Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya fanidan kazuslar kazus


Siz taklif etadigan chora va xarakatlar. Ularni izohlang va asoslang


Download 57.32 Kb.
bet5/7
Sana17.02.2023
Hajmi57.32 Kb.
#1207010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kazuslar metodologiya yakuniy

Siz taklif etadigan chora va xarakatlar. Ularni izohlang va asoslang. 
kazus
12. Aytaylik, ertaga soat 17.00gacha siz o‘qiyotgan modul bo‘yicha prezentatsiya ishi topshirishingiz kerak. SHu vaqtgacha tayyorlagan ishingiz mo‘ljallangan darajaning yarmiga ham etmagan. Bugun sizga do‘stlaringiz kechki payt kinoga borishni ham taklif qilishyapti. Buning ustiga uyda singlingizning tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Ertaga kunning birinchi yarmida dars mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yubormasligingiz shart. Savol-topshiriq: SHunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz? Mazkur holatda qanday tartibda ish ko‘rishingizni birma-bir bayon eting va fikrlarningizni asoslang. 
kazus
13. Boshqaruv sohasida mashhur mutaxassis Stiven Kovining mashg‘ulotlaridan birida qo‘llagan tajribani eslang: shu kuni u stol tagidan 5 litrli shaffof idishni oladi va mushtdek keladigan bir necha toshlarni oldiga qo‘yib: «Nima deb o‘ylaysiz, shu toshlardan nechtasi bu idishga sig‘arkan?», deb so‘raydi. Turli fikrlar aytilgach, idishga bir nechta toshni solib to‘ldiradi. Keyin: «Endi idish to‘ldimi?», deb so‘raydi. Hamma unga tikilib: «Albatta», deyishadi. SHundan keyin idishga shag‘al soladi. Stiven yana: «Endi idish to‘ldimi?», deb so‘raydi. Bu safar ham ular «Endi, shubhasiz, to‘ldi», deb javob berishadi. «YAxshi», deydi u va idishga qum to‘kadi, tabiiyki, qum ham tezda tosh va shag‘al oralariga singib ketadi. Stiven yana so‘raydi: «Endi idish to‘ldimi?» «Bu safar aniq to‘ldi, endi unga hech narsa solib bo‘lmaydi», deyishadi auditoriyada o‘tirganlar. Instruktor idishga bir litr suvni ham quyadi. 
«Xo‘sh, bularning hammasi nimani bildiradi?», deb so‘raydi u nihoyat. Turli fikrlar aytiladi. «To‘g‘ri, hayotda doimo bo‘shliq mavjud, uni to‘ldirish uchun ishlash lozim bo‘ladi, — deydi Kovi. — Bu tajribaning boshqa muhim jihati ham borki, agar men birinchi bo‘lib katta toshlarni solmasam, idishda ularga joy qolmasdi». Hikoyada aytilgan mushtdek katta toshlar bizning katta hayotiy maqsadlarimiz. Biz avval ularni idishga joylamasak ko‘zlagan maqsadimizga eta olmay qolamiz. Savol-topshiriq: YUqorida bayon etilgan ibratli tajribani o‘qishingiz yoki bo‘lg‘usi ish faoliyatingizda uchraydigan hayotiy holatlarga qo‘llay olasizmi? Fikringizni konkret vaziyatlar asosida bayon eting.
kazus
14. Bizdan kimdir ko‘mak so‘rasa, bu so‘rovni bajarish uchun ma’lum bir vaqtni ajratishga to‘g‘ri kelsa, bu masalani chuqur o‘ylab, keyin rozilik bergan ma’qul. Boshqacha aytganda, biz o‘z vaqt rejimimiz va imkoniyatimiz doirasidan tashqaridagi “iltimos”larga “Yo‘q” degan javobni bera olishimiz kerak. Zero, “yo‘q” degan so‘z ko‘p vaqtni tejaydi. SHaxsiy vaqtni boshqarishda eng asosiy so‘z – baodob aytilgan “yo‘q” so‘zidir. Bajarishimiz shart bo‘lmagan talablarga nisbatan “yo‘q” deyishni o‘rganishimiz kerak. Bunda xushmuomala bo‘lishimiz va shunday rad etishimiz kerakki, buyurgan kishi bizning uni emas, topshiriqni rad qilayotganimizni tushunsin. Savol-topshiriq: Sizningcha, “yo‘q” degan so‘zni ishlatish ko‘proq qay o‘rinlarda o‘zini oqlaydi-yu, qay o‘rinlarda ishga va sizga zarar etkazishi mumkin? Javobingizni huquqshunoslar faoliyatida uchraydigan konkret hayotiy vaziyatlar misolida asoslang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev o‘z nutq va ma’ruzalari davomida ko‘pincha yozma matndagiga qo‘shimcha fikr va qarashlarini ham bayon etadi. Eng muhimi – ayni shu pallalarda tinglovchilarning ma’ruza va ma’ruzachiga bo‘lgan qiziqishi, diqqati sezilarli darajada ortadi, ayni holat samimiy olqishlarga ham sababchi bo‘ladi. Topshiriq: Bu hol notiqning qaysi xususiyatlaridan darak berishi hamda mazkur usul ma’ruza yoki nutq ta’sirchanligini oshirishda qanday rol o‘ynashini, buning sabablarini izohlang. 

16. Tasavvur qiling: siz mamlakatimiz poytaxtida amalga oshirish mo‘ljallangan, biroq huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘z vaqtida oldi olib qolingan terrorchilik harakati uyushtiruvchilarining sud majlisida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etmoqdasiz. Ko‘rib turganingizdek, mazkur mudhish jinoyat sodir etib ulgurilmagan, biroq sudlanuvchilarning niyati uni aniq amalga oshirish bo‘lgan.



Download 57.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling