Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya fanidan kazuslar kazus


Download 57.32 Kb.
bet7/7
Sana17.02.2023
Hajmi57.32 Kb.
#1207010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kazuslar metodologiya yakuniy

Topshiriq: Tasavvur qiling: ishga joylashish uchun suhbatga bordingiz. Sizga o‘zingiz haqingizda qisqacha taqdimot tayyorlab kelish vazifasi berildi. Qanday taqdimot tayyorlaysiz? O‘zingiz haqingizda hikoya tuzing.

21. Mantiqiy va kazus (muammoli) savollar tuzishda talabalarning qaysi kurslarda o‘qiyotgani, albatta, inobatga olinishi, ularning bilim, tajriba darajasi, umumiy intellektual imkoniyatlari nazardan chetda qolmasligi shart.


Guvohi bo‘layotganingizdek, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lmish odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar, afsuski, tobora ko‘payib borayotir.
Topshiriq: Turli bosqich (1-2-kurslar hamda 3-4-kurslar) talabalariga aynan odam savdosi bilan bog‘liq muammolar echimiga bag‘ishlangan savollarni shakllantirishda masalaning qaysi jihatlarini, qanday bilim va ko‘nikmalarni so‘rash to‘g‘ri bo‘lishi xususida fikringizni bayon eting. 
22. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlardan ko‘chirmachilikning har qanday ko‘rinishiga barham berish, o‘quvchi va talabalar, bo‘lg‘usi mutaxassislarni faqat va faqat mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatish masalalari ham o‘rin olgan. Jumladan, huquqshunoslik sohasi uchun tayyorlanayotgan kadrlar bu holga shunchaki kamchilik, ko‘z yumib ketish mumkin bo‘lgan qusur sifatida emas, balki mamlakat va millat taqdiriga jiddiy xavf sifatida qarashlari shartdir. Zero, ilm olish, kasb egallash masalasi aslo bir-ikki shaxs muammosi bo‘lmay, bu sohalardagi adolatning buzilishi, qonunga xilof harakatlar, oxir-pirovardida, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy, hatto o‘nglab bo‘lmas zararlar etkazishi mumkin. Savol-topshiriq: Sizningcha, mazkur fikrlarni huquqshunoslik sohasi misolida qanday dalillash, asoslash mumkin? Plagiat – ko‘chirmachilik illatining yana qanday salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkinligi xususida fikringizni bayon eting.

23. Diqqatingizni nimasi bilandir (qadam tashlashi, o‘zini tutishi, nutqi, tashqi ko‘rinishidagi o‘ziga xos jihatlari) jalb qilgan tanishlaringiz ro‘yxatini tuzing. Har bir tanishingiz qarshisiga sizga ma’qul, imijingizga foydasi tegadigan 3-4 ta xislatlarni yozib chiqing.


24. Sizga yoqmaydigan, siz o‘xshashni istamaydigan tanishlaringiz ro‘yxatini tuzing (bunday tanishlaringiz bo‘lmasa, badiiy asar yoki kinofilmlar qahramonlarini tanlashingiz mumkin). Ularning tashqi va ichki imijini tahlil qiling. Ularning siz ega bo‘lishni istamaydigan shaxsiy xislatlari, xulq-atvoridagi qusurlarni yozib chiqing.

Endi o‘zingizga savol bering: ushbu ro‘yxatdagi qusurlar menda bormi? Ular qanday aniqlanadi? Ularni bartaraf qilish uchun men nima qilishim kerak?


25. Tanishlaringizdan o‘zingiz to‘g‘ringizdagi fikrlarini so‘rang. Natijalarni tahlil qilib, noma’qul deb topgan xislatlaringizni yaxshilashga harakat qiling. To‘liqligicha o‘zgarish shart emas. Bir qusuringizni yaxshilang, biroz harakatchanlik qo‘shing, buning ustida muntazam ishlang. O‘zingizni bugun boshqalar tomonidan qanday qabul qilinishingiz xaritasini tuzing.


26. Toshkent viloyati Olmaliq mexanika zavodi yuristi I.Bobaqulov korxonanning 1-sex bo‘limi boshlig‘i A.Mamirov bilan ish yuzasidan tortishib qoladi. Manashu jarayonda Sex boshlig‘i muomila madaniyatiga rioya qilib, masofa saqlab gaplashadi ammo yurist I.Bobaqulov esa chegaradan chiqib xaqoratlaydi.


Ushbu vaziyatga yurist sifatida xuquqiy baxo bering.

27.Andijon viloyati Xalq talimi boshqarmasining kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Mirzaev tomonidan ushbu muassasaga ishga kirish uchun nomzod sifatida qayd qilingan A.Qodirovdan ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 aqsh dollari miqdorida pul talab qilgan.


Ushbu xolatga adolatli xamda yuridik jixatdan yondashib xuquqiy baxo bering.

28. Sizga o‘qishning ilk kunlaridayoq ustozlaringiz o‘z imidjingizni hozirdan yaratishni boshlash kerakligi bildirildi. Ularning aytishicha yurist nafaqat bilimli bo‘lishi kerak, balki u o‘z sohasida shaxsiy imidji ham bo‘lishi kerak ekan.


Topshiriq: Siz qanday imidj yaratmoqchisiz. Undagi asosiy sifatlarni sanab bering.
29.YUrist faoliyatida tanqidiy fikr bildirish birichi o‘rinda turadi. Korxona tashkilotlarda faoliya olib borayotgan yuristlarimizning muomilasida korxona ishchilari bilan murosabatga kirishish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari uchrab turadi. Aksariyat holatlarda aniqlangan holatlar yuzasidan tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish holatlari mavjud.
Ushbu holatlar bo‘yicha yuridik xizmatining hatti-harakatlari yuzasidan tanqidiy fikrlaringizni bildiring

30. Siz “Femida” advokatlik firmasining advokat yordamchisi sifatida ishga kirdingiz. Bir haftalik ish jarayonida shuni anglab etdingizki, bu firma shahar markazida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan mijozlari juda kam, tushum yaxshi bo‘lmaganligi sababli moddiy texnik baza ham etarli emas.


Topshiriq, ushbu firmaning daromatlarini oshirish uchun yangi mijozlarni qanday jalb qilgan bo‘lgan edingiz. Ushbu holat bo‘yicha o‘z biznes rejangizni firma rahbariga tushuntirib bering.
31. Siz asosan iqtisodiy sudlarga taalluqli ishlar bilan shug‘ullanasiz. Siz faoliyatingiz daomida ko‘proq soliq, bojxona, banklar va statistika organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlashingiz kerak bo‘ladi.
Topshiriq: Soliq, bojxona, banklar va statistika organlari bilan qanday hamkorlikni yo‘lga qo‘yasiz.
32. Bankdan istemol krediti olgan fuqaro A.Karimov 50 mnl so‘m miqdorida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit rasmiylashtirilgan. Lekin fuqaro tomonidan kredit shartnomasi qo‘pol ravishda buzilgan. 6 oy davomida kreditni so‘ndirish bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim etmagan. Kreditni so‘ndirish uchun bank tomonidan sudga murojaat qilish to‘g‘risida ogohlantirilgandan so‘ng fuqaro A.Karimov yuridik maslahat olish maqsadida sizga murojaat qildi.
Topshiriq: Ushbu holatda maslahat so‘rab kelgan A.Karimovning o‘zini ham aybi bor ekanligini ham aytgan holda unga tegishli maslahat bering.
33. Tadbirkor I.YUnusov o‘ziga tegishli bo‘lgan 123 m2 do‘kon binosi tuman hokimligi tomonidan tegishli konpensatsiyalar to‘lanmasdan turib buzib yuborilayotgan vaqtda, kuchli hayajonga berilib buzishni buyurayotgan tuman hokimining o‘rinbosari A.Majidovni kaltaklab, u boshqarayotgan ekskavatorga benzin sochib yoqib yubordi. Atrofdagilarning yordami bilan A.Majidovning hayoti saqlab qolindi. Ushbu hola bo‘yicha I.YUnusovga jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi.
Topshiriq: sudda I.YUnusovning advokati sifatida himoya nutqini tayyorlang hamda muzokarada ishtirok eting.
34. Iqtisodiyot yo‘nalishi hamda yuridik yo‘nalish bo‘yicha texnikumda taqsil olayotgan 2 talaba baxslashib qolishdi. Ularning har biri o‘zining sohasi yurtimizda adolatli jamiyat barpo etishda eng muhim soha ekanligini takidlashmoqda.
Topshiriq. Ushbu baxsda yuridik texnikum talabasi sifatida o‘z fikringizni bildirib, ularni asoslab bering.

35. Ijtimoiy tarmoqda bir maqola payda bo‘ldi. Unda O‘zbekistonda adolat yo‘qligi, korrutsiya holatlari oddiy hol ekanligi, O‘zbekiston rivojlanishda qo‘shni davlatlarda ortda qolib ketayotganligi yozilgan. Bularning asosiy sababi sifatida yuristlarni yaxshi ishlamayotganligi aytilgan.


Topshiriq. yurtimizda adolatli jamiyat barpo etishdagi huquqshunos kadrlarning ro‘li qanchalik katta ekanligini asoslab, ushbu maqolaga munosabat bildiring.
Download 57.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling