Huquq tizimi


Download 25.13 Kb.
bet2/9
Sana13.04.2023
Hajmi25.13 Kb.
#1354140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DHTN-21

Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq instituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga soladi.


Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqda – mansabdor shaxs instituti; fuqarolik huquqida – da’vo muddati, shartnomalar, oldi-sotdi institutlari konstitutsiyaviy huquqda – saylov tizimi, fuqarolik instituti; jinoyat huquqida – zaruriy mudofaa instituti, oila huquqida – nikoh instituti va boshqalarni keltirish mumkin.
Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Eng avvalo, biz ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqarolik huquqi institutlari va shu kabilar.
Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi.
Adabiyotlarda huquqning konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, mehnat, fuqarolik, oila, jinoyat huquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiya huquqi, fuqarolik-protsessual, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlari ko‘rsatiladi.
Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlar moddiy va protsessual huquq turlariga ham bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliyaviy huquq, yer huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va mehnat huquqi o‘z mazmuniga ko‘ra moddiy huquq hisoblanadi va ular insonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari, mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf etish, mulkni olish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar, fuqarolarning mehnat faoliyati, huquq va erkinliklarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Protsessual huquq tarmoqlariga esa jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va xo‘jalik-protsessual huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar, kelishmovchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni tergov qilish va sudda ko‘rishning tashkiliy masalalarini tartibga soladi. Masalan, jinoyat huquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligi va shu xatti-harakat yoki harakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiy asoslarini belgilab bersa, jinoyat-protsessual huquqi uni tergov qilish, sudda ko‘rish kabi qator masalalarni o‘z normalarida mustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular bir-birini taqozo etadi va uzviylikda bir butun yaxlitlik kasb etadi.
Huquq tizimi tarkibidagi eng katta tuzilma – huquq tarmog‘idir. Huquqni tarmoqlarga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiy tartibga solishning predmeti va huquqiy tartibga solishning usuli (metodi) orqali amalga oshiriladi.
Mamlakatda amal qiluvchi huquq tizimi to‘g‘risidagi bilimlarimiz batafsil bo‘lishi uchun «qonunchilik tizimi» tushunchasini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. «Huquq tizimi» va «qonunchilik tizimi» tushunchalari o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiladigan ilmiy kategoriyalardir. Ular huquqning ikki jihatini aks ettiradi va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling