Huquq tizimi


Qonunchilikni tizimlashtirish


Download 25.13 Kb.
bet4/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Qonunchilikni tizimlashtirish huquqiy tizim amal qilishining, muntazam rivojlanib borishining sharti hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarini tartibga solish, mantiqiy umumlashtirishning shaklidir. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish – demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonun ustunligi, hokimiyatlar taqsimlanishining o‘zaro tiyib turish va muvozanatlash mexanizmini ta’minlashga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yuridik adabiyotlarda tizimlashtirishning quyidagi ikki an’anaviy turi– kodekslashtirish va inkorporatsiya haqida so‘z yuritiladi.
Kodekslashtirish – amaldagi qonunchilik normalarini chuqur va har tomonlama qayta ishlash hamda zarur bo‘lsa, unga jiddiy o‘zgartishlar kiritish orqali yangi, kompleks, tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat yaratishdir.
Kodekslashtirishning muhim xususiyati va inkorporatsiyadan farqi shundaki, u faqat ijod etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Shu jihatdan u huquq ijodkorligining bir turi hisoblanadi.
Kodekslashtirishda normativ-huquqiy aktning mazmuni o‘zgaradi; ya’ni eskirgan huquqiy norma bekor qilinadi, yangisi yaratiladi; ko‘pchilik normalar qayta bayon qilinadi; normalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, takrorlashlar hamda huquqdagi kamchiliklar bartaraf etiladi.
Kodeks – muayyan huquq (qonunchilik) sohasidagi ustuvor normalarni ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi qonundir. Kodeksdan tashqari kodekslashtirilgan hujjatlarning ustav va nizom shakllari mavjud. Ular o‘z mazmuni va vazifasiga binoan bir-biridan farq qiladi.
Ustav – boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora, vazirlik va tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o‘zida aks ettiruvchi kodekslashtirilgan aktdir. Masalan, Qurolli Kuchlar intizomiy ustavi.
Nizom – muayyan davlat tuzilmalariniing (jamoat birlashmalarining) tashkil etilish tartibi, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kompleks kodekslashtirilgan hujjat.
Nizom – kodekslashtirilgan hujjatning eng keng tarqalgan turi. U muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga tegishli va yuridik kuchi yuqoriroq bo‘lgan nizomlar respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni to‘g‘risida nizom» – mamlakat Prezidenti tomonidan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari to‘g‘risida nizom» – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan tasdiqlangan va hokazo.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling