Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya fanidan kazuslar kazus


Download 57.32 Kb.
bet1/7
Sana17.02.2023
Hajmi57.32 Kb.
#1207010
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kazuslar metodologiya yakuniy


Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya fanidan kazuslar.
kazus
1. Siz tashkilot rahbarisiz. Tashkilotingizda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar mavjud. Ularning echimi borasida fikrlaringizni jamlab, yozib oldingiz. Endigi vazifa – muammolarning echimini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlaringizni belgilab olish edi. SHu maqsadda ro‘yxat tuzib, unga o‘zingiz ishongan 10 nafar xodimingizni kiritdingiz.
Xodimlarni yig‘ib, mavjud muammolar haqida ma’lumot etkazib, ularga vazifalarni taqsimlab berdingiz. Yig‘ilish so‘ngida savollar bor-yo‘qligini so‘radingiz.
SHunda xodimlaringizdan biri qo‘l ko‘tarib, fikr bildirishga ruxsat so‘radi. Siz unga so‘z berdingiz. Xodimingiz esa shunday dedi:
“Menga berilgan vazifani bajarish muammoga echim bo‘la olmaydi, deb o‘ylayman. Men buni o‘z tajribamga tayanib aytishim mumkin. Agar buni boshqa xodim bajarishni istasa, meni ro‘yxatdan chiqarib tashlashingizni so‘rayman”.
Savol: Siz ishonch bildirib vazifani taqsimlab bergan xodimingizning barchaning huzurida bunday fikrini eshitgach, unga qanday javob qaytargan bo‘lar edingiz?
Vaziyatni “soft skills” nuqtai nazaridan tahlil qiling.
kazus
2. Universitetni bitirgach, siz mashhur advokatlik firmasiga advokat yordamchisi bo‘lib ishga joylashdingiz. Birinchi ish kuningiz bir odam sizga telefon qilmoqda. Uni advokat bilan bog‘lash kerak bo‘lmasa-da, ko‘nglini aslo ranjitib bo‘lmaydi. Suhbat, masalan, quyidagicha kechishi mumkin:
- Meni Sohib Almatovich bilan bog‘lab bering, iltimos, biz u kishi bilan bir muhim masalani muhokama qilishimiz shart.
- Javob: .....
- Men u bilan albatta gaplashishim kerak, bu juda muhim.
- Javob: ......
- Agar u kishi bilan meni bog‘lamasangiz, o‘ylaymanki, Sohib Almatovich sizdan norozi bo‘ladi.
- Javob: .....
- Bir narsani bilingki, men Sohib Almatovich bilan bog‘lanish yo‘lini baribir topaman, shunda siz aybdor bo‘lib qolasiz.
- Javob: .....
- Siz o‘zingizga shunday javobgarlikni olishga tayyormisiz?
- Javob: .....

Download 57.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling