Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 51 a’yonlar endi u in’om qilgan barkashdagi tangalarga hirs bilan changal solishdi. So‘ng yangi podshoning in’omidan mamnun bo‘lib, unga astoydil egilib ta’zim qilishdi. Hazrat Nizomiddin podsholik zavqidan yayraydi. «Qani endi hozir yonimda Humoyun emas, Hamida bonu yurgan bo‘lsa!» degan istak qayta-qayta ko‘nglidan o‘tadi. Nizomning hazratga aylangan paytdagi obro‘-e’tibori-yu boyliklarini ko‘rgan Hamida undan iftixor qilishi mumkin emasmidi? Sevgan qizing sendan iftixor qilganini ko‘rsang, eng katta baxt shu bo‘lmasmi? Biroq, Nizom hozir bu baxtdan mahrum. U Hindol mirzoning odamlari yana bir hafta-o‘n kunda Agraga qaytishini sabr-toqat bilan kutishi kerak. Ammo hazrat Nizomiddin sabrsizroq. U bugun taxtga chiqqandan beri o‘zini hamma ishga qodir sezadi, qo‘lini qayoqqa cho‘zsa yetadiganday tuyuladi. In’om va ehsonlardan ortib qolgan oltin-u kumushlar yana bir aravaga yuk bo‘ladigan darajada ko‘p. Shuncha boylikka ega bo‘lgan odam nahotki Hamida bonuning diydoriga yetisholmay o‘rtanib yursa? Dildor og‘acha oltmishlarga kirgan ayol, tez yo‘l yurolmaydi, Alvarga yetib borguncha qancha vaqt o‘tadi! Hindol mirzo yana kuch yig‘ishtirib qaytib kelguncha... e-he, kim bor-u kim yo‘q! Undan ko‘ra Nizom o‘zi Alvarga jo‘nagani yaxshi emasmi? Ammo hozir u — podsho, bir yoqqa boradigan bo‘lsa navkar-u qo‘shin bilan jo‘nashi kerak. Hamida bonuni ko‘rish uchun qo‘shin tortib dag‘dag‘a qilib borsa, Hindol mirzo bilan urush qiladimi? Buni o‘ylashning o‘zi kulgili. Nizom honayi xosda yolg‘iz o‘ltirib uzoq xayol surdi-yu, oxiri Hamida bonuga maktub yoza boshladi: «Osmonimning tanho oftobi Hamida bonu! Ilgarigi Nizom bo‘lsam, sizga bunday maktub yozolmas edim. Siz shu vaqtgacha mening ilkim yetmaydigan yuksaklikda yurar edingiz. Hozir taqdir meni ham oliy bir yuksaklikka ko‘tardi. Balki eshitgandirsiz, Mirzo Humoyun meni o‘zlarining taxtlariga munosib ko‘rdilar... Qani edi, Jamna bo‘yidagi o‘sha sohilda, Zarafshon bog‘ining chetida yana uchrashsak. Shu vaqtgacha aytishga jur’at etolmagan muhabbatimni oshkor qilsam. Agar yulduzimiz bir-biriga to‘g‘ri kelsa-yu, siz rozi bo‘lsangiz, keyin to‘y tayyorligini boshlasak. Mirzo Humoyun bu ishda ham tantilik bilan ko‘mak berishlariga ishonchim komil. Sizni sog‘ingan Nizom». Hazrat Nizomiddinning nomiga maxsus shohona muhr ham o‘yilgan edi. Nizom hali Hamida bonu bilan biror marta maktub yozishgan emas, ular bir-birlarining dastxatlarini bilmaydi. Bu xatni Nizom o‘zi yozganiga qiz shubha qilmasligi uchun u imzosi yoniga podsholik muhrini ham bosdi. Endi bu xatni Alvarga kim yetkazadi? Hazrat Nizomiddin xazinachini chaqirtirib, ikki hamyon to‘la oltin tayyorlatdi. Bu pulga uddaburon choparlardan yollashi mumkin. Lekin Hamida bonuga taalluqli sirni har kimga aytib bo‘lmaydi. Juda ishonchli odam bo‘lishi kerak. Nizom uchun saroydagi eng ishonchli odam Humoyun edi. «Hazrat, siz Mirzo Humoyunga maslahat soling», dedi Nizom. Ammo hazrat Nizomiddin hamma narsani Humoyunga aytib yurmasdan, ba’zi bir nozik niyatlarini o‘zi amalga oshirishi kerak emasmi? Bironta muammoni o‘zi mustaqil yechsa nima bo‘lipti? Qancha uddaburon beklar, navkarlar bor. Podshoning maxfiy topshiriqlarini bajaruvchi mushriflar undan buyruq kutib yuribdi. Humoyun Afzalbek degan devqomat bir mushrifni ko‘p ta’riflagan, «osmondan yulduzni olib kel, desangiz keltirgay, ammo tegirmondan butun chiqur» degan edi. Hozir shu hazrat Nizomiddinning esiga tushdi. Bu yigit minglab navkarlar cho‘kib o‘lgan Karamnasadan sog‘-salomat suzib o‘tgan. Keyin Agraga kelgunlaricha Humoyunga va uning yonida yurgan Nizomga ko‘p xizmatlar qilgan. Hazrat Nizomiddin xufton payti xonayi xosga Afzalbekni chaqirtirdi. Ikki bukilib ta’zim Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 52 qilgan novcha, serpay mushrif yangi podshoning sinovchan nazaridan xavotirga tushib: — Hazratim, buyuring, sodiq qulingizmen! — dedi. — Alvarga... Necha kunda borib kelmog‘ingiz mumkin? — Agar yomxonalar chopqir otlardan bersalar, uch kunda, hazratim! Hazrat Nizomiddin maqsadga o‘tishdan oldin bir oz ikkilandi. Ketida soyadek turgan Nizom «Ehtiyot bo‘ling, sinamagan kishingizga sir bermang!» deb shivirladi. Ammo hazrat unga quloq solmadi. — Men sizga buyurmoqchi bo‘lgan ishni, — deb Afzalbekka qat’iy tikilib gap boshladi: — Ikkimizdan boshqa hech kim bilmasligi shart! — Hazratim, buyuring, to o‘lgunimcha sir saqlagaymen! Hazrat Nizomiddin oltin to‘la hamyonni unga uzatdi. — Yomxonalardan ot yollashga qancha pul ketsa tortinmay sarflang, — dedi. — Boshqa xarajatlarga ham yetgulik oltin olursiz. Afzalbek hamyonni ta’zim bilan oldi-yu, tabarruk qilib ko‘ziga surdi va tez qo‘yniga soldi. Shundan so‘ng hazrat Nizomiddin Hamida bonuga yozilgan maktubini unga berdi. Qiz Hindol mirzoning dargohida turishini, Aminat degan kanizi borligini aytdi. — Uqdim, xotirjam bo‘ling, hazrat. Men bu maktubning javobini olib kelmog‘im kerakdur. Shundoqmi? — Agar javob o‘rniga... qiz o‘zi kelmoqchi bo‘lsa, soyabon aravada kanizi bilan yetkazib kela olurmisiz? — Hindol mirzoning dargohidan qiz... o‘g‘irlash juda xatarli. «Qiz o‘g‘irlash» degan so‘zlar hazrat Nizomiddinni sergaklantirdi. Mirzolarning oriyati yomon, baloga qolishi mumkin. U Afzalbekka soddadillik bilan izoh berdi: — Men u qizga uylanmoqchimen, boshqa yomon niyatim yo‘q! Afzalbek shu payt podsho o‘rnida avvalgi sodda eshkakchi Nizomni ko‘rganday bo‘ldi-yu, miyig‘ida kulimsirab bosh irg‘adi: — Hamma ish ko‘nglingizdagidek ado etilg‘ay! — Agar shu nozik ishlarni bajo keltirib qaytsangiz, bizning eng ishongan odamimizga aylanursiz! Afzalbek yangi podshoning katta ishonchidan ruhlanib, unga yana egilib ta’zim qildi-yu, orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Ammo shu yomg‘ir faslida loylarga botib besh kunlik yo‘lni uch kunda bosib o‘tish azobini o‘ylaganda Afzalbekni g‘am bosdi. U ham asli bechora bir kosibning o‘g‘li, saroyga katta martabalar orzusida ishga kirgan, lekin olti yildan beri o‘zi istagan darajadagi nufuzli bek bo‘la olgani yo‘q. Nizom esa bir necha kun ichida oddiy eshkakchidan hukmfarmo shohga aylandi. Afzalbekning mavqeyi yaqindagina yalangoyoq yurgan Nizomnikidan baland edi. U maxsus ishlar mushrifi sifatida podsho kemasida Nizomga ish buyursa, Nizom ta’zim bilan bajarishga majbur edi. Mana endi Nizom osmonda. Afzalbek hali ham allaqanaqa pasqamlikda yuribdi-yu, Nizom uning tepasiga chiqib olib ish buyuryapti. Turib-turib, Afzalbekka mana shu juda alam qildi. Agar u Nizomning taxtda uzoq o‘ltirishiga ishonsa ehtimol, bu alamlarga qaramay, uning buyrug‘ini bajarardi va katta mukofotlar olish imkonini qo‘ldan boy bermagan bo‘lardi. Lekin saroy va uning atrofida yurgan mish-mish gaplarga qaraganda, Nizomning taxtda o‘ltirishi juda muvaqqat. Uni tezroq yo‘qotish harakatida yurgan zamona zo‘rlari ko‘p. Humoyunning o‘zi ham taxtini boshqa odam egallaganidan bezovta bo‘lib yuribdi. Afzalbek Alvarga borib kelguncha bu saqqoning kavushini to‘g‘rilab qo‘yishlari hech gap emas.* Undan ko‘ra Afzalbek ana shu zamona zo‘rlaridan biri bo‘lgan piri a’zam Said Xalilning duosini olgani yaxshi emasmi? Axir u Said Xalilga qo‘l berib murid bo‘lgan, Humoyun Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 53 saroyida ko‘rgan-bilganlarini unga maxfiy ravishda yetkazib turishga so‘z bergan. Afzalbek xufton namozidan keyin Said Xalilning shahar chetidagi chorbog‘iga bordi va hazrat Nizomiddindan qanday nozik topshiriq olganini unga bir-bir so‘zlab berdi. — Borakallo, Afzalbek, borakallo! — deb Said Xalil undan Nizomning Hamida bonuga yozgan maktubini so‘rab oldi, ko‘zoynagini taqib, maktubni chiroq yorug‘iga solib o‘qir ekan: — Ho‘, muhabbating boshingni yesin, haromi! — deb Nizomni qarg‘ab qo‘ydi. — Nomahram yigit bilan sohillarda uchrashib yurgan bu qaysi behayo qiz ekan? — Mirbobo Do‘st deganning qizi. — E, o‘sha Hindolga dars bergan mahmadona faqih! Vaqti kelsa uning ham adabini bergaymiz. Bu yalangoyoq saqqoning taxtga chiqqani avom xalqni juda qo‘zg‘atib qo‘ydi. Ko‘cha-ko‘yda yuz xil gap. Endi go‘yo kambag‘allar davron suradigan payt kelganmish. Zolim bek-u amirlar hokimiyatdan chetlatilarmish. Saqqoning dahriy otasini zindonga tashlatganim uchun meni ham shayxulislom lavozimidan bo‘shatisharmish. Ammo Nizom degan yalangoyoq endi tumshug‘idan ilinadigan payt kelibdir. Borakallo!.. Alvarga necha kunda borib kelurmen, deb so‘z berdingiz? — Uch kunda. — Demak, uch kundan so‘ng... bu saqqoni qopqonga qanday ilintirishni o‘ylab olmog‘imiz kerak. ___________ * Holisa — podshoning xos yeri. * Humoyun Nizom suvchini taxtga chiqargani ko‘pchilik tarixiy manbalarda, jumladan, Abulfazlning «Akbarnoma»sida, Javhariyning «Humoyunnoma»sida, Gulbadan begimning esdaliklarida qayd etilgan. Ammo uning qancha vaqt taxtda o‘ltirgani turli manbalarda har xil ko‘rsatilgan. Gulbadan begim Nizomni ikki kun podsho bo‘lgan desa, ba’zi hind olimlari uni bir yarim oy taxtda o‘ltirgan, deb yozadilar. * * * Ertalabdan tuya minib ko‘chalarga chiqqan jarchilar yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. Qator aravalar qop-qop unlarni novvoyxonalarga tashib berdilar. Katta doshqozonlarda palov pishguncha xushbo‘y issiq nonlar ham tandirlardan uzildi. Yangi podsho nomidan bu ishga mutasaddi qilib tayinlagan odamlar to‘p-to‘p bo‘lib kelgan minglab kishilarga osh tortdilar, savat-savat issiq nonlarni miskin-u bechoralarga ulashdilar. Ko‘pchilikning og‘zida to‘satdan taxtga chiqqan hind yigiti Nizomning nomi. Ming-ming odamlar bu hodisaning tafsilotini va Nizomning qanaqaligini bilgisi keladi. Uni umrida bir marta ko‘rgan yoki u bilan biror og‘iz gapirishgan kishi ham darrov odamlarning e’tiborini tortadi. Ayniqsa, hunarmand kosiblar, suvchilar, o‘z mehnati bilan kun ko‘radigan turli kasb egalari Nizomning kechagina oddiy eshkakchi bo‘lganini surishtirib bilganlari sari ko‘ngillari ko‘tariladi. Osh yeb tarqashayotganlarida: — Ilohim, taxtda ko‘proq o‘ltirsin-u bizga o‘xshagan zahmatkashlarning joniga ora kirsin! — deb astoydil duo qilishadi. Tush payti Hasht Bihisht bog‘idan otlanib chiqqan hazrat Nizomiddin Mirzo Humoyun va ikki yuz kishilik mavqab-u qo‘riqchilar markaziy xiyobondan o‘tib, qozixona va hibsxona tomon yo‘l oldilar. Odatdagiday, podshodan oldinda qo‘sh naqora chalinib, xos navkarlar yo‘l ochib borar edilar. Odamlar g‘ujg‘on bo‘lib, bir-birini surib, itarib, oq otda o‘tib borayotgan yangi podshoga ko‘z tikdilar. Daryolarda suzib o‘rgangan Nizom otda kam yurgan, shuning uchun egar unga noqulay tuyular, ot kattaroq qadam olganda yelkasi va boshi silkinib qo‘yardi. U hali boshqa chavandozlarga o‘xshab egarga mixlanganday mahkam o‘ltirishga odatlanmagan, buni ko‘rgan ba’zi bek-u navkarlar o‘zaro ko‘z urishtirib, zimdan lab burishardi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 54 Lekin yo‘l chetlariga tizilib turgan xaloyiq, Nizomga hayrat aralash zavq bilan tikiladi. Navkarlikka odam yollaydigan tavochilar paytdan foydalanib targ‘ibot yurgizadilar. Sharqda Sherxon Agrani bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini, yangi podshoga botir himoyachilar kerakligini aytadilar. Ilgari askariy xizmatdan o‘zini chetga oladigan yigitlar ham endi ko‘chadan o‘tib borayotgan Nizom bilan Humoyunning bir-biriga qilgan yaxshiliklarini eshitganlari sari ularga yaqin bo‘lgilari va Agrani birga himoya qilgilari keladi. Shu sababli tavochilarning navkarlikka odam yollashi avvalgiga nisbatan ancha yengil bo‘lib boradi. Nizom bilan Humoyunning zindonlar va hibsxonalardagi odamlardan xabar olishga borayotganlari adliya amaldorlarini bezovta qiladi. Ammo hazrat Nizomiddin otalari yotgan zindonlarni ko‘rishga xohish bildirgandan keyin hech kim uning so‘zini qaytara olmadi. Tosh devorli baland qo‘rg‘on hovlisida yomg‘ir ko‘lmaklari sovuq yiltiraydi. Zindonlar hovli o‘rtasidagi tepalikning yonbag‘irlaridan qazilgan. Agar zindonlar tekis yerdan qazilsa devorlariga tosh-u g‘isht qalangani bilan yomg‘ir faslida suvga to‘lib qolar va odam yashashi mumkin bo‘lmas edi. Shuning uchun ularning o‘rasi suv to‘planmaydigan tepalik yonbag‘riga o‘yib ishlangan, mahbuslarga har zamonda non-u suv berib turiladigan temir panjaralar ham tepaga qarab ochiladi. Uning ustidagi shiyponcha tomi yog‘in-sochin tushmaydigan qilib yopib qo‘yiladi. Lekin tepalikning pastida faqat zindonbonlar kiradigan va juda kam ochiladigan mustahkam temir eshik ham bor. Beliga qilichdan tashqari qator kalitlar osib olgan zindonbegi podshoning buyrug‘i bilan ana shu temir eshikni ochdi. Devorlariga g‘isht qalangan nimqorong‘i yo‘lak ko‘rindi. Davtiy deb ataladigan chirog‘bon kiruvchilarning yo‘lini yoritdi. Nizom, Humoyun, Turdibek va Xo‘ja Husayn ichkariga qadam qo‘ydilar. Podshoning taklifiga binoan mavkab bilan birga kelgan Said Xalil tisarilib hovlida qolmoqchi edi, Nizom unga o‘girilib: — Taqsir, siz kiring, — dedi. — O‘zingiz zindonga tashlatgan odamlardan bir xabar olaylik. Rangi qo‘rquvdan oqargan Said Xalil: — Hazratim, tobim yo‘qroq, — dedi. — Taqsirni suyab olinglar, — deb hazrat Nizomiddin xos navkarlarga buyurdi. Barvasta navkarlar Said Xalilni ikki tirsagidan ushlab oldilar. Yana bitta chirog‘bon davtiy paydo bo‘ldi va yo‘lakni yoritib oldinda bordi. Yo‘lakning bir tomonida zindonlarga kiriladigan eshiklar ko‘rindi. Zindonbegi ularning qulfini ham ochdi. Eshik yo‘lakka qarab ochildi-yu, ichkaridan avval qo‘lansa hid chiqdi, keyin zanjirlarning shaqirlashi va odamlarning g‘ovuri eshitildi. Davtiy chiroqni eshikka yaqin tutdi. Nizom eshik ichkarisiga o‘rnatilgan baquvvat temir panjarani endi ko‘rdi. Mahbuslardan uch-to‘rttasi panjara oldiga keldi. Ulardan biri Humoyunni tanib: — Podsho-ku! — dedi. Qolganlar ham panjara tomonga yopirildi va hamma birdan unga arzini ayta boshladi. Zindonbegi: — Jim! Tartib bilan so‘zlanglar! — deb shovqinni bosdi. Nizom otasi bilan zindonda bir yil yotgan va unga qadrdon bo‘lib qolgan uchta odamning nomini yozib kelgan edi. Otasi unga: «Shu odamlar nohaq qamalgan, men bo‘lgan voqeani batafsil eshitganmen, gunohlari yo‘qligiga kafilmen!» — degan edi. Nizom sallasining qatidan o‘sha qog‘ozni oldi-da, unda yozilgan nomlardan birini aytib, hindchalab so‘radi: — Sekrilik Muni Das bormi? — Bor! Muni Das men bo‘lamen, sohib! Oq oralagan o‘siq soqoli og‘zini bekitib turgan zanjirband mahbus temir panjarani Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 55 changallab, Nizomga tomon intildi: — Adolat qiling, sohib! Soliqchilar meni nohaq qamatgan. Oltita bolam bor. Olgan hosilimning uchdan birini davlatga berganmen! Qo‘lida ochiq daftar bilan turgan qozikalon Muni Dasning nomi yozilgan varaqni chiroq yorug‘iga tutib o‘qidi: — Xiroj bilan juzyani* to‘lamagan! Munsif* bilan urishib, uni haqorat qilgan, shuning uchun qamalgan. — Munsif mendan juzya solig‘ini ikki qayta olmoqchi bo‘ldi! Bolalarim och qolmasin deb ikkinchi martasida to‘lamadim! Munsif meni kaltakladi, achchiq ustida men ham uni «zolimsen!» deganim rost. — Shiqdor-u munsiflar orasida zolimlar ko‘p, sohib! — deb ichkaridan yana bir mahbus gap qotdi.— Bizdan olgan oliq-solig‘ining yarmini ham davlatga bermagay, ko‘pini o‘zi olib qolgay! Soliqchilar boyib ketgan! — Sizning ismingiz nedur? — deb so‘radi Nizom bu gaplarni aytgan mahbusdan. — Ismim Nazir. Ajmirlikmen, sohib! Men ham zolim soliqchilar tuhmati bilan zindonga tushganmen! Nizom qo‘lidagi qog‘ozdan ajmirlik Nazirning nomini topdi-yu, Humoyunga yuzlandi: — Amirzodam, bularning begunohligini menga otam aytgan. Qarang, biri hindi, ikkinchisi muslim, ammo zolim munsiflarga ikkovi ham birdek qarshi. Dinu millat ayirish adolatdan emas. Yaratganning oldida barcha bandalari barobardirlar. Shuning uchun biz juzya solig‘ini bekor qilishga haqlimiz. Ortiqcha oliq-soliqlar bilan aholini qiynab boy bo‘layotgan zolim shikdor-u munsiflarning o‘zlari zindonga tashlanmog‘i kerak. Bu borada maxsus taftish o‘tkazgaymiz! Hozir esa Muni Das bilan Nazir zindondan ozod etilsin, ro‘zg‘orlarini o‘nglab olishlari uchun har biriga yuz rupiydan nafaqa berilsin! Zindonbon hazrat Nizomiddin qarshisida ta’zim qilib: — Bosh ustiga, hazratim! — dedi-da, buyruqni bajara boshladi. Muni Das bilan Nazir qo‘l-oyoqlaridagi zanjirlarini shaqirlatishib, bir-birlarini quchoqlab ketdilar. Keyin ko‘zlari quvonchdan yoshlanib, hazrat Nizomiddinga minnatdorchilik bildirdilar. Nizomning qo‘lidagi qog‘ozchaga nomi yozilgan yana bir kishi — agralik keksa to‘quvchi — ikki kun burun zindonda jon bergan ekan. Nizom buni eshitib: — Xudo rahmat qilsin,— dedi-yu, narigi zindonga o‘tmoqchi bo‘ldi. Shunda o‘n-o‘n besh mahbus temir panjaraga yopishib, undan shafoat so‘ray boshladilar. Lekin bular o‘g‘irlik va poraxo‘rlik qilgan haqiqiy jinoyatchilar edi. Nizom ularning gapiga quloq solmay narigi eshikka qarab o‘tdi. Zindonbon bu eshikni ochayotganda navkarlarga suyanib turgan Said Xalil negadir qalt-qalt titray boshladi. Bu zindonda mahbus uncha ko‘p emas edi. Davtiylar temir panjaraga chiroq osib, ichkarini yoritganda ichkarida besh-oltita zanjirband odam ko‘rindi. Yarim yalang‘och qoramtil-ko‘kish tanalar orasida soqol- mo‘ylovi oltinrang, oq yuzli bir mahbus Humoyunning e’tiborini tortdi. — Bular — Sherxonga sotilganlar! — deb izoh berdi qozi. Oq tanli mahbus Humoyunni tanib, eshikka tomon talpindi: — Hazrati oliylari, men Sherxonga emas, sizga tarafdor bo‘lganim uchun jazolandim! Humoyun Moskoviyadan Xo‘ja Husayn bilan birga kelgan mehmonni tanidi, nomini eslolmasa ham, bultur, navro‘zda keltirgan qarchig‘ayini esladi. Xo‘ja Husayn esa uni ovozidan tanib hayajon ichida: — Matvey! — dedi va temir panjara orqali qo‘l cho‘zdi: — Kalitin! Men sizni yurtingizga qaytib ketgansiz, deb eshitgan edim-ku! — Ketmoqchi bo‘lib turganimda kechasi bor-budimni musodara qilib, o‘zimni zindonga tashladilar! — Kim shunday qildi? — so‘radi Humoyun. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 56 — Said Xalil janoblarining muridlari. Men ularning Sherxon bilan aloqasi borligini sezib qolgan edim. Kutval Amir Bahlul qatl ettirilganda men uning tuhmatga uchraganini aytgan edim. — Kimga aytdingiz? — so‘radi qozi. — Portugaliyalik Alvaro Pakaviraga. U menga o‘zini yaqin olib yurardi, «siz ham yevropaliksiz, biz xristianlar, inoq bo‘lishimiz kerak», deb tilyog‘lamalik qilib yonimdan ketmas edi. Sherxonning xufiyasi masjidi jomening oldidagi do‘konda Said Xalil bilan shivirlashib gaplashganini bir kun mol olishga kirganimda tasodifan eshitib qoldim. Ular Sherxonning kutvalga yozgan maktubini bir mulozimning cho‘ntagiga qanday solib qo‘yish haqida maslahat qilishdi. Men shu gapni soddalik qilib Pakaviraga aytib beribmen. Keyin bilsam, bu farangi ham Said Xalil bilan til biriktirgan ekan. Oxiri sirlari fosh bo‘lishidan qo‘rqib, meni hech kimdan beso‘roq zindonga tashlattirishdi. Nizom Said Xalilga o‘girilib qaradi. Said Xalil titrog‘ini bosishga tirishib, xirillab gapirdi: — Bu kofirni men emas, Hindol mirzo zindonga tashlattirgan! Turdibek Humoyunga izoh berdi: — Bu mehmon zindonda yotganidan biz mutlaqo bexabarmiz. Kalitin degan nom qamalganlar ro‘yxatida yo‘q. — Buni Said Xalilning odamlari ataylab sir tutgan, — dedi Humoyun. Hazrat Nizomiddin zindonbonga buyurdi: — Begunoh mehmonni darhol zindondan bo‘shating. Janob Turdibek, mehmonning musodara qilingan narsalarini shu bugunoq topdirib bering. Topilmaganlarining tovonini Said Xalilning mol-u mulki hisobidan to‘lattiring! — Mendan emas, kuchingiz yetsa Hindol mirzodan undiring! — deb e’tiroz qildi Said Xalil. Humoyun unga g‘azab bilan tikildi: — Siz Hindolni razillarcha adashtirgansiz! Sizning Sherxonga sotilgan ikkita muridingiz hozir saroydagi hibsxonada so‘roq qilinmoqda. Ular iskanjaga olingandan keyin sizning barcha ablahona ishlaringizni bir-bir aytib berdi. Bu begunoh mehmonning zindonda yotganini ham biz o‘sha muridlaringizdan bildik. Sherxonning qalbaki xati bilan Hindolni aldab Amir Bahlulni o‘ldirtirgan qotil ham siz ekansiz! Yo‘lakda turgan odamlar orasida hayrat va g‘azab tovushlari eshitildi. Said Xalil tirsagidan tutgan navkarlar qo‘lidan bo‘shashga intildi. — Bu bo‘hton... meni... meni o‘shalar bilan yuzlashtirsinlar... Hazrat Nizomiddin unga zindonda turgan Matveyni ko‘rsatdi. — Mana, siz nohaq zindonga tashlatgan begunoh odamlardan biri yuzma-yuz turibdir. Ilkingizdagi marvarid tasbehni farangistonlik xufiya poraga berganini hibsxonadagi muridlaringiz bizga aytdi. Qani sizda imon? Qani Allohga e’tiqod? Din-u imonni oltinga sotib yeydigan sizdek ochko‘z odam qanday qilib shayxulislom bo‘la olgay? Amir Bahlulning qoni tutsin sizni! Zindonga tashlang buni! — Haqqingiz yo‘q! — deb qichqirdi Said Xalil. — Diniy lavozimdagi shayxulislomni podsholar ham hibs etolmagay! — Siz ulamolar majlisining fatvosi bilan diniy lavozimdan bo‘shatilgansiz, — dedi hazrat Nizomiddin. — Bugundan boshlab shayxulislomlik vazifasini Xo‘ja Husayn janoblari ado eturlar. Taqsir, fatvoni ko‘rsating! Xo‘ja Husayn qo‘ynidan ulamolar majlisining fatvosini olib o‘qib berdi. Qur’on suralari bilan boshlanadigan fatvoda Said Xalilning nafsga berilganligi, oltin-u javohirot ketidan quvib, din-u imonga qarshi jinoyatlar qilganligi, shu sababli o‘z vazifasidan ozod etilganligi, endi unga boshqa gunohkor bandalar qatori jazo berish podsho hazratlarining ixtiyorida ekanligi aytilgan edi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 57 — Nechun bu fatvo menga oldin ma’lum qilinmadi? — deb shovqin soldi Said Xalil. — Agar mendan gunoh o‘tgan bo‘lsa, imonimni poklash uchun hajga borurmen! Qo‘yvoring meni! U navkarlar qo‘lidan chiqib ketmoqchi bo‘lib yulqina boshladi. Hazrat Nizomiddin navkarlarga buyurdi: — Bu odamni mahkam tuting. Haj bahonasi bilan Sherxon huzuriga qochib ketmasin. Qancha begunoh odamlarni zanjirband etgan Said Xalil endi o‘zi ham zindon zanjirining qandoq bo‘lishini bilsin. Oling, poyiga zanjir uring! Zindonbon temir panjarani ochib ichkariga kirdida, Matvey Kalitinning qo‘l-oyog‘idagi zanjirning qulfiga kalit soldi. Undan yechib olingan zanjir Said Xalilning oyoq-qo‘liga kiydirilayotganda hazrat Nizomiddin bilan mirzo Humoyun zindon yo‘lagidan hovliga qaytib chiqdilar. Ular bu ishni oldindan maslahatlashib qilishgan, Nizom otasining qasdi uchun ham bu noinsof jinoyatchini jazolashga jazm qilgan edi. Bugun ikkovi hamjihat va yakdil ish qilganlaridan Humoyun mamnun. Ammo zindonning dahshatli manzaralaridan Nizomning dilida qolgan og‘ir asorat kechgacha ko‘nglini xira qilib yurdi. Oqshomgi taom paytida Humoyun undagi o‘zgarishni sezib: — Nechun xomush ko‘rinursiz? — dedi. — Amirzodam, men hali kimlarnidir o‘lim jazosiga ham buyurmog‘im kerakdir? Ko‘nglim bo‘shroq ekan... Bugungi zindonlar azobi... ig‘volar... tuhmatlar... odam o‘ldirishlar... Loyqa bir sel meni o‘z holimga qo‘ymay oqizib ketgandek... Hayronmen... Besabab xavotirga tushmoqdamen. Humoyun og‘ir tin olib: — Bu og‘ir xavotirliklar menga ko‘pdan tanish, — dedi. — Hokimiyatni boshqarish — xatarli sellar orasida suzishdek mushkul. Lekin bunga ham odatlanmoq mumkin... Ertaga siz devoni xosda hunarpeshalarni qabul qilmog‘ingiz kerak. Dehlida biz boshlagan qasrlar qurilishi to‘xtab qoldi. Ularni davom ettirishga imkon yo‘q. Me’mor-u muhandislar ishsiz qolmishlar. Ularga Agrada biron ish topib bermog‘imiz kerak... — Jamna ustiga yangi ko‘prik qurdirsak-chi? Eski ko‘prik juda tor, bozor kunlari piyodalar, ot-aravalar sig‘ishmay, ba’zilari daryoga ag‘anab ketadilar. — Siz hukmfarmosiz, hazratim, — dedi Humoyun. — Xazina o‘z ixtiyoringizda. Lozim topsangiz, ertaga hunarpeshalarga ko‘prik qurishni buyuring. Podsholik hazrat Nizomiddinga yana eng yoqimli tomonini ko‘rsatganday bo‘ldi-yu, uning ko‘nglidagi xiralik tarqab ketdi. Ruhini yana bir oz ko‘tarish uchun, «yangi kemalar ham qurdirgaymen», dedi ichida. Jamnada suzadigan bu kemalarga Nizomning o‘zi bosh jolabon* bo‘ladi. Ungacha ko‘prik ham bitsa, mushkullari oson bo‘lgan odamlar, «buni Nizom hazratlari qurdirgan, otasiga rahmat» deyishlari turgan gap... _____________ * Xiroj bilan juzya — g‘ayridinlardan olinadigan qo‘shimcha soliqlar. * Munsif — soliq yozadigan amaldor. * Jolabon — daryo kemalarining sardori. * * * Nizomning bu shirin xayollarini xonayi xosga sekin kirib kelgan Afzalbek buzdi. Hazrat Nizomiddin podsholik tashvishlariga berilib Hamida bonuni xayolidan uzoqlashtirgan bo‘lsa ham, lekin Nizom Afzalbekning qachon qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqda edi. Shuning uchun Afzalbek ko‘ringan zahoti u sakrab o‘rnidan turdi. Mushrifning ko‘rinishi horg‘in, etigining qo‘njlariga loy sachragan, otini ayamay haydagani bilinib turibdi. Ammo yuzida mamnun bir jilmayish bor. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling