Huquq tizimi


Download 25.13 Kb.
bet3/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Qonunchilik tizimi deganda huquqning mazmuni va ichki tarkibiy tuzilishini mustahkamlovchi, rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi tushuniladi.
Qonunchilik tizimi huquq (qonun) ijodkorligi faoliyati orqali huquq normalarining yaratilishi, rasmiy hujjatlarda mustahkamlanishi va tizimlashtirilishi (sistemalashtirilishi) natijasida vujudga keltiriladi.
Qonunchilik hujjatlari murakkab tarkibiy tuzilishga (strukturaga) ega. Ularni turli mezonlar asosida gorizontal, vertikal va kompleks turdagi qonunchilik tizimi sifatida tasniflash mumkin.
Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi sohaviy (tarmoq) tasniflash bo‘lib, huquqiy tartibga solishning predmeti, ya’ni ijtimoiy munosabatlar yo‘nalishi va mazmuniga asoslanadi. Bu mezonga muvofiq, huquq tarmoqlariga mos keluvchi qonunchilik tarmoqlari ajratiladi (masalan, konstitutsiyaviy huquq – konstitutsiyaviy qonunchilik, fuqarolik huquqi – fuqarolik qonunchiligi, jinoyat huquqi – jinoyat qonunchiligi, mehnat huquqi – mehnat qonunchiligi, ma’muriy huquq – ma’muriy qonunchilik). Har bir huquq tarmog‘iga mos ravishda qonunchilik tarmog‘i shakllanadi, masalan, fuqarolik – protsessual huquqiga – fuqarolik protsessual qonunchiligi mos keladi, yer huquqiga – yer qonunchiligi muvofiq bo‘ladi.
Qonunchilik tizimining vertikal (pog‘onama-pog‘ona, iyerarxik) tuzilishi davlat hokimiyati organlarining vakolatiga ko‘ra pog‘onama-pog‘ona joylashuvini va normativ-huquqiy aktlarning yuridik kuchiga ko‘ra joylashuvini aks ettiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimi markazida Konstitutsiya turadi, undan so‘ng konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirlik va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlari joylashadi. Sanab o‘tilgan hujjatlarning mana shu joylashuvi ularning yuridik kuchini ham aks ettiradi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiyaga mos bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasining 2-qismiga muvofiq, birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling