Huquq tizimi


Download 25.13 Kb.
bet5/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Inkorporatsiya – qonunchilikni tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bunda qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuniga hech qanday o‘zgartirish kiritmay alifbo, xronologik, mavzu bo‘yicha va boshqa tarzda tizimga solib nashr etiladi.
Inkorporatsiyaning uch turi mavjud:
a) rasmiy inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarini ularni chiqargan organlar tomonidan to‘plam va majmua shaklida tizimlashtirish;
b) norasmiy inkorporatsiya – bunda tizimlashtirilgan to‘plamlar tuzish unga maxsus vakolatli bo‘lmagan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi (masalan, yuridik nashriyotlar tomonidan yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tizimlashtirish);
v) ofitsioz inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarining ularni tizimlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idoralar tomonidan to‘plam yo majmua qilib chiqarilishi (odatda, bunday tizimlashtirish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi).
Qonunlar majmuini tuzish, qonunlar va boshqa muhim normativ-huquqiy hujjatlarni to‘plab, qat’iy tartib asosida mavzuli (predmetli) tizimlash – inkorporatsiyaning eng yuqori ko‘rinishidir.
Konstitutsiya asosida mamlakat qonunlari majmuini tayyorlash va chop etish qonunlar mazmunini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo‘riqlashni kuchaytirish, davlat va jamiyat hayoti huquqiy negizini mustahkamlashga, ommaning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlanilganidek, huquq tarmoqlari – bu ijtimoiy munosabatlarning yirik yaxlit bir sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining taribiy qismidir.
O‘zbekistonda hozirgi paytda mavjud eng asosiy huquq tarmoqlariga va ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti va tartibga solish usuli xususiyatlariga, har bir tarmoqning huquq tizimida egallagan o‘rniga, ularning o‘zaro farqlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Huquq tizimida yetakchi o‘rinni konstitutsiyaviy (davlat) huquq sohasi egallaydi. Bu huquq tarmog‘i davlatga oid eng muhim, asosiy bo‘lmish munosabatlarni tartibga soladi va shu bois uning normalarida boshqa huquq sohalari uchun negiz poydevor bo‘ladigan qoidalar mustahkamlangan. Uning asosiy normalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan.
Konstitutsiyaviy huquq normalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat hokimiyatining oliy va maxalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati asoslarini va davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarni mustahkamlaydi. Davlat tuzumiga oid munosabatlar bevosita konstitutsiyaviy huquqning obyekti hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘i uslubining mazmuni – ta’sis etish, mustahkamlashdan iboratdir. Ta’kidlash lozimki, mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza va dispozitsiyadan iborat tuzilmaga ega bo‘lib, ularda aniq sanksiya mustahkamlanmagan. Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalari to‘g‘ridan to‘g‘ri harakat qilishi mumkin.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling