I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5. Savdo hammaga foydali va bozorlar odatda iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda yaxshi bir yo`ldir
- Tayanch so`z va iboralar
- III-BOB. TALAB, TAKLIF VA BOZOR MUVOZANATI 5 .
- 3.1.Bozorlar va raqobat
- Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi
2.4. Odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar Rag`batlantirish bu insonni kelajakda jazo yoki mukofot olishga undovchi xatti-harakatidir. Chunki, oqil odamlar foyda va xarajatlarni solishtirib qaror qabul qilishadi va ular rag’batlantirishlarga ta’sirchandirlar. Mikroiqtisodiyotni o`rganishda bu rag’batlar markaziy rol o`ynaydi. Bir iqtisodchi o`z taxminlarida juda uzoqqa ketdi va bularni umumlashtirib oddiygina: “odamlar rag`batlarga ta’sirchandirlar. Izohga hojat yo`qdir” degan ekan.
Bozorlar ishlashini tahlil qilishda rag`batlantirishlar qay darajada muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, olma narxini oshishi natijasida odamlar kamroq olma yeyishga qaror qabul qilishadi. Shu bilan birga, olmazor egalari ko`proq ishchilar yollashga va yana olma yetishtirishga qaror qabul qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, bozorda yuqori narx xaridorlar iste’moli hajmini kamaytiradi va sotuvchilarni rag`batlantirib yanada ko`proq miqdorda ishlab chiqishga undaydi. Narxlarni iste’molchilar va ishlab chuiqaruvchilar xatti-harakatiga ta’siri bozor iqtisodiyoti noyob resurslarini ajratishida muhim ahamyat kasb etadi.
Avtomobillarda xavfsizlik kamarlari qonuni qay darajada natija berdi? Natijalar to`g`ridan to`g`ri aniqdir: qachonki shaxs kamarni taqsa, baxtsizlik paytida omon qolish darajasi ko`payadi. Lekin bu imtiyozlarni oxiri emas, chunki qonun ham o`zgarishni rag`batlantiruvchi xatti - harakatdir. Haydovchilarning xatti - harakatiga mos tezligi ularning mashinaga munosabatini ko`rsatadi. Sekin va ehtiyotkorlik bilan haydash qimmatga tushadi, chunki u haydovchining vaqti va energiyani ko`p ketishiga sabab bo`ladi. Ehtiyotkorlik bilan mashina haydashga qaror qilishni oqil odamlar chekli xarajatlarni mashina haydashni xavfsizligidan foydani solishtirish chegarasi bebaholigini ko`radi. Natijada ular sekinroq haydashadi va e’tiborliroq bo`lib xavfsizlikning kuchayishi foydasi oshadi. Masalan, qachonki yo`llar muz bilan qoplangan bo`lsa, yo`llar ochiq va tiniqligiga qaraganda odamlar mashinalarni diqqatliroq va sekinroq haydashadi. Keling xavfsizlik kamari bo`yicha qonun natijasida haydovchi xarajatlari- foydasi qanchalik o`zgarishini ko`rib chiqaylik. Xavfsizlik kamarlari baxtsiz hodisaga qaraganda ancha foydalidir, chunki ular jarohat yoki o`lim xavfini 24
kamaytiradi. Boshqacha so`zlar bilan aytganda xavfsizlik kamarlari sekin yurish va ehtiyotkorroq bo`lib haydashning foydasini kamaytiradi. Odamlar kamar taqib yurishga mas’uldir, ular kam diqqatlik va tezroq haydash natijasida yo`l sharoitlarini yaxshilaydilar. Shunday qilib, xavfsizlik kamarlari qonunan baxtsiz hodisalar sonini kamaytiradi, xavfsiz mashina haydashni kamaytirish natijasida ko`proq piyodalarda (farqli o`laroq balki haydovchilarda ham) hech qanday qo`shimcha himoya afzalligi bo`lmaydi. va bozorlar odatda iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda yaxshi bir yo`ldir
Savdoni oilangizga qay darajada ta’sir etishini ko`rib chiqaylik. Oila a’zolaringizdan biri ish qidirganda, u boshqa ish qidirayotgan oila a’zolari bilan musobaqalashadi. Oilalar ham ular xaridga borganlarida bir birlari bilan musobaqalashadilar, chunki har bir oila eng yaxshi tovarni va eng past narxda sotib olishni xohlashadi. Iqtisodiyotda har bir oila boshqalari bilan kim o`zdiga o`ynaydi. Bu raqobatlarga qaramasdan, sizning oilangiz boshqa oilalardan ajralishi yaxshi bo`lmaydi. Agar shunday bo`lsa, sizning oilangiz o`zining shaxsiy mahsulotini o`sishiga zaruriyat sezadi, o`zining shaxsiy kiyim - kechagini ishlab chiqaradi va o`zining uyini quradi. Aniqlanishicha, sizning oilangiz boshqalar bilan savdo qilishda o`zining qobilyatini oshiradi. Savdo har bir odamni o`z faoliyatini u yaxshiroq bajarishi uchun qishloq xo`jaligi, tikuvchilik yoki uy binolari qurish kabilarga ixtisoslashuviga imkon beradi. Boshqalar bilan savdo qilish odamlarni tovarlar va xizmatlarni past narxlarda turli - tumanini sotib olishlariga imkon beradi.
Birinchi qarashda bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyati ajoyib bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida hech kim bir butun jamiyat iqtisodiy faravonligini tashkil eta olmaydi. Bepul bozorlar ko`pgina sotuvchilar va xaridorlarning tovar hamda xizmatlarini o`z ichiga oladi va ularning hammasida birinchi navbatda o`z faravonligi manfaatlari turadi. Garchi shunday bo`lsada, markazlashtirilmagan 25
qaror xudbinlarcha hal etilgan, bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faolyatni samarali tashkil etadi va umumiy iqtisodiy faravonlikka olib keladi. Shu o`rinda iqtisodchi Adam Smith tomonidan 1776-yilda yaratilgan millatlar boyligi deb atalgan bir kitob butun iqtisodiyotning eng mashhur kuzatishlarini qildi: uy xo`jlaiklari va firmalar bozor faoliyatiga o`zaro ta’sir qilib, “ko`rinmas qo`l” bozor ishlab chiqarishini istalgan paytda hujumda bo`lishini ta’kidlaydi. Bu kitobning maqsadlaridan biri ko`rinmas qo`l sehrini qay darajada ishlashini tushuntirishdir. Iqtisodiyotni o`rganganingizdek narxlarni vosita ekanligini o`rganib, ko`rinmas qo`l g`oyasini iqtisodiy faoliyatga yo`naltirilganligini topasiz. Har qanday bozorda narx belgilashda talab qilish qanchaligiga qarab sotuvchilar xaridorlarga narx darajasini belgilaydilar. Bu qarorning natijasida sotuvchilar va xaridorlar har ikkalasi jamiyat uchun yaxshi bo`lgan qiymat bozor narxini belgilaydilar. Smitning buyuk tushunchalaridan biri narx darajalarini moslashtirish va inviduval sotuvchilar va xaridorlarni butun jamiyat faravonligini maksimallashtirishga erishtirish edi. Smitni tushunishni muhim oqibati bor: hukumat talab va taklif tabiiy narxlariga qachonki to`sqinlik qilsa, uy xo`jaliklari va firmalar ehtiyotkorlik bilan iqtisodiyotni muvoffiqlashtirishga yechimlar topadilar. Bu oqibatlar resurslar orqali soliqlar salbiy taqsimlanishiga sabab bo`lib, ular narxlar va uy xo`jlaiklari hamda firmalarning qarorlariga salbiy ta’sir qiladi.
2.6. Davlat ba`zan bozor faoliyati oqibatlarini yaxshilashi mumkin
Agar bozorning ko`rinmas qo`li shunchalik yaxshi bo`lsa, nega biz hukumatga muhtojmiz? Iqtisodiyotni o`rganishni bir maqsadi davlat siyosatining ko`lami haqida bir fikr bayon qilishdir.
Nega biz hukumatga muhtoj bo`lganimizning sabablaridan biri, agar faqatgina hukumat ko`rinmas qo`lning sehri ishlashini qo`llab - quvvatlasagina bozor iqtisodiyotining muhim vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Eng muhimi, bozor iqtisodiyoti shaxslarni mulk huquqi va noyob resurslarni nazorat qilish uchun institutlarga muhtojdir. Shu sababli, mulk huquqlarini amalga oshirish uchun individual shaxlarning o`zi nazoratda bo`ladi.
26
Fermer, agar uning hosili o`g`irlangan bo`lsa, oziq - ovqat yetistirgan bo`lmaydi; agar mijozlar restoranni tark etishidan oldin haqini to`lamasa, restoran xizmat ko`rsatmaydi, va agar ko`p imkoniyatli iste’molchilar sotib olishdan qochib, noqonuniy nusxalarini yaratishsa, musiqa kompaniyalari DVD disklarini ishlab chiqarmaydi. Bizning hammamiz tayinlagan hukumat politsiya va sudga tayanib, bizning ishlab chiqarish huquqlarimizni, va ko`rinmas qo`l bizning faoliyatimizni hayotga tadbiq etish huquqlarimizni ta`minlaydi. Shu bilan birga hukumatga muhtoj bo`lishimizning yana bir sababi bor: Ko`rinmas qo`l kuchli, ammo u qudratli emas. Hukumat aralashishi uchun ikki asosiy sabab bor: odamlarni tengligini ta`minlash va iqtisodiyotda resurs ajratishni o`zgarishlari. Bu samaradorlik yoki tenglikni oshirish maqsadida qilinadi. O`shanda ko`pchilik siyosatlar iqtisodiy qismni bir nechta bo`laklarga yanada maydalashi nazarda tutilgan. Keling birinchi samaradorlik muaommosini ko`rib chiqaylik. Garchi ko`rinmas qo`l odatda bozorlarda iqtisodiy bo`lakni maksimallshtirish resurslariga ajratsada, har doim ham bu sabab bo`lavermaydi. Iqtisodchilar bozor inqirozi atamasidan foydalanib bozorda uning shaxsiy resurslarini ajratish samaradorligida muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Ko`rib turganimizdek, bozor inqiroziga tashqi ta’sir bu bir shaxsning yaxshi yashashga harakati ta’siri, ehtimol sabablardan biri bo`ladi. Ifloslanish klassik misol sifatida ta’kidlanadi. Boshqa sabab, bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrashi natijasida ehtimol bozor kuchsizlanadi, bir shaxsning (yoki kichik guruhning) bozor narxiga ta’siriga kuchli, misol uchun, agar shaharchada har bir odam suvga muhtoj bo`lsa, ammo faqat bittagina buloq bo`lsa, o`sha buloq egasi faqat bir bor raqobat bilan o`z o`zini qiziqtirgan ko`rinmas qo`lni saqlab keladi. Puxta o`ylangan davlat siyosati iqtisodiy samaradorligiga bozorning zaifligi sabab bo`ladi. Endi tenglik maqsadini muhokama qilaylik. Qachonki, ko`rinmas qo`l samara natijalari bilan birga kelsa, bunda iqtisodiy faravonlikda sezilarli farqlar bo`lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish, odamlarni qobilyatiga ko`ra yoki boshqa odamlar uchun to`lashga tayyorlari ham bor. Dunyoning eng yaxshi basketbol o`yinchisi dunyoning eng yaxshi shaxmat o`yinchisiga qaraganda 27
ko`proq pul topadi, chunki odamlar shaxmatga qaraganda basketbolga ko`proq pul to`lab ko`rishdan rohatlanishadi. Ko`rinmas qo`l har bir odamni yetarlicha oziq ovqat, kiyim kechak va yetarli tabiiy xizmat bilan ta`minlay olmaydi. Bu tengsizlik siyosiy falsafaga bog`liq holda hukumat aralashuvini ta’kidlaydi. Amalyotda ko`plab hukumat siyosati davlat solig`i va ijtimoiy xavfsizligiga o`xshab iqtisodiyotni yaxshilanishi uchun yanada adolatli taqsimlashga erishishni maqsad qiladi. Ba’zida davlat bozor natijalaridan ko`ra ijobiy o`zgarishlarga ega bo`lishi, uni har doim shunday bo`lishini anglatmaydi. Ijtimoiy siyosat o`z-o`zidan emas, balki mukammallikdan uzoq bo`lgan siyosiy jarayon orqali hosil bo`ladi. Ba’zida siyosat siyosiy qudratga ega bo`ish maqsadida oddiy tarzda loyihalanadi. Ba’zida ular yaxshi xabardor bo`lmagan yetakchilar tomonidan hosil qilinadi. Iqtisodiyotni o`qir ekansiz, siz davlat qudratli siyosatga ega bo`lganini baholay olasiz, chunki u samaradorlik va tenglik bo`lmagan vaqtda ham uni bor deya ta’rif eta oladi. Iqtisodiyotning qolgan uchta tamoyillari ko`proq makroiqtisodiyotga xos bo`lib, ularda mamlakatning turmush darajasi uning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish qobilyatiga bog`liqligi,
qachonki hukumat ko`p pul bosib chiqarsa, narxlar ko`tarilishi,
inflyatsiya va ishsizlik o`rtasida jamiyatning qisqa muddatli tanlovi mavjudligi masalalari talqin etilgan.
Qarorlar qabul qilishda bir maqsadni boshqa bir maqsad bilan qarama-qarshi qo`yish talab etiladi. Insonlar tomonidan ongli ravishda qarorlarni qabul qilishida tanlovning zaruriyati muqobil harakat yo`llarining xarajatlari va ne’matlarni solishtirishni talab etadi. Oqil odamlar o`z maqsadlariga erishish uchun iloji bo`lgan hamma imkoniyatlardan foydalanishadi. Rag`batlantirish bu insonni kelajakda jazo yoki mukofot olishga undovchi xatti-harakatidir. Chunki, oqil odamlar foyda va xarajatlarni solishtirib qaror qabul 28
qilishadi va ular rag’batlantirishlarga ta’sirchandirlar. Mikroiqtisodiyotni o`rganishda bu rag’batlar markaziy rol o`ynaydi. Boshqalar bilan savdo qilish odamlarni tovarlar va xizmatlarni past narxlarda turli - tumanini sotib olishlariga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faolyatni samarali tashkil etadi va umumiy iqtisodiy faravonlikka olib keladi. Bozor iqtisodiyoti shaxslarni mulk huquqi va noyob resurslarni nazorat qilish uchun institutlarga muhtojdir. Shu sababli, mulk huquqlarini amalga oshirish uchun individual shaxlarning o`zi nazoratda bo`ladi.
savdo, bozor inqirozi, tashqi ta`sir. Nazorat savollari 1.Iqtisodiyotning qanday tamoyillarini bilasiz? 2.Iqtisodiyotning qaysi
tamoyillari mikroiqtisodiyotga, qaysilari makroiqtisodiyotga tegishli? 3.Odamlar tanlovni qanday amalga oshiradilar? 4. Firmalar tanlovni amalga oshirishda nimalarga e`tibor qaratadilar? 5.Rag`batlar deganda nimani tushunasiz? 6. Nima uchun bozor eng yaxshi yo`l sifatida qaraladi? 7. Davlat bozor muammolarini qanday hal etishi mumkin? 8. Makroiqtisodiyotga xos bo`lgan tamoyillarga qanday tamoyillarni kirinish mumkin? Javobingizni izohlang.
29
III-BOB. TALAB, TAKLIF VA BOZOR MUVOZANATI 5 .
Floridada keskin sovuq tushganda butun mamlakat bo`yicha apelsin sharbatining narxi oshadi. Har yoz Yangi Angliyada iliq havo bo`lganda, Karib orollaridagi mehmonxonalarda ijara narxi keskin tushadi. Yaqin Sharqda urush boshlangan paytda, AQSh davlatida benzin narxi oshadi. Bu hodisalarni nima birlashtiradi? Ularning barchasi talab va taklif ishlashini namoyon etadi. Talab va taklif – bu dunyo iqtisodchilari tomonidan eng ko`p ishlatiladigan ikki so`z bo`lib va buning o`z sababi bor. Talab va taklif bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuchlardir. Ular ishlab chiqarilayotgan tovarning sonini va uning sotiladigan narxini aniqlashadi. Agar siz qanday qilib qaysidir hodisa yoki siyosiy choralar iqtisodiyotga ta’sir ko`rsatishini tushunmoqchi bo`lsangiz, birinchi navbatda siz ular qanday qilib talab va taklifda o`z aksini topishini tushunishingiz kerak. Bu bobda talab va taklif nazariyasi taqdim qilingan. Unda sotuvchi va xaridorning o`zini tutishi va ularning o`zaro ta’siri ko`rib chiqilgan. Shuningdek, bu yerda talab va taklifning bozor iqtisodiyotida narxlarni belgilash mexanizmi va bu narxlar iqtisodiyotning taqchil manbalariga qanday ta’sir ko`rsatishi aks ettirilgan. 3.1.Bozorlar va raqobat
Talab va taklif tushunchalari odamlarning o`zini tutishiga va ularning o`zaro ta’siriga taalluqlidir. Sotuvchi va xaridorlarni o`zini tutushini muhokama qilishdan avval biz bozor va raqobatchilik iboralarini chuqur o`rganib chiqishimiz shart. Bozor nima? Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir. Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.
5 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining IV bobi asosida tayyorlangan .
65-88 bet
II QISM Bozorlar qanday ishlaydi
30
Bozor ko`p shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, ko`plab qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan bo`ladi. Bunday bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi. Ammo ko`pincha bozorlar kerakli darajada tashkil etilgan bo`lmaydi. Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini ko`rib chiqaylik. Xaridorlar muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar harxil joyda bo`ladilar va har-xil tovarni taklif qiladilar. Bu yerda kim-oshdi savdosi bo`lmaydi. Har bir sotuvchi o`zi narxni belgilaydi va xaridor qanaqa va qayerda muzqaymoq olishni o`zi hal qiladi. Shunga qaramay, bu holda ham sotuvchi va xaridor o`zaro bog’langan. Muzqaymoq xaridorlari ko`p sotuvchilar ichidan o`zining ehtiyojini qoniqtiradiganini tanlaydilar, sotuvchilar esa o`z o`rnida yaxshi savdo uchun xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik mavjud bo`lmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi. Raqobat nima?
Muzqaymoq savdosi, iqtisodiyotdagi ko`pchilik bozorlarga o`xshab, yuqori raqobat qobiliyatiga ega. Har bir xaridor bir necha sotuvchilar ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilarning mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning o`zaro ta’siri bilan aniqlanadi. Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini o`zida ko`plab sotuvchi va xaridorlarni jamlagan bozorni tavsif etish uchun ishlatadilar. Har bir sotuvchining narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki boshqa sotuvchilar ham shunga o`xshash bo`lgan mahsulot bilan savdo qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli sabab yo`q, ammo u kishi narxni birdan ko`tarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa joyda xarid qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron bir xaridor narxga o`z ta’sirini ko`rsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.
31
Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb hisoblaymiz. Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega bo`lishi kerak: 1) savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil bo`lishi shart; 2) sotuvchi va xaridorlarni soni shunchalik ko`p bo`lishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir ko`rsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor o`rnatgan narxni qabul qilishga majbur bo`lgani uchun, ular narxga o`z ta’sirini ko`rsatmaydigan, iqtisodiyot sub’ektlari deb ko`riladi. Bozor narxiga xaridorlar xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadilar. Ba’zi bir bozorlarni mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bug’doy sotuvchilari va uning minglab xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga o`z ta’sirini ko`rsatmasligini hisobga olgan holda, bozorning har bir ishtirokchisi narxni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishga majbur. Ammo, barcha tovar va xizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni aniqlaydi. Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel telekompaniyasi monopolist bo`lishi mumkin. Sizning shahringizda istiqomat qiluvchilar shu xizmatni taqdim qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi mavjud bo`lgani uchun uni tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan. Dunyo bozorlari ko`p ko`rinishga ega bo`lganiga qaramay, barcha bozorlarni mutlaqo raqobatdosh bozor deb hisoblash qulay soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday shakllashtirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib o`tish lozimki, har bir bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa bo`ladi, shu yo`lda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni o`rganishdan kelib chiqqan xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qo`llashimiz mumkin.
3.2.Talab Biz bozorlarni o`rganishni xaridorlarning o`zini tutishini o`rganib chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.
32
Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi
Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin bo`lgan tovarlar sonidir. Biz ko`rishimiz mumkinki, talab miqdori ko`p omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi o`rin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20$ gacha ko`tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz ko`proq pufakchalarni xarid qilasiz. Iqtisodiyotda ko`p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o`zaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko`tarilsa unga bo`lgan talab miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo`lgan talab miqdori ko`payadi.
sotib olishi ko`rsatilgan. Agar muzqaymoq tekin bo`lsa, Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ bo`lsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni ko`tarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling