Hunarmandchilik


Download 0.87 Mb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1297076
1   2   3
Bog'liq
hunarmandchilik

Namuna: Temirchilik



  1. -boz qo‘shimchasi -voz kabi aytilsa-da, asl shakli bo‘yicha yoziladi.

  2. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa bitta y tovushi ortadi va shunday yoziladi.

  3. -da, -dan, -di qo‘shimchalari jarangsiz undoshlarga qo‘shilganda -ta, -tan, -ti shaklida talaffuz qilinadi lekin aslicha yoziladi.









Berilgan matndagi hunarmandchilikka aloqador so‘zlarni ajratib yozing.

Berilgan matndagi so‘zlardan qo‘shib yoziladigan va ajratib yoziladiganlarini aiqlang va quyidagi jadvalni to‘ldiring.


Qo‘shib yoziladigan so‘zlar

Ajratib yoziladigan so‘zlar







A udiomatnni tinglang va savollarga javob bering

O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq san‘atining o‘ziga xosmarkazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq san‘atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san‘ati, charmga bezak tushirish san‘ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud. Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda.


Hunarmandchilik mahsulotlari — oddiy qo'l mehnati bilan tayyorlanadi va bu bizga ota-bobolarimizdan qolgan merosdir. Hunarmandchilik kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo‘jaligida hozir ham muhim o’rin egallaydi. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, zardo‘ zlik, bo’yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik,
shunga qarab kosibchilik, o‘rmonlar ko‘p yerda yog‘ ochsozlik, ma’danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan.



1.Miniyatura san’atining qanday turlari mavjud?
2.Audiomatnda hunarmandchilikka qanday ta’rif berilgan?
3.Paxta va pilla mavjud bo‘lgan hududlarda hunarmandchilikning qaysi turi rivojlangan?
4. hunarmandchilik xalq hayotida qanday ahamiyat kasb etadi?





Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling