tgan bolalarcha musaffo mehrga rashk qilsa? Humoyun xatni o‘qib bo‘lib boshini ko‘targanda Hamida kuyunib gapirdi: — Koshki bu xat o‘sha paytda mening ilkimga borib tekkan bo‘lsa! Nobakorlar buni ham o‘g‘irlagan ekanlar. — Nechuk? Bu xatni sizga kim berdi? — Otam... — A? Hamida bonu voqeaning tafsilotlarini hikoya qilar ekan, Humoyun Nizomning mana shu xat tufayli ashaddiy dushmanlari qo‘liga qanday tushib qolganini endi taxmin qila boshladi. Bu xat Alvarga borgan emas, hamma yovuzlik Agraning o‘zida qilingan. Hamida bonular Alvardan Agraga qaytgunlaricha Nizom yo‘qolib bo‘lgan. Humoyun uni bir oy qidirtirib, hech qayerdan topdirolmagach, daryoga cho‘kib ketgan, degan fikrga kelgan edi. Shungacha Nizomning xatini yashirib yurgan g‘alamislar endi u o‘ldiga chiqqanidan so‘ng Hamida bonuning ham adabini berib qo‘ygilari keladi. Nizomning podsholik muhri bosilgan maktubini kechasi qorong‘ida notanish bir kishi Mirbobo Do‘stning qo‘liga tutqizadi, «qizingni tiyib ol!» deb g‘o‘ldiraydi-yu, g‘oyib bo‘ladi. Mirbobo Do‘st qo‘ldan qo‘lga o‘tib ezg‘ilangan bu xatni o‘qib, undagi muhabbat izhoridan, ayniqsa, qizining daryo sohilida begona yigit bilan uchrashganidan darg‘azab bo‘ladi. Hamida bonuni qiyin-qiynoqlarga soladi. «Dadajon, o‘lib ketgan bo‘lsa arvohini ranjitmang, menda gunoh yo‘q, u ham bolalarcha, sof muomalada bo‘lgan» deb, Hamida bonu otasiga yig‘lab izoh beradi. Keyin onasi oraga tushadi. Mirbobo Do‘st xatni yirtib tashlamoqchi bo‘lganda, xotini, «o‘lgan odamning xotirasi uvol bo‘lmasin, menga bering!» deb yalinib, xatni undan oladi-yu, sandiq tubiga yashiradi. Aminat yordamida maktub axiyri Hamidaning qo‘liga tegadi. Hamida bonu bu voqealarni aytib berar ekan, ko‘zlarida, yosh yiltiradi. Humoyun buni ko‘rganda boyagi qizg‘anchiq tuyg‘ulari endi o‘ziga ham juda noo‘rin va uyatli tuyuldi. Nizomning boshiga yomon bir falokat tushganligi, uni Hamida bilan uchrashtirish bahonasida daryo bo‘yiga olib borib o‘ldirib yuborganlari Humoyunni endi larzaga soldi. Axir Nizomning taqdiri uchun, avvalo, Humoyun javobgar emasmidi? Tajribasiz yosh yigitga hokimiyatni bergan u edi-ku? Yaxshilik qilaman deb, uni saroydagi yomon muhitning qurboniga aylantirganidan qanday bexabar qoldi? — Ilohim Nizom tirik bo‘lsin, — dedi Humoyun.— U bo‘lmaganda men o‘zim hozir tirik yurmas edim. — Balki tirikdir?... Qandoq bilish mumkin? Uning xotirasi siz bilan mening oramda tirik bir daryodek oqib turibdir. Shuncha kundan beri huzuringizga kelolmaganim — ana shu daryoni bosib o‘tolmaganim sababli edi, hazratim. Hamida bonuning qanchalik go‘zal qalbi borligini Humoyun uning mana shu so‘zlaridan Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 67 sezdi. Hozir uning o‘zi uchun ham Nizomning xotirasi muqaddas bir daryo bo‘lib tuyuldi. Endi u ham bu daryoni oyoqosti qilib bosib o‘tolmasligini, Hamida bonu turgan narigi qirg‘oqqa boshqa bir yo‘l topishi kerakligini his qildi. Balki bu yo‘l juda uzoqlardan aylanib kelar va undan juda katta sabr-bardosh talab qilar. Lekin Hamida bonuning visoliga tezroq yetishmoqchi bo‘lib sabrsizlanganlari hozir uning o‘ziga yengiltaklik va bachkanalik bo‘lib ko‘rindi. Ikkovlari ham Nizom xotirasi oldida qarzdor ekanmilar, endi bu qarzni uzishlari kerak. Loaqal Nizomning taqdiri nima bo‘lganini aniqlamay turib, bir- birlariga astoydil ko‘ngil qo‘ya olmaydilar. Humoyun Hamida bonuga Nizomning xatini qaytarib berar ekan: — Balki javob yozarsiz, Hamida bonu? — dedi. — Agra tomonlarga yashiriqcha borib kelayotgan odamlarimiz bor. Tayinlab berib yuborgaymiz. Nizomning ota-onasiga Sekridan kattagina jogir bergan edik. Nizomning taqdiri qanday bo‘lganini ular bulturdan beri so‘roqlab bilgan bo‘lsalar kerak. Bizning Agradan chiqib ketganimizga ham yetti oy bo‘ldi. Ko‘nglim sezib turibdir, odam yuborsak, biron xabarini topib kelgay. Hamida bonu Nizomga yozadigan xatining qo‘ldan qo‘lga o‘tib yurishini o‘ylab ikkilandi. — Hazratim, xat yana... begonalar ilkiga tushishidan qo‘rqamen... Yurak oldirib qo‘yganimni bilursiz. Balki o‘zingiz mening nomimdan ham... bitib yuborarsiz? — Mayli, Nizomga men ham maktub yozay. Ammo siz qo‘rqmang. Maktubingizni eng ishonchli bir odamga bergaymiz. Surg‘uchlab bekitgaysiz. Hech kim ochmagay. Axir maktubga javob yozish — sizning burchingiz. To‘g‘rimi? Hamida bonu Humoyunning so‘zlariga ishongan kabi bosh irg‘ab: — Minnatdormen! — dedi. Humoyun uni ko‘shkka boshlab bordi. Hamida bonu gap-so‘zlardan qo‘rqmay ichkariga dadil kirdi. Humoyun Javhar oftobachini chaqirib pastki ayvonga miz va qog‘oz-qalam olib kelishni buyurdi. Hamida bonuni shu ayvonga boshlab kirib, qog‘oz, siyoh va qalam turgan miz oldiga o‘tqazdi-da, o‘zi xonayi xosga chiqdi va Javhar oftobachiga yana bir topshiriq berdi: — Filbon La’l Chandni chorlang! Tez! To La’l Chand kelguncha Humoyun ham miz yoniga kelib maktub yoza boshladi: «Menga tug‘ushqonimdek aziz va muhtaram Nizomiddin! Xudodan iltijo qilurmenkim, bu xat Sizning ilkingizga borib yetsin. Bizning boshimizga tushgan keyingi kulfatlardan xabaringiz bordir. Shular tufayli Sindda armon-u alam ichida yurganimda bir sabab bilan Hamida bonuga yozgan maktubingizdan xabar topdim. Aralashishim lozim bo‘lmagan bu nozik muammoga faqat Sizni qidirib topish niyatidagina aralashmoqdamen. Buning uchun meni ma’zur tuting. Maktubingizdagi rozlardan xijolat chekmang, chunki bu boralarda men sizni o‘zimdan yuz chandon musafforoq va ma’sumroq deb bilurmen. Men to umrim boricha sizdan qarzdormen va ko‘nglingiz tilagan qanday ish ilkimdan kelsa qilishga tayyorman. Agar dargohimizga qaytishni ixtiyor qilsangiz, bosh ustiga, taqdirda neki bo‘lsa birga baham ko‘rgaymiz...» Ayvonda o‘ltirib xat yozayotgan Hamida bonu esa har ikki so‘zdan so‘ng bir to‘xtab qolar, Humoyun ham shu binoda o‘ltirganligi xayolidan nari ketmas, nizom hayotmi- yo‘qmi, bundan qat’i nazar, ikki yigit uni ikki o‘t orasiga tashlayotganday qiynar edi. Bugungi hayajonli gaplardan so‘ng Humoyun unga sirdoshroq tuyular, shuning uchun qiz Nizomga: «Qadrdon og‘am o‘rnidasiz, — deb yozmoqda edi.— Oramiz nurday pok. Faqat menga yozgan maktubingiz tufayli boshingizga og‘ir kunlar tushmadimikin degan iztirobdamen». Hamida bonu maktubni qachon va kimdan olganini bayon qildi: «Sizning yog‘iy ilkiga tushishingizga men ham sababchi bo‘lganim uchun ruhiy azobdamen, — deb davom etdi. — Ilohim hayot bo‘ling». Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 68 Hamida bonu qisqagina maktubini tugatib, o‘rnidan turganda Humoyunning munshisi ayvonga ta’zim qilib kirdi. Hamida boya xat yozganda ko‘tarib qo‘ygan harir pardani yana yuziga tushirdi. Munshining qo‘lidagi sopol idishda xiyol bug‘lanib turgan issiq surg‘ich bor edi. — Maktubni yozib bo‘ldingizmi, bonu? — so‘radi munshi. — Hazratim menga surg‘uchlashni buyurdilar. Humoyun Hamidani alohida joyda yolg‘iz qoldirib, istaganicha erkin maktub yozishga imkon bergani va maktubini hech kim o‘qiyolmaydigan qilib darhol surg‘uchlatgani qizning unga bo‘lgan ehtiromini yanada oshirdi. Hamidani ko‘pdan beri ezib yurgan ichki dard endi og‘ir toshday dilidan ko‘chib go‘yo qog‘ozga tushdi va shu bilan ruhiga katta bir yengillik berdi. Bu orada Humoyun ham maktubini yozib bo‘lgan ekan, munshi uni ham surg‘uchladi. Shu orada Javhar oftobachi filbon La’l Chandni boshlab keldi. Humoyun har ikkala maktubni munshining qo‘lidan oldida, Hamida bonuni o‘zining xonayi xosiga boshlab kirdi. So‘ng La’l Chandning bir o‘zini chaqirtirdi. _____________ * K i s a — xaltacha, bugungi tilda — sumka. Keyinchalik kisa — kiyimga tikiladigan kissa nomini olgan. * * * Bundan o‘ng to‘rt yil avval G‘ozixonning qutqusi bilan Bobur askarlarini o‘rmonda adashtirib halok qilmoqchi bo‘lgan La’l Kumar keyinchalik La’l Chand nomi bilan Humoyun xizmatiga kirgan edi. Gujaratda Bahodirshoh bilan bo‘lgan janglarda La’l Chand mingan jangovar fil dushman fillarining birini o‘mrovi bilan urib va ikki oyoqlab tepib qulatganini, ikkinchisini tishlari bilan urib qochirganini Humoyun o‘zi ko‘rgan edi. Shundan beri La’l Chandni o‘ziga xos filbon qilib olgan, Ganga bo‘yida Chausada ham bu odam uning Sherxon asoratidan qochib qutulishiga yordam bergan edi. La’l Chandning tabib akasi Bayju o‘g‘il-qizlari va nevaralari bilan Agra atroflarida istiqomat qilardi. Sakkiz oydan beri Humoyun bilan birga musofirotda yurgan La’l Chand jigarbandlarini juda sog‘ingan, ulardan xabar olib kelish uchun «hali shoshmang, vaqti-soati kelganda sizni o‘zim chaqirtirgaymen», degan edi. Hozir podsho chaqirtirganidan umidga to‘lib shosha-pisha yetib kelgan La’l Chand qo‘lini juftlab boshi uzra qo‘yganicha ta’zim qildi-da: — Buyuring, hazratim! — dedi. — Sohib Chand, siz Agraga borib kelmoqchi edingiz. Biroq Agrada hozir Shershoh hukmron. Yo‘llar xatarli... — Xatarni endi ko‘rmoqdamizmi, hazratim! Men Laxo‘rga borib yurmasdan, Ajmirga o‘tib, undan agraga bormoqchimen. Savdogar qiyofasiga kirib filimga bozorgir mollardan yuklaymen. — Sahro orqali yursangiz balki fildan ko‘ra tuya ma’quldir? — Mening filim sahroda ham yaxshi yurgay! Hozir salqin, tuyadan ko‘ra filda tezroq borish mumkin. — Taxminan necha kunda borib qaytgaysiz? — Bu yerdan Agragacha Ajmir orqali salkam besh yuz mil. Har kuni o‘ttiz-qirq mildan yurganimda... nari-berisi bilan... bir oyda kelurmen. Humoyun yelkasiga olayotgan yuki benihoya og‘ir ekanini birdan sezib qolganday gavdasi mayishib: — O‘h! — dedi va yordam kutganday Hamida bonuga mo‘ltirab qaradi. «Nahotki bir oygacha filbonning yo‘liga qarab, bir-birimiz bilan uchrasholmay yurgaymiz?» degan Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 69 savolni qiz fahmladi. «Nachora, boshqa iloj yo‘q!» demoqchi bo‘lib, qiz javob qarash qildi. Humoyun qizning so‘z bilan aytolmagan javobini qat’iyatli nigohidan payqadi. U Hamidaning xohishiga qarshi borolmay og‘ir tin oldi-da, yana filbonga yuzlandi. — Siz Nizomni bilar edingiz. Bedarak ketgani bizni haligacha iztirobga solmoqda. — O‘zi ham ajoyib yigit edi, — deb achinib esladi La’l Chand. — So‘nggi oylarda ehtimol bir xabari chiqqandir,— davom etdi Humoyun. — Sekri tomonda ota-onalari tursa kerak. Avval ularni toping. Agar ular orqali Nizomni topsangiz, mana shu ikkita maktubni ilkiga bering-u bizga javobini olib keling. La’l Chand maktublarni ta’zim bilan ikki qo‘llab oldi: — Bularni shunday maxfiy tutingki, siz-u nizomdan boshqa biror odamning ilki ham tegmasin, nazari ham tushmasin! Yoshi qirq beshlarga borib, uzun soqol qo‘ygan, lablari va iyagi atrofidagi soqol- mo‘ylabining bir qismi oqargan La’l Chand ko‘pni ko‘rgan tajribali odam edi. Uzoq yo‘lda unga pul kerak bo‘lishini biladigan Humoyun xazinachini chaqirib ikki hamyon oltin berdirdi. — Biri o‘zingizga, — dedi, — savdogar qiyofasida borsangiz pulsiz ish bitirolmagaysiz. Ikkinchi hamyonni esa Nizomga bergaysiz. Xazinada uning ko‘p oltinlari qolgan. Kerak bo‘lsa yana olishi mumkin. — Mabodo, Nizomni topolmasam-chi? — deb so‘radi La’l Chand. — U holda maktublarni qaytib olib kelgaysiz, toki surg‘uchlari buzilmagan bo‘lsin! — qat’iy qilib dedi Humoyun. — Jonimni garovga qo‘yib bo‘lsa ham buyrug‘ingizni bajargaymen! — dedi La’l Chand va orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Shundan so‘ng Hamida bonu Humoyunga minnatdor ko‘zlari bilan tikildi-da: — Olijanob ish qildingiz, hazratim! — dedi. — Endi menga ijozat bering. Dildor begim kutib qoldilar. Humoyun uni boqqa kuzatib chiqdi. — Agradan xabar kelguncha... xayr! — dedi qiz. — Hamida bonu, Nizomga oid gap oramizda qolgani durust. Hamida bonuga bu taklif ma’qul tushdi. Uylariga qaytayotganlarida, Dildor og‘acha uning nima qarorga kelganlarini so‘radi. Hamida bonu Humoyundan bir oyga muhlat so‘raganini, hazrat shunga ko‘nganini aytdi. Boshqa gaplarni qiz hatto onasidan ham sir tutdi. * * * Ikkovlari orasidagi bu sir Hamidaning diliga tushgan uchqun bo‘ldi-yu, ilgari sokin turgan tuyg‘ularini alanga oldira boshladi. Humoyun bog‘da o‘zini qanday tutgani, shiyponda nimalar degani, ko‘shkka kirganda aytgan gaplari — hammasi Hamidaning xotirasiga minglab suratlardek naqshlanib qolgan edi. Endi qayerga bormasin, nima ish qilmasin, ana shu suratlarning goh unisi, goh bunisi ko‘z oldidan beixtiyor o‘tib turadi. Yigitning ehtirosli ovoz bilan, «dunyoda hech bir qizni men bunchalik intizor bo‘lib kutmagan edim», degan so‘zlari qulog‘iga qayta-qayta eshitiladi. Har eshitilganda qizning dilini yayratib, o‘zidan iftixor qiladigan darajadagi mamnuniyat bag‘ishlaydi, Hamida o‘zini eng toleyi baland bir qizdek sezadi. Lekin xatarli safarga ketgan filbon La’l Chand esiga tushganda va Humoyunning Bhakkardagi ishlari kun sayin chigallashib borayotganini eshitganda, «nechun Nizomning maktubini o‘rtaga soldim-u shuncha tashvish orttirdim?» deb o‘zidan norozi bo‘lardi. Ko‘ngli muncha nozik bo‘lmasa nima qilarkin? Rost, Nizom unutib bo‘lmaydigan yigit edi, Hamida hozir ham uning xotirasini behurmat Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 70 qilib bosib o‘tolmasligini sezadi. Shu bir oy tezroq o‘ta qolsa ekan, deb kun sanaydi-yu, tashqi olamda bo‘layotgan va o‘zlarining taqdirlariga ta’sir qiladigan voqealarga har qachongidan ham ortiq bir maroq va iztirob bilan quloq soladi. Shershoh Panjobni olib, endi janubi g‘arb tomonlarga qo‘shin tortgani, uning lashkari hozir sakson mingdan ham oshib ketgani Hamida bonuga Hindol mirzoning qarorgohida bo‘layotgan gap-so‘zlardan ma’lum edi. Humoyunning esa bek-u navkarlaridan anchasi qochgan, yana bir qismi Komron mirzo tomoniga o‘tib ketgan, hozir Bhakkarda to‘rt mingga yaqin odami qolgan. Humoyunning atrofidagi adovat halqasi siqilib kelayotganini, Bhakkardagi Samandar bog‘i orombaxsh bo‘lsa ham, lekin daryoning o‘rtasida joylashganligi uchun qurshovda qolishi osonligini Hamida bonu ham sezib xavotirlanardi. Shuning uchun Humoyun o‘z qarorgohini Bhakkardan janubroqqa — Pothur degan joyga ko‘chirganda Hamidalar ham Hindol mirzoning odamlari qatorida darhol o‘sha mavzega yo‘l oldilar. Yonidagi qum sahrosini quruq shabada esib turadigan, sug‘oriladigan yerlarida hurmolardan tashqari anorlar ham o‘sadigan bu xushhavo mavzeda Humoyun dalv* oyining oxirlarigacha turib qoldi. Hindol mirzo akasiga yaqin joyga chodir tikkan, Humoyunning balandlikda turgan xirgoh va borgohlari Hamidalarga yaxshi ko‘rinib turardi. Filbon La’l Chand qaytishiga va’da qilgan bir oy tugab bormoqda. Kun sanab yurgan Hamida: «Filbon Bhakkarga kelsa biz yo‘qmiz, topolmay sarson bo‘lib yuribdimi?» deb iztirob chekadi. Biroq Pothur La’l Chand o‘tib keladigan Tar sahrosiga Bhakkardan ko‘ra yaqinroq edi. Bu yerda to‘rt ming odami bilan Humoyun kelib tushganligi atrof qishloqlarda allaqachon ovoza bo‘lgan. Ana shu ovozalarni yo‘lda kelayotib eshitgan La’l Chand Pothurni tez topdi. Humoyunning borgohi turgan balandlikka tomon filini qistab haydab o‘tayotganda Hamida bonu uni ko‘rib qoldi. Oradan biror soat o‘tar-o‘tmas Humoyunning qarorgohidan Mohim bibi degan o‘ttiz yoshlardagi juvon Hamida bonuni yo‘qlab keldi. Bu juvonning eri Nadimbek Humoyun bilan bir onani emgan ko‘kaldosh, og‘a-inidek birga o‘sib eng yaqin mulozimiga aylangan, Mohim bibi ham shu tufayli podshoga yaqin kelindek bo‘lib qolgan. — Hazratim iltimos qildilar, hozir biznikiga borar ekansiz. — Nechun siznikiga? — tushunmadi Hamida bonu. — U kishining o‘zlari ham biznikiga kelmoqchilar. Demak, Humoyun inisi Hindolning g‘ashlik qilishini sezib, bu tomonlarga kelmagan. Hamida onasidan Mohim bibilarnikiga birrov borib kelish uchun ruxsat oldi-da, Mohim bibi bilan yo‘lga tushdi. Har bir qadamida: «Nizom tirikmikin? Bu yog‘i endi nima bo‘larkin?» degan savollar xayolidan o‘tib turardi. Mohim bibilarning cho‘g‘day yasatilgan keng va yorug‘ shomiyonasi to‘rida Humoyun uni kutib o‘tirgan ekan. Hamida bonu eshikda ko‘rinishi bilan o‘rnidan turdi. — Qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin, Hamida bonu, bu yoqqa marhamat qiling! — deb, o‘ng tomoniga to‘shalgan zarbof ko‘rpachani ko‘rsatdi. Hamida bonu tortinib Mohim bibiga o‘girilgan edi, u ham: — O‘ting, o‘ting — deb, qizni o‘sha zarbof ko‘rpachaga o‘tkazdi-da, — men hozir! — deb, orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Ikkovlari qolganda Humoyun Hamidaga to‘rt buklangan bir varaq qog‘ozni berdi: — La’l Chand olib kelgan maktub. O‘zingiz bir o‘qing! Hamida bonu oyoqlarini taqimi ostiga yig‘ib odob bilan o‘ltirgan kuyicha maktubni titroq qo‘llar bilan ochdi. Nizomning dastxatini taniganday bo‘ldi. — Nahotki? — deb avval xatning tagidagi imzoga qaradi. «Nizom» degan imzoni ko‘rgach, — xayriyat, tirik ekan! — deb entikdi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 71 Humoyun ham yaqin bir kishisi tirilib kelganday quvonib gapirdi: — Siz sabab bo‘ldingiz-u, haqiqatni bildik, Hamida bonu! Hamida xatni sinchiklab o‘qiy boshladi: «Unutilmas og‘am mirzo Humoyun! O‘zingiz og‘ir kulfatlarni boshdan kechirib yurgan kunlaringizda meni yod etib maxsus odam yuborganingiz majruh dilimga malham bo‘ldi. Sizning maktubingizni ham, Hamida bonuning javobini ham yig‘lab o‘qidim. Toj-u taxt qanday balo ekanki, hammamizga shuncha baxtsizliklar keltirdi. minba’d men shohlik dargohlariga qadam bosmaslikka ahd qildim...» Nizom Afzalbek degan mushrifga ish buyurganini, davlatni boshqarishda tajribasi yo‘q odamni saroydagi mal’unlar qanday aldab qo‘lga tushirganlarini, kechasi o‘rmonda uni ayovsiz pichoqlab, urib, o‘ldirgandan battar qilganlarini yozgan edi. Yo‘qolgan mollarini qidirib chiqqan bir dehqon ziyrak itlari yordamida qorong‘ida Nizomni behush yotgan joyidan topib oladi. Baquvvat yigit bo‘lgan Nizom hali jon bermagan ekan. Rahmdil dehqon uning yaralarini bog‘laydi, o‘g‘li yordamida uyiga olib borib, qo‘lidan kelganicha muolaja qiladi. Qishloq tabibi unga yordam beradi. Nizom goh hud, goh behud bo‘lib uzoq yotadi. Sal o‘ziga kelib tilga kirganda, «meni yashiringlar, hech kimga aytmanglar» deydi. O‘sha g‘alamislar bilib qolsa yana kelishlaridan qo‘rqadi. Nizom otini ham yashiradi, ismini so‘raganlarga «Salim» deydi. Hozir turib yuradigan bo‘lgan Nizom shu kunlarda ota-onasi bilan Ajmirda ekan, o‘tirgan joyida savat to‘qib tirikchilik tebratar ekan. La’l Chand uni tabib akasi Bayju yordamida zo‘rg‘a topibdi. Humoyun filbon bilan yuborgan ming tanga oltin Nizomning og‘ir kuniga juda asqatadi. Dushmanlari o‘shanda uni nag‘alli poshnalari bilan tepib umurtqasiga zarar yetkazgan ekan. U haligacha hassaga suyanib yurar, Humoyundan kelgan pulning bir qismini ota- onasiga berib, qolganiga muolajani davom qildirmoqchi edi. «O‘shanda shohlik g‘ururiga berilib qilgan xatolarimdan hali ham pushaymonmen, — deb davom etgan edi Nizom o‘z maktubini. — Hamida bonuga yozgan xatim juda pok va samimiy edi. Faqat nopok odamlar shu tufayli bonuning diliga ozor yetkazgan bo‘lsalar, men uzr so‘rayman. Yoshlik sho‘xliklarim uchun shunchalik qattiq jazolandim. Hamida bonu o‘z javoblarida menga «og‘a» deb murojaat qilibdirlar. Men ham Hamida bonuni qiyomatlik singlim deb bilurmen. Ikkovlaringizga chin dilimdan baxt tilaymen. Duoyi salom bilan qiyomatlik iningiz Nizom». Hamida bonu xatni o‘qib bo‘lganda qarama-qarshi tuyg‘ular girdobida qoldi. Avval Nizomning tirik qolganidan quvongan bo‘lsa, sal o‘tgach, uning o‘rmonda qanday pichoqlangan va toptalganini ko‘z oldiga keltirib dahshatga tushdi. Aralash-quralash tuyg‘ular girdobini tig‘day yorib o‘tgan tuyg‘u — Nizomni shu ko‘yga solgan dushmanlarga qarshi intiqom istagi bo‘ldi-yu, Hamida bonu yoshli ko‘zlarini Humoyunga tikib, o‘pkasi to‘lib so‘radi: — Hazratim, bu Afzalbek degan mushrif jazosini olmagaymi? — Afzalbekni izlab topolmadik. Hozir Kobulda inimiz Komron uni o‘z qanoti ostiga olib yurgan emish. — Said Xalil-chi? — La’l Chandning aytishicha, Agrada uni Shershoh zindondan bo‘shatib, yana katta diniy lavozim beribdir. Bu dunyoda makkor-u uddaburonlarning oshig‘i doim olchi, Hamida bonu! — Ilohim qilgan yomonliklari xudodan qaytsin! Ammo Nizomni... tutingan og‘am deb edim... Bu maktubini o‘qib uning ulug‘ qalbi oldida sajda qilgim keldi. Hamida bonu Nizomning arzongina qog‘ozga yozilgan maktubini ochiq tutgan holda Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling