I – laboratoriya ishi I. Laboratoriya ishlari texnikasi I. I. Ish tartibi
Download 232.83 Kb. Pdf ko'rish
|
laborotoriya 1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. REAKTIVLARDAN FOYDALANISH QOIDALARI
I – laboratoriya ishi I. LABORATORIYA ISHLARI TEXNIKASI I. I. ISH TARTIBI Kimyo laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qiling: 1. Darslikdan va lektsiyadan tegishli bo’limlarni, o’qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing. 2. Tajriba uchun kerak narsalar (idishlar, asboblar, reaktivlar) borligi aniqlanguncha tajriba boshlamang. 3. Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibi va ketma – ketligiga rioya qiling. 4. Hamma ehtiyot choralariga rioya qiling (kerak bo’lgan taqdirda, ishni mo’rili shkafda bajaring, yonuvchi va havfli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot bo’ling). 5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning tafsilotlarini bilib oling. 6. Ish tamom bo’lgandan keyin, ish o’rnin tartibga soling. 7. Kuzatilgan barcha hodisalarni va bo’lgan reaktsiyalarning tenglamalarini tajriba tamom bo’lishi bilanoq ish daftarlariga yozib qo’ying. 8. Ish daftarlariga ish o’tkazilgan kunni, temaning nomini, ishning mazmunini yozing (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalari, reaktsiya tenglamalari, hisoblar va xulosalar va xulosalarni yozing. 1.2. REAKTIVLARDAN FOYDALANISH QOIDALARI Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitadigan shisha tiqin, rezina yoki yog’och probka bilan berkitiladigan shisha idishlarda (sklyankalarda, bankalarda) saqlanish kerak. Reaktiv solingan har qaysi sklyanka yoki bankaga reaktivning nomi, sifat («texnik», «toza», «analiz uchun toza», «ximiyaviy toza») va kontsentratsiya (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo’yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanish quyidagi qoidalarga rioyaqilish kerak: 1. Bajariladigan ish uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo’lsa, ularni mumkin qadar kamroq oling (bunday qilingan material ham, vaqt ham tejaladi). 2. Ortib qolgan reaktivlarni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang. 3. Reaktivlardan kerakgi olingandan so’ng, o’sha zahotiyoq, banka yoki sklyankaning probirkasini tiqib, joyiga qo’ying. 4. Quruq reaktivlarni muguz, chinni yoki metall qoshiqchalar yoxud shpatlar bilan oling. Ular hamma vaqt toza va quruq bo’lishi kerak; ishlatib bo’lgandan so’ng ularni filtr qog’oz bilan yaxshilab arting. 5. Reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmay turib, unda boshqa sklyankadan reaktiv olmang. Download 232.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling