Huquq tizimi
Download 25.13 Kb.
|
DHTN-21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat huquqi
- Fuqarolik huquqi
Qishloq-xo‘jalik huquqi – qishloq ho‘jaligi shirkatlari, fermer xo‘jaliklari, dexqon xujaliklari, ijara xo‘jaliklarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi, ularning boshqa xo‘jalik subyektlari hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatdan foydalanish va unga haq to‘lash tartibi, daromadni taqsimlash tartibiga doir munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat. Ma’lumki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, bozor munosabatlarining qishloq xo‘jaligiga keng kirib borishi va mustahkamlanishi bu huquq tarmog‘ining ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Qishloq-xo‘jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ hujjatlarda va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkiliy shakllarining Namunaviy nizomlarida mustahkamlangan. Bu normalar hali kodekslashtirilmagan. Mazkur huquq tarmog‘ining asosiy usuli dispozitiv xarakterda bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash, muhofaza qilish, tavsiya etish, yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Mehnat huquqi – normalari mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va barham topishining shartlarini, ish vaqti hamda dam olish vaqti muddatining davomiyligini belgilash, mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari subyektlariga ishchi va xizmatchilar, davlat organlari va jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari kiradi. Mehnat huquqining mehnat munosabatlarini tartibga solishda qo‘llaydigan uslullari bo‘lib, rag‘batlantirish, tegishli shartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi. Fuqarolik huquqi – mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (masalan, ismga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish kabilar) tartibga soladi. Mulkiy munosabatlar, meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquq normalari o‘z ta’siri bilan korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning barcha fuqarolik oboroti (aylanmasi), xo‘jalik faoliyatini, jumladan, mulkga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish, mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkni ijaraga saqlab turishga, garovga berish, mahsulot yetkazib berish kabi munosabatlarni qamrab oladi. Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqi normalari har qanday mulkiy munosabatlarni ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflar huquqiy jihatdan teng bo‘lgan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor va qarzdor, buyurtmachi va pudratchi kabilar shartnomaviy munosabatlarining teng ishtirokchilari sanaladilar. Bu huquq tarmog‘iga hokimiyat va bo‘ysunish tarzidagi ma’muriy va moliyaviy huquqlari uchun xos bo‘lgan munosabatlar yotdir. Fuqarolik huquqi huquq tizimi tarmoqlari ichida eng yirigi bo‘lib, u xajm jihatidan salmoqli va kompleks xarakterdagi huquq tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlarining rivojlanishi, turli mulk shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan uning obyekti yana ham kengaymokda. Shu bois mazkur huquq tarmog‘i quyidagi qator huquq tarmoqchalarini o‘z ichiga oladi: meros huquqi, mualliflik huquqi, turar joy huquqi, patent huquqi va boshqalar. Fuqarolik huquqining bosh normativ hujjati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichiga kiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Xavo kodeksi, Uy-joy kodeksi. Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarini tartibga solish usuli avtonom va dispozitiv xarakteriga ega. Ya’ni, qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomada huquqiy munosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va ularga asoslanib ish yuritish huquqining mavjudligidir. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling