Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Badiiy asar matnlarida pedagogik terminlarning assotsiatlashuvi va emotsionallikni ifodalashi”
- “Badiiy matnlarda pedagogik terminlarning lingvomadaniy xususiyatlari”
Muallim haqida soʻzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʻzgudur. Oʻqidim Gerodot, tarixni koʻp bor, Farobiy, Danteni takror va takror. Barini oʻqidim, lol qoldi aqlim, Bariga ustozsan oʻzing, muallim. Keltirilgan sheʼriy matndagi poetik takrorda muallim termin-soʻzini bir necha oʻrinda qoʻllash bilan maʼlum fikr yoki his-tuygʻuni ifodalashga, taʼsir kuchini oshirishga erisha olgan. Takrorlar fikrni boʻrttirishga, kuchaytirishga, baʼzan detallashtirishga xizmat qiladi.26 Sheʼrda badiiy adabiyotda gradatsiyani yuzaga chiqaruvchi tasviriy ifoda vosita – epitet ham qoʻllangan. Muallim termin-soʻzi sheʼrda emotsional-ekpressivlik tasvirini kuchaytiruvchi stimul soʻz boʻlib xizmat qiladi. Buyuk Temur sendan topgandur taʼlim Sen shundoq aziz zot, aziz muallim. Koʻrinadiki, muallif muallim termin-soʻzi zamirida insoniyatga ilm sarchashmasini, olamni idrok etishni, maʼnaviyatni oʻrgatgan ulugʻ inson, yuksak martaba egasi ekanligini yorqin ifodalab beradi. Yaʼni, muallim haqidagi fikrlar rivoji bandma-band toʻlishib, u ifodalayotgan maʼno kengayib, koʻtarilib boradi. Ishning uchunchi bobi uchinchi paragrafi “Badiiy asar matnlarida pedagogik terminlarning assotsiatlashuvi va emotsionallikni ifodalashi” tahliliga bag‘ishlangan. Ishimizda pedagogik terminlarning personajlar nutqidagi tasviriy ifodalarning xarakterli tomonlarini: komik, obrazlilik, baho vazifasi, emotsionallik, ekpressivlik, shuningdek, badiiy asarlardagi konnotativ maʼnolarini ochib berishni maqsad qildik. Shu bilan birga badiiy asarlarda qoʻllanadigan turli badiiy usullar, yaʼni ironiya, metafora, metonimiya, polifuksionallik, istorizmga ega boʻlgan xarakterli tomonlarini koʻrsatishga harakat qildik. Bu jarayonda Sadriddin Ayniy, P.Qodirov, X.Toʻxtaboyev, E.Aʼzam kabilarning asarlarini tahlilga tortdik. Jumladan, Erkin Aʼzamovning “Otoyining tugʻilgan yili” qissasida asar qahramoni Asqar Shodibek oʻgʻli tilidan muallif soʻzlaydi. Asarda Erkin Aʼzamov Asqarning oliy dargohdagi oʻqish jarayoni va talabalik davridagi quvligi, betgachoparligi, xurmacha qiliqlarini yoritib berishda pedagogik terminlardan mohirona foydalanadi. Pedagogik terminlar Asqarning adabiyot tarixi faning oʻzlashtirshi asosidagi voqealar bilan komik tarzda, badiiy taʼsirchanliklikni oshirishda faol qoʻllanadi. Asarda keltirilgan: “Buni bizga psixologiya domlamiz Maxsumxonov aytgan. Uning oʻzi ham chakana emas – fan kandidati ana shunday hikmatli soʻzlarga toʻla yostiqdek darslik yozgan. Yorligʻiga “Elenum” deb yozilgan bu matahni meditsina institutida oʻqiydigan sobiq sinfdoshimga koʻrsatgan edi. Tayyorman! Ahmadxonov-ku Ahmadxonov, endi mendan bu darslik, bu kitoblarning mualliflari imtihon olsinlar.“ Kechirasiz, domla”, – dedim sovuqqon ohangda, – “darslikda bor gaplarni koʻchirib oʻtirishga odatlanmaganman“. “Bosh koʻtarmay leksiya yozish mashaqqatida birpasgina qutulgan boyoqish kursdoshlarim mojaroning uzoqroq choʻzilishiga umid bogʻlagandek bizga moʻltirab turishar edi. Universitet binosidan chiqarkanman, onamning doimiy oʻgitini esladim! – Akam doktorlik dissertatsiyasini yozyapti, oʻzim yaqinda kandidat boʻlaman, kelajagim zoʻr – menga tegmaysizmi” singari matnlarda oliy taʼlimga doir pedagogik terminlarning pragmatik maʼnolari ochib beriladi. Masalan, birinchi jumladagi psixologiya domlamiz birikmasi aytilayotgan fikrni Maxsumxonovga nisbatan taʼkid maʼnosi kuchaytiradi. Ikkinchi jumladagi chakki emas – fan kandidati birikmasi orqali insondagi boshqalardan farqlanadigan xususiyatlariga alohida taʼkid, kuchaytirish maʼnolari ifodasini beradi. Ikkinchi jumladagi yostiqdek darslik birikmasi asar qahramon tilidan mubolagʻani yuzaga keltirmoqda. Yaʼni ijodiy kereativlikni voqelantirmoqda. Bunday pedagogik terminologiya matnda turli badiiy tasvirni ifodasini yaratishda foydalanadi.Asqarning oʻzbekona oʻziga xos boʻlgan “andishasizligi” terminlarga badiiylik tasvirini beradi. Uchinchi bobning to‘rtinchi paragrafida “Badiiy matnlarda pedagogik terminlarning lingvomadaniy xususiyatlari” tahlilga tortilgan. Taniqli tilshunos N.Mahmudov kuzatishlariga asoslanib shunday yozadi: “Nutq madaniyatini pedagogikadan ham ayro tasvvur etib boʻlmaydi. Zotan, nutq madaniyatiga sohiblik malakalari taʼlim va tarbiya jarayonlarida shakllanatiriladi. Dunyo tilshunosligida tildan toʻgʻri va mahorat bilan foydalanish qoidalarini oʻrganish, yaʼni madaniy nutq tuzish yoʻllarini koʻrsatish bilan shugʻullanadigan soha til dikdaktikasi yoki lingvodiktaktika nomi bilan ham yuritiladiki, bunda nutq madaniyati va pedagogikaning bir qismi boʻlgan didaktika oʻrtasidagi zich aloqa namoyon boʻladi.”27 Zamonaviy tilshunoslik va pedagogikaning oʻzaro bogʻliqligini lingvokulturologiyasiz tasavvur etib boʻlmaydi. Aytish mumkinki, har qanday pedagogik termin zamirida milliy mentalitet, tafakkur, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat mujassam topadi. Albatta pedagogik soʻz-terminlarni matnsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Har qanday soʻz-termin matn tarkibida turli maʼno xususiyatini voqelantira oladi. Maʼlum boʻladiki, matn tarkibidagi pedagogik termin lingvopedagogik kulturologik tahlillarda oʻsha til sohibining maʼnaviy tafakkurini namoyon etadi. Ishda Z.M.Bobur, A.Qodiriy kabi bir qator adiblarning badiiy va ma’rifiy asarlardagi milliy pedagogikaga oid terminlarning qo‘llanishidagi lingvopedagogik kulturologik xususiyatlar tahlilga tortilgan. Nutq soʻzlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning muayyan koʻrinishi ifodasi boʻlib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq insonning odob-axloqi, maʼnaviyatini aks ettiruvchi oyna hisoblanadi. A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida milliy xarakterni pedagogik terminlarning lingvokulturologik, lingvopedagogik taʼsirchanligi, emotsional boʻyoqdorligini Sultonali tilidan quyidagicha ochib beradi: Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling