Hunarmandchilik-ning vujudga kelishi


Download 5.55 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi5.55 Kb.
#1798266
Bog'liq
HUNARMANDCHILIKNING VUJUDGA KELISHI

HUNARMANDCHILIK-NING VUJUDGA KELISHI

Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat i.ch.i vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.

Hunarmandlik insonning i.ch. faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va b.)ga ajraldi. Hunarmandlik . qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (mas, Rishton-da) kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlikgmaʼdanlarga boy yerlarda metall i.ch. va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va b. rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador

Hunarmandlikning 3 turi shakllangan


1) uy hunarmandchiligi
3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan 
2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan

Hunarmandlik tovar — pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʻarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va f-kalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambagʻallashgan hunarmandlar yollanib ishlay boshladi. Natijada H.ning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. H. Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish dastgohlari takomillashdi, 14-a. oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi metallurgiyapa jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14—15-a.larda oʻq otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik i.ch. munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, H.ning koʻpgina sohalari tush-kunlikka uchradi. Sanoat toʻntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan f-ka, zavod mahsulotlari H. mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.

Xonlik hujjatlariga ko`ra, Qo`qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o`ymakor, kulol, qog`ozgar, to`qimachi, do`ppi tikuvchi, kashtachi, ko`priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo`yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko`nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po`stindo`z, taqachi, paranjido`z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo`lgan. Xonlikda oltin ma`dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog` shimolidagi Ko`krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo`ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. Samarqandda bo`lganidek, Qo`qon xonligida ham qog`oz ishlab chiqarilgan. Qog`oz juvozxonasi Qo`qon shahrining Mo`yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan.

Yurtimizda ota-bobolarimizdan meros, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. “Ustoz-shogird” an’analari davom ettirilishi samarasida milliy hunarmandchilik tobora rivojlanib bormoqda.

Qadimdan milliy hunarmandchiligimizning yirik markazlaridan biri sanalgan Samarqandda ham mustaqillik yillarida ushbu soha jadal rivojlanib, hunarmandlar safi tobora kengayib bormoqda. Bunda Prezidentimizning 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi hamda 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 5.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling