I – laboratoriya ishi I. Laboratoriya ishlari texnikasi I. I. Ish tartibi
LABORATORIYADA ISHLASH VAQTIDA RIOYA QILINISHI
Download 232.83 Kb. Pdf ko'rish
|
laborotoriya 1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. XIMIYAVIY IDISH VA U BILAN ISHLASH.
1.3. LABORATORIYADA ISHLASH VAQTIDA RIOYA QILINISHI KERAK BO’LGAN EHTIYOT CHORALARI 1. Zaharli va badbo’y moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo’rili shkafda bajaring. 2. Ajralib chiqadigan gazni yaqin turib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo’lsa, ehtiyot bo’lib, havoni qo’lingiz bilan idish og’zidan o’zingiz tomon yelpitib hidlang. 3. Kuchli kislotalarni, ayniqsa, sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga quymang, kislotani suvga jildiratib quying. 4. Reaktivlarni quyishda ularni yuzingizga yoki kiyimingizga sachratmasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang. 5. Suyuqlik qizdirilayotgan idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik ba‘zan sachrab chiqishi ham mumkin. 6. Probirkaga biror narsa solib qizdirayotganingizda uning og’zini o’zingizga yoki yoningizda turgan idishga qaratib tutmang. 7. Yuzingizga yoki qo’lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang va sochiq bilan arting. Kuchli kislota sachrasa, avval ko’p miqdor suv bilan, so’ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan to silliqlik yo’qolguncha yuvish kerak. 8. Oson o’t oluvchi uchuuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o’tdan uzoqroqda va, imkoni bo’lsa, mo’rili shkafda o’tkazing. 9. Benzin, spirt, efir o’t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o’chiring. 10. Zaharlanib qolsangiz va qattiq kuysangiz darhol vrachga ko’rsating. 1.4. XIMIYAVIY IDISH VA U BILAN ISHLASH. Ximiyaviy tajribalar vaqtida moddalar bilan qilinadigan ishlarning ko’pchiligi yupqa shisha idishlarda bajariladi. Bunday shisha temperaturaning birdan o’zgarishiga odatdagi shishaga qaranganda yaxshi chidaydigan bo’ladi. eng ko’p ishlatiladigan shisha idishlar probirka, stakanb yumaloq tupli kolba, yassi kolba, konus shaklidagi kolba, Vyurts kolbasi va retortalardir (2 - rasm). Kristalizatorlar, har xil voronkalar, soat oynalari, allonjlar ham shisha idishlarga kiradi. SHisha idishlar bilan bir qatorda, chinni kosachalar va tigelllar ham ishlatiladi. (3 - rasm). Ish vaqtida idishlarni mahkamlab qo’yish uchun halqali va qisqichli temir shtativlar ishlatiladi. shisha idishlar (stakanlar, kolbalar) qizdirilayotganda sinmasligi uchun ular asbeslangan metall to’rlar ustiga qo’yiladi. Moddalarni qattiq qizdirish kerak bo’lsa, chinni tegillardan foydalaniladi; bunda ular chinni nay kiygizilgan sim uchburchaklar ustiga qo’yiladi. Qattiq moddalar chinni hovonchalarda tuyiladi. Suyuqliklar, odatda, chinni kosachalarda bug’latiladi. Suyuqliklarning hajmini o’lchash uchun o’lchov idishlar: o’lchov kolbalari va tsilindrlar, minzurkalar ishlatiladi. Suyuqliklarni juda aniq hajmda qilib o’lchab olish uchun pipetkalar ishlatiladi. Ular kichikroq diametrli, o’rtasi keng naylardir. Qattiq qizdirilgan ximiyaviy idishni, ayniqsa shisha idishni darrov sovuq stolga yoki temir shtativ tagligaga qo’yish va sovuq suvga tegizish yaramaydi. Ichida qaynab turga suvi yoki eritmasi bo’lgan kolbani sovuq suvga botirish yoki vodoprovod jumragi ostida sovitish mumkin. Bunda kolbaning suyuqlik tegmay turgan qismiga suv sachramasligi lozim. Suyuqliklarni probirkaga solib qizdirishda probirkaning suyuqlik sathidan yuqori qismini yoki faqat tubini qizdirish mumlaqo yaramaydi. Probirkaning suyuqlik sathidan yuqori qismi qizdirilsa, probirka yorilishi, tubi qizdirilganda esa suyuqlik otilib chiqishi mumkin. Probirkaning suyuqlik turgan qismi alangada bir tekis qizdirilishi kerak. Download 232.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling