Huquqiy hujjatlar
Download 118.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy seysmik rayonlashtirish.
II. ASOSIY QISM
III. 1-o‘quv savoli. O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlari haqida umumiy ma’lumotlar Seysmik faol hududlarda yashovchi odamlar har doim zilzila xavfini esdan chiqarmasliklari kerak. SHunday ekan zilzila xavfini kamaytirish yo‘llari nimalardan iborat ekanliklarini bilishlari kerak. Eng birinchi va asosiy chora seysmik faol hududlarda barcha qurilish ishlari kutilayotgan zilzilaning kuchini hisobga olgan holda qurilishi shart. Qayerda qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi respublikaning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasidan olinadi. Seysmik rayonlashtirish qo‘llanilayotgan usullarga, masshtabga qarab uchga - umumiy seysmik rayonlashtirish, mukammal seysmik rayonlashtirish va seysmik mikrorayonlashtirishga bo‘linadi. Umumiy seysmik rayonlashtirish. Seysmik faol hududlarda qurilish ishlari mutasaddi davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan rasmiy me’yoriy hujjat - «Qurilish me’yorlari va qoidalari» asosida amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy hujjatning tarkibiy qismi «Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi» hisoblanadi. Xarita, odatda 1:10 mln., 1:5 mln. kabi mayda masshtablarda tuziladi. YAqin yillargacha respublikada qurilish ishlarini olib borishda hamma amal qilishi lozim bo‘lgan me’yoriy hujjat - 1978 yilda tuzilgan umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi (USR-78) hisoblanardi. Xarita 1978-80 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti boshchiligida Geologiya va geofizika instituti, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) olimlari ishtirokida tuzilgan. Keyingi yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan o‘nga yaqin kuchli zilzilalar bu xaritalarning ancha puxtaligini ko‘rsatdi. SHunga qaramay, ilm-fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi seysmik rayonlashtirish xaritalarini yanada mukammallashtirish imkonini yaratdi. SHuning uchun 2001- 2005 yillarda Seysmologiya instituti tomonidan respublikaning 1:1 mln. masshtabli umumiy seymik rayonlashtirish xaritasi tuzildi. Lekin u turli sabablarga ko‘ra 3 amaliyotga tadbiq etilmadi. Nihoyat, Seysmologiya institutining bir guruh olimlari tomonidan respublikaning yangi umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi tuzildi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2011 yil 19 dekabrdagi 91-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi (1-rasm). 1-rasm Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling