Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya fanidan kazuslar kazus


Download 57.32 Kb.
bet6/7
Sana17.02.2023
Hajmi57.32 Kb.
#1207010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kazuslar metodologiya yakuniy

Savol-topshiriq: Sizning ayblov nutqingizda hodisaning jinoiy, huquqiy tomonlaridan tashqari yana qanday jihatlari, u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy taassurotlari o‘rin olishi lozim, deb hisoblaysiz? Ayni jihatlarni aniqlab, ularni ta’sirli bayon etishga harakat qiling.

17. Texnik va aniq fanlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy fanlar, xususan, huquqshunoslikda aksariyat hollarda mantiqiy savol va muammoli savol (kazus) bitta, yakkayu yagona to‘g‘ri javobga ega bo‘lmasligi mumkin. Huquqshunoslik sohasidagi savollar ko‘proq “provokatsion” xarakterda bo‘lishi va talabani o‘yga toldirishi, savolning o‘zi imtihon topshiruvchi bilan polemikaga – munozaraga kirishishi kerak, degan tushuncha mavjud va u, darhaqiqat, to‘g‘ri tushuncha.


Savol-topshiriq: Mazkur holat, sizningcha, nimalar, qanday sabab va omillar bilan izohlanadi? Huquqshunoslik fanlarining bugungi darajasi, qonunshunoslik sohasidagi yangi qarashlar, qolaversa, hayotda uchraydigan huquqiy holatlar rang-barangligidan kelib chiqqan holda javoblaringizni asoslang.


18. Aleksey Kepterev, prezentatsiyalar bo‘yicha ekspert: “Prezentatsiyalar insonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Bu, prezentatsiyalar auditoriyani butunlay o‘zgartiradi, degani emas. Gap sizning boy va mashhur odamga aylanishingizda ham emas. Gap sizning boshqa insonga, yaxshiroq insonga aylanishingizda. Siz ko‘proq biladigan va ko‘proq tushunadigan insonga aylanasiz”. Topshiriq: YUqoridagi fikrlarni izohlang. Sizningcha, yaxshi prezentatsiya qanday bo‘lishi kerak? 
19. Ayrim notiqlar o‘z nutqlarini to‘laligicha slaydlarga joylashtirishadi va o‘sha slaydlardagi matnni o‘qib berishadi. Tinglovchilarga esa bu hol umuman yoqmaydi, ular zerikib qolishadi. Zero, slaydlarni tayyorlashdan maqsad notiqqa matnni eslatish emas, balki uning auditoriyaga gapirayotgan gaplari, murojaatlari ma’no va ta’sirisini kuchaytirishdir. Topshiriq:
1. Quyidagi matnni o‘qib, taqdimot uchun qiziqarli nom tanlang.

2. Mazkur matn ma’nosini auditoriyaga yaxshi etkazib berish uchun qanday slayd yoki slaydlar tayyorlagan bo‘lar edingiz? Tasavvuringizdagi slaydlarni qog‘ozga tushiring.

20. O‘zini o‘zi taqdim qilish – tinglovchining talabidan kelib chiqqan holda insonning o‘zi haqida hikoya qila olishi. Bizdan tanishish, suhbat, turli treninglar, ijtimoiy tarmoqdagi anketalarda o‘zimiz haqimizda ikki og‘iz gapirib berishimizni ko‘p so‘rashadi. Bir qarashda engil ko‘ringan bu topshiriq ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi. Zero, insonning o‘z hayoti haqida qisqacha hikoya qilib berishi anchagina mushkul ish. Qanday boshlash kerak, nimani gapirish kerak, nima muhim?



Download 57.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling