Topshiriq: Direktorning fikrini qay darajada qo‘llab-quvvatlaysiz? Advokatlik byurosi xizmatlariga mijozlarni qiziqtirishning yagona yo‘li – uning nomini o‘zgartirishginami? Siz mazkur byuroning yangi “brendi”ni qanday tasavvur qilasiz? Uni mashhur qilish yo‘llari bo‘yicha taklif tayyorlang.
kazus
9. Tasavvur qiling: siz yirik xususiy tibbiy klinikada yurist-konsultant sifatida faoliyat boshladingiz. Oxirgi paytlar klinikaning obro‘si, tibbiy xodimlarning bemorlarga bo‘lgan qo‘pol muomalasi, tashxis ko‘yish darajasi yomonligi va ko‘pchilikka hozircha noma’lum boshqa sabablarga ko‘ra, tushib bormoqda.
Klinika rahbari bu holni bartaraf etish uchun quyidagilarni amalga oshirishni taklif etmoqda:
- yangijihozlarsotibolish va respublika bo‘yichakatta reklama bannerlarinio‘rnatish;
- buning uchun esa investorizlanishi kerakligi tufayli ishnivaqtinchato‘xtatib turish.
Topshiriq: Klinika va xodimlar obro‘sini ko‘tarish, mijozlar ishonchini qayta tiklab, ular sonini oshirish uchun qanday harakatlarni amalga oshirgan bo‘lardingiz?
Siz taklif etadigan chora va xarakatlar. Ularni izohlang va asoslang.
kazus
10. Universitetni bitirgach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga stajer sifatida ishga qabul qilindingiz. Ishning birinchi kuniyoq sizga bir necha topshiriqlar berildi:
rahbar topshirig‘iga muvofiq prezentatsiya tayyorlash;
kadrlar bo‘limiga buyruqlar nusxalarini taqdim etish;
konferensiyalar o‘tkazish xonasida siz ishlaydigan bo‘lim rahbarining uchta uchrashuvini tashkil qilish;
hujjatlar solingan uchta paketni tegishli manzillarga jo‘natish. Topshiriq: Ayni vaziyatda zimmangizga yuklangan topshiriqlarni bekami ko‘st, sifatli bajarish sizdan qanday xislatlarni talab etadi? Vaziyatdan muvaffaqiyatli chiqish uchun kreativlik, ishga ijodiy yondashuv asosida amalga oshiradigan harakatlaringizni ketma-ket bayon eting.
kazus
11. Xususiy tadbirkor I.Abdukarimova tuman markazida xorijga chiquvchi fuqarolarga engillik qilish maqsadida barcha qulayliklarga hamda so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan xizmat ko‘rsata oladigan xujjatlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va apostel belgilarini qo‘yish xizmatlarini tashkil qilgan va ingiliz, nemis va rus tilliharini mukammal biladigan ishchilarni ishga jalb qilgan ammo bu yo‘nalish bo‘yicha ishlar ko‘zlangan darajada amalga oshirilmaganligi sababli mijozlarni murjaatlari belgilangan darajada bo‘lmagan shu bois tadbirkor qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish masalasini eki tadbirkorlik yo‘nalishini o‘zgartirish maslasini ko‘taradi.
Topshiriq:-Tadbirkor va xodimlar obro‘sini ko‘tarish, mijozlar ishonchini oshirish va murojaatlarni sonini oshirish uchun qanday harakatlarni amalga oshirgan bo‘lardingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |