Huquqiy hujjatlar
O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi
Download 118.45 Kb. Pdf ko'rish
|
6.1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seysmik mikrorayonlashtirish.
O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi
Mukammal seysmik rayonlashtirish. Mukammal seysmik rayonlashtirish xaritalari 1:500 000, 1:200 000 kabi o‘rtacha masshtablarda, nisbatan kichikroq maydonlar, masalan, Toshkent, Farg‘ona vodiysi yoki Markaziy Qizilqum uchun tuziladi. Bo‘lib o‘tgan zilzilalarning epitsentri, chuqurligi, kuchi haqidagi, geologik, tektonik tuzilishi, geofizik maydonlar, yerning hozirgi va yangi zamon harakatlari va shunga o‘xshash barcha ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatilgan masshtabdagi aniqlikda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mukammal xarita tuzishda seysmopriyomniklar yordamida sezilarli hamda kuchli zilzilalarning tebranish parametrlari aniq yozib olinadi va xarita tuzishda foydalaniladi. Xaritada qayerda, qanday kuch bilan zilzilalar ro‘y berishi ko‘rsatiladi. Seysmik mikrorayonlashtirish. Umumiy va mukammal seysmik rayonlashtirish xaritalari hali so‘nggi xaritalar emas. Qurilish tashkilotlariga ularning o‘zi yetarli emas. Ular zilzilaning o‘rtacha tarqalish kuchini ko‘rsatadi, xolos. Ayrim olingan har bir kichik joy uchun yerning xossalarini puxta o‘rganish kerak. Xullas, joylarning seysmik faolligini aniq hisobga olish uchun umumiy va mukammal seysmik rayonlashtirishdan tashqari har bir shahar va yirik aholi maskanlari uchun seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari ham tuzish shart. Bu xaritalar har bir joyda zilzila kuchi o‘rtachadan qancha ballga farq qilishini ko‘rsatadi. Bu narsa joylarning geologik, tektonik tuzilishiga, u yerdagi tog‘ jinslarining fizik xossalari va tarkibiga, yer osti suvlarining yer sathidan qanchalik chuqurlikda joylashganligiga va boshqalarga bog‘liq. Masalan, granit, ohaktosh, marmar, gabbro kabi qattiq tog‘ jinslarida zilzila kuchi bir ballga qirqiladi. Aksincha, soz tuproq, qum tuproq kabi bo‘shroq jinslarda zilzila kuchi bir ballgacha ortadi. yer osti suvi er sathiga qancha yaqin bo‘lsa, u tog‘ jinslarining namligi ortishi hisobiga mustahkamligini susaytiradi va shuning uchun zilzila kuchini bir ballga 4 orttiradi. Zilzila kuchi tog‘ jinslarining tarkibi va yer osti suvlarining yaqinligi tufayli ikki ballgacha ortishi mumkin. Aytmoqchimizki, V-VI balli zilzila VII-VIII balli zilzila ta’sir kuchi zararini keltirishi mumkin. Demak, shaharlar, aholi zich yashaydigan yirik qishloqlar, yirik qurilish ob’yektlari, dambalar (suv omborlari), elektr stansiyalari, katta zavodlar va h.k. uchun albatta mikrorayonlashtirish xaritasi tuzilishi kerak. O‘zbekistonda hozircha bor-yo‘g‘i 30 ga yaqin shahar va aholi punktlari uchun shunday xaritalar tuzildi. Ularning yillik samarasi o‘nlab milliard so‘mdan ortadi. Oldinda yana yuzlab shahar va aholi zich yashaydigan maydonlarning xaritalarini tuzish muammosi turibdi. Masalaning muhimligi yana shundaki, ko‘pincha joylarning seysmik holati inson faoliyati ta’sirida yomonlashmoqda. Bunga sabab yer osti suvlarining tabiiy yo‘llari ko‘pincha berkitib qo‘yilishi natijasida ularning sathi ko‘tariladi. Yoki ilgari sug‘orilmaydigan yerlar o‘zlashtirilgandan keyin quruq tuproqlar xo‘llanadi, ba’zan bo‘kadi (ya’ni suvga to‘yinadi) va seysmik holati qo‘pol ravishda buziladi. Respublika bo‘yicha ahvolni ko‘rib chiqilsa, Orol dengiziga yeta olmagan suvlarning hammasi juda ko‘p shaharlarda, tumanlarda, sug‘oriladigan yerlarda va ularning quyi qismlarida yig‘ilib yotibdi va seysmik holatning ko‘pol buzilishiga olib kelmoqda. Seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari yanada yirikroq masshtablarda (1:5000, 1:10000, 1:25000, 1:50000) ayrim shahar, tuman, suv omborlari, yirik qurilish ob’yektlari, atom reaktorlari joylashgan maydonlar va boshqa joylar uchun tuziladi. Bu xaritada joyning geologik tuzilishi, undagi tog‘ jinslarining tarkibi, yer osti suvlarining chuqurligi kabi parametrlarning zilzila kuchiga ta’siri ko‘rsatiladi. Farg‘ona vodiysi MSK-64 shkalasi bo‘yicha 9 ballgacha zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan seysmik jarayonlarning eng kuchli ta’siriga ega bo‘lgan mintaqadir. O‘zbekistonning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasiga ko‘ra 9 balli zona CHatqol tog‘ tizmasining markaziy qismini egallab, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismigacha davom etadi. Bu zonaning g‘arbiy chegarasi Namangan va Farg‘ona shaharlari yaqinidan o‘tadi. Zona janubiy va janubiy-g‘arbiy yo‘nalishlarda Tojikistonga o‘tadi va Surxondaryo viloyatining shimolida SHarg‘un shahri atroflaridagi kichikroq hududni o‘z ichiga oladi. Bu zonada 9 balli zilzilalarning epitsentri joylashgan (CHatqol zilzilasi, 1946 y; Andijon zilzilasi, 1902; Qoratog‘ zilzilasi, 1907), 8 balli zona shimolda Qorjontov, Ugom va Piskom tog‘ tizmalarini qamragan. Janubroqda bu zona Toshkent (Toshkent zilzilasi, 1966), Namangan va Farg‘ona shaharlari orasidan tor polosa shaklida o‘tadi, so‘ngra Tojikistonga, u yerdan Surxondaryo viloyatiga o‘tib, g‘arbdan Boysuntog‘ tizmasining shimoliy qismida 9 balli zona bilan tutashadi. Buxoro viloyatining Gazli shahri atrofi ham 8 balli zonaga kiradi (1976 va 1984 yillardagi Gazli zilzilalari), 7 balli zona CHimkent shahri (Qozog‘iston) yaqinidan janubga tomon yo‘nalib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududini, Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy qismini va Surxondaryoning asosiy hududini hamda Navoiy viloyatining sharqiy qismini, Buxoro viloyatini, Xorazm viloyatining janubiy qismini o‘z ichiga oladi. Download 118.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling