5
2-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan qonunning mazmuni
va mohiyati
2021 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash
to‘g‘risida”gi qonuni 5 ta bob 26 ta moddadan iborat bo‘lib, unda zilzilaga
quyidagicha ta’rif
berilgan, zilzila - yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining
to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan,
uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar
tarzidagi yer osti
silkinishlari va tebranishlari.
Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 1-bobi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi. Unda qonunning
maqsadi, seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi
qonunchilik, asosiy
tushunchalar, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlar
va ularning tasnifi
yoritilgan.
Ushbu qonunga asosan seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining hududi;
mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari
va gidrotexnika inshootlari, sog‘liqni
saqlash muassasalari, ta’lim tashkilotlari,
jamoat va turar joy binolari;
moddiy va madaniy meros ob’yektlari;
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar va yo‘llar;
muhandislik va
transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr
ta’minoti tarmoqlari.
Bundan tashqari, yuqoridagi qonunga asosan seysmik xavfsizligi
ta’minlanadigan ob’yektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
I toifa — xavflilik omili past bo‘lgan ob’yektlar;
II toifa — xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan ob’yektlar;
III toifa — xavflilik omili yuqori bo‘lgan ob’yektlar;
IV toifa — xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan ob’yektlar.
Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlarning toifalariga ko‘ra ro‘yxati
qonunning ilovasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: