Huquqiy hujjatlar


Ushbu Farmonning 3-ilovasida


Download 118.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana05.11.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1749079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6.1 (1)

Ushbu Farmonning 3-ilovasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. 
 
4-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan Prezident qarorining 
mazmuni va mohiyati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli Qarori 
17 ta band va quyidagi ilovadan iborat: 
1-ilova. O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini 
takomillashtirish Dasturi. 
2-ilova. Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik 
laboratoriyasi tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yo‘nalishlari. 
3-ilova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 
kiritilayotgan o‘zgartirishlar. 
Ushbu qarorning 3-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi — respublika va transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy 
va texnogen xavfli hududlarda hamda muhim ob’yektlarda seysmik xavfsizlik 
bo‘yicha monitoringni tashkil etish, kuchli va talafotli zilzilalar sodir bo‘lishi xavfi 
mavjud bo‘lganida ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni 
ko‘rishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan. 
Qarorning 8-bandiga asosan:
a) 2021 yil 1 apreldan boshlab respublikaning seysmik faol hududida 
joylashgan mavjud bino va inshootlar, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning 
seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni nazarda tutuvchi 
elektron texnik pasportlarni shakllantirish; 2021 yil 1 maydan boshlab yangi 
qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, 
qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar 
materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik 
pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; 
b) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Fanlar akademiyasi bilan 
birgalikda mazkur amaliyot joriy etilishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlar 
hisoblanadi; 
v) shakllantirilgan elektron texnik pasportlardan seysmik xavf prognozi 
mavjud bo‘lgan hollarda binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini 
o‘rganish, sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning 
oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. 
Ushbu qaroroning 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasida seysmik 
xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish Dasturi” 7 ta bo‘lim 32 ta banddan 
iborat. 
Dasturning 7-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, 
Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda 2021 yil 1 aprelgacha “Favqulodda vaziyatlar 


11 
vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi huzurida kuchli zilzila 
sodir bo‘lganda zilzila epitsentrida zararlangan o‘ta muhim bino va inshootlarning 
foydalanishga yaroqliligini baholash uchun epitsentral guruh tashkil etish”,
17-bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda 
2021 yil 1 yanvargacha “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik 
monitoring respublika markazining seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish”, 

Download 118.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling