I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- IV-BOB. ELASTIKLIk VA UNI HISOBLANISHI 6
- Talabning narx elastikligi va uning omillari
- O`rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
- Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik.
- Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
- Yaqin o`rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
- Bozor tavsifi.
- Vaqt birligi.
- Talabning narx elastikligini hisoblash
- Talab egri chiziqlarining o`zgarishi
- (a) Mutloq noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng (b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng Narx Miqdor
- Narx
Qisqacha xulosalar
Iqtisodchilar talab va taklif modelidan raqobatdosh bozorni tahlil qilish uchun foydalanishadi. Raqobatdosh bozorda ko`plab sotuvchilar va xaridorlar bo`ladi, ularning har birida biroz bo`lsa ham bozor narxiga ta’sir etish imkoniyati bo`ladi.
Talab egri chizig’i narxga bog’liq bo`lgan talab miqdorini ifodalaydi. Talab qonuniga ko`ra tovarlar narxi tushsa, talab miqdori o`sadi. Shu sababli talab egri chizig’i pastga qarab egiladi.
Narxga qo`shimcha qilib aytishimiz mumkinki, iste’molchining qancha xarid qilish qarori uning daromadi, o`rin bosuvchi va to`ldiruvchi tovarlar narxi, ta’bi, kutilayotgan tovar va sotuvchilar soniga bog’liq. Agar bu omillardan birortasi o`zgarsa, talab egri chizig’i o`zgaradi.
Taklif egri chizig’i narxga bog’liq taklif etilayotgan tovarlar hajmini ifodalaydi. Taklif qonuniga ko`ra, tovarlar narxi oshsa, taklif hajmi ham oshadi. Shu sababli taklif egri chizig’i yuqoriga o`sadi.
Narxga qo`shimcha qilib aytishimiz mumkinki, ishlab chiqaruvchilarning sotish qobiliyati tannarx, texnologiya, ishonch va sotuvchilar soniga bog’liq. Agar bu omillardan birortasi o`zgarsa, taklif egri chizig’i o`zgaradi.
Talab va taklif egri chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini anglatadi. Muvozanatli narxda talab miqdori taklif hajmiga teng bo`ladi.
53
Sotuvchilar va sotib oluvchilarning harakati odatda muvozanatdan chetda bo`ladi. Bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori bo`lsa, tovarlar ko`p bo`ladi va bozor narxining tushishiga sabab bo`ladi. Bozor narxi muvozanatli narxdan past bo`lsa, taqchillik bo`ladi va bozor narxining oshishiga sabab bo`ladi.
Biror hodisa bozorga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish uchun talab va taklif rasmsidan bu hodisaning muvozanatli narx va miqdorga ta’sirini tekshiramiz. Buning uchun uch qadamdan foydalanamiz. Birinchi, hodisa talab egri chizig’ini yoki taklif egri chizig’ini (yoki ikkalasini) o`zgartirganligini tekshiramiz. Ikkinchi, egri chiziq qaysi yo`nalishda o`zgarganligini ko`ramiz. Uchunchi, biz yangi muvozanatni dastlabki muvozanat bilan taqqoslaymiz.
Bozor iqtisodiyotida narx iqtisodiy qarorlar qabul qilish va taqchil resurslarni taqsimlash uchun vosita hisoblanadi. Iqtisodiyotda har bir tovar uchun narx talab va taklifning teng holatda bo`lishini ta’minlaydi. Muvozanatli narx sotib oluvchilarning istemol darajasi va sotuvchilarning ishlab chiqarish hajmi orqali hosil bo`ladi. Tayanch tushunchalar: Bozor, raqobatdosh bozor, talab miqdori, talab qonuni, talab jadvali, talab egri chizig’i
normal Tovar, past Tovar, o`rin bosuvchi, to`ldiruvchi, taklif hajmi, taklif qonuni, taklif jadvali, taklif egri chizig’I, Muvozanat, muvozanatli narx, muvozanatli hajm, Ortiqchalik, Taqchillik, talab va taklif qonuni
1.
Raqobatli bozor nima? Mukammal raqobatli bozor turlarini qisqacha tasvirlang. 2.
Talab jadvali va talab egri chizig’i nima va ular qanday bog’liq? Nima sababdan talab egri chizig’i pastlashadi? 3.
ko`rsatadi? Narxning o`zgarishi talab egri chizig’iga qanday ta’sir ko`rsatadi? 4.
Popeyening daromadi kamaydi va natijada u ko`proq ismaloq sotib ola boshladi. Ismaloq past tovarmi yoki normal tovarmi? Popeyening ismaloquchun talab egri chizig’i qanday bo`ladi?
54
5.
Taklif jadvali va taklif egri chizig’i nima va ular qanday bog’liq? Nima sababdan talab egri chizig’i o`sadi? 6.
Ishlab chiqarish texnologiyasining o`zgarishi taklif egri chizig’ining o`zgarishiga sabab bo`ladimi? Narxning o`zgarishi taklif egri chizig’ining o`zgarishiga sabab bo`ladimi? 7.
Bozor muvozanatiga ta’rif bering. Bozor muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni tasvirlang. 8.
foydalaniladi. Pivo narxi oshsa, pitsa uchun taklif, talab, talab miqdori, taklif hajmi va narx qanday bo`ladi? 9.
55
IV-BOB. ELASTIKLIk VA UNI HISOBLANISHI 6 Faraz qiling Amerikada ba’zi hodisalar benzin narxini oshiradi. Bu dunyoni neft bilan ta’minlashga halaqit beradigan o`rta sharqdagi urush, neft talabini oshiradigan Xitoy iqtisodiyotidagi portlash yoki Kongress tomonidan joriy qilingan benzinga yangi soliqlar bo`lishi mumkin. Qo`shma Shtatlardagi iste’molchilar bunday yuqori narxga qanday munosabatda bo`ladi? Keng miqyosda bu savolga javob berish oson. Iste’molchilar kamroq sotib olishadi. Bu oddiygina talab qonunidir. Lekin siz aniqroq javob xohlashingiz mumkin. Benzin iste’moli qanchagacha tushushi mumkin? Bu savolga elastiklik tushunchasidan foydalangan holda javob berish mumkin. Elastiklik bozordagi o`zgarishlarga qancha sotuvchi va xaridorlar javob qaytarganliklarini o`lchaydigan birlik. Ba’zi hodisa yoki siyosat bozorga qanday ta’sir qilayotganini o`rganayotganda, nafaqat uning ta’sir yo`nalishini, qolaversa ularning ko`lamini ham baxslashamiz. Elastiklik ko`plab hollarda foydali hisoblanadi. Biz buni bo`lim oxirigacha ko`rib chiqamiz. Davom etishdan oldin, siz benzin haqidagi savolning javobiga qiziqayotgandirsiz. Ko`plab tadqiqotlar benzin narxlariga iste’molchilarning munosabatini o`rganishgan va ular qisqa muddatdan ko`ra uzoq muddatda talab miqdori kam bo`lishini aniqlashgan. Benzin narxida 10 % o`sish uning iste’molini bir yildan so`ng 2.5 % ga, besh yildan keyin esa 6 % ga tushiradi. Chunki odamlar kamroq mashina haydashadi va yoqilg`i tejaydigan mashinalardan foydalanishadi. Bu ikki hodisa talab egri chizig`ida va uning elastikligida aks etadi. 4.1. Talab elastikligi Biz 3-bo`limda talab tushunchasini ko`rib chiqqanimizda xaridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o`rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir birining o`rnini to`ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo`lganda ko`proq tovar xarid qilishadi. Bizning tovarlarga bo`lgan talabimiz narxga bog’liq
6
kitobining V bobi asosida tayyorlangan .
89-111 bet
56
yoki bo`lmasligi mumkin. Biz o`zgarish o`lchamiga bog’liq bo`lmagan talab qilingan miqdor ko`chish yo`nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o`zgaruvchan miqdorlardagi o`zgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini o`lchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi. Talabning narx elastikligi va uning omillari Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo`lganda narx o`zgarishiga javob berishini o`lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o`zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o`zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi. Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o`lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko`radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko`rib chiqamiz. O`rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O`rin bosuvchi tovarlar ko`proq elastik bo`ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o`tish ancha oson. Masalan, saryog’ va margarin oson o`rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik miqdorda o`sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo`ladi. Teskari ravishda, tuxumning o`rin bosuvchisi bo`lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
elastik talab bo`lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko`rigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin bo`lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorining kamaytirishga olib keladi. Bunga sabab ko`pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik
57
yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bog’liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo`ladi. Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’siring o`lchovi. Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini o`lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o`zgarish foizi narxning o`zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Tovar narxining pasayishi unga bo`lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o`zgarganda talab qanday o`zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo`lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o`zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo`lgan talab noelastik bo`ladi, agar talab miqdori narxdagi o`zgarishlarga birozgina javob qaytarsa. Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o`sha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko`plab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.
bo`lgan tovarlar ko`proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o`rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog` va margarin bir-birini o`rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o`zgarmaganda saryog` narxining biroz ko`tarilishi saryog`ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo`ladi. Bunga zid
58
holda, tuxumning o`rnini bosadigan tovar bo`lmagani uchun tuxumga bo`lgan talab saryog`ga nisbatan kamroq elastik bo`ladi. Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga bo`lgan talab odatda noelastik bo`ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo`lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog`liq emas, balki xaridorlarning xohishiga bog`liq. Sog`lig`iga kamroq munosabatda bo`lgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo`lgan zaruriyat bo`lishi mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo`lgan hashamat bo`lishi mumkin.
chizishimizga bog`liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko`ra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir- birini o`rnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq-ovqatning o`rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo`ladi. Vanillin muzqaymog`i juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog`ning ko`plab boshqa tamlilari uning o`rnini bosadi. Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko`proq elastik talabga ega bo`lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo`lgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt o`tgan sayin, odamlar yoqilg`i tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan ko`proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga ko`chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo`lgan talab sezilarli darajada tushadi.
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko`rib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni ko`rib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi
59
o`zgarishini narxning foizdagi o`zgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:
Talabning narx elastikligi =
Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % o`sish muzqaymoqqa bo`lgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz:
Talabning narx elastikligi = = 2
Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi o`zgarish narxdagi o`zgarishga nisbatan 2 barobar ko`p. Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi o`zgarishi narxning foizdagi o`zgarishiga nisbatan har doim qarama- qarshi bo`ladi. Bu misolda narxning o`zgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori o`zgarishi esa 20 % ga kamaygan.
Elastiklik va foiz o`zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo`li bu talab egri chizig’idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo`lgan elastiklik, B dan A gacha bo`lgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi. A nuqta: Narx=4$ miqdor=120 B nuqta: narx=6$ miqdor=80. A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga ko`tarilgan,miqdori 33%ga pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko`tarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5 . Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o`zgarishi turli xil asosda hisoblanadi. 60
Bu muammoni yechishning 1 yo`li elastiklikni hisoblash uchun o`rta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning o`zgarishini hisoblash uchun standart jarayon boshlang’ich bosqich orqali o`zgarishlar bo`lishi mumkin. Bunga zid holda, o`rta nuqta metodi boshlang’ich va so`nggi bosqichlari orqali o`zgaruvchilarni bo`lish orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ o`rtasida o`rta nuqta. Shuning uchun , o`rta nuqta metodiga ko`ra 4dan 6 ga o`zgarish 40% li o`sish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga ko`ra, 6 dan 4 ga o`zgarish 40% pastlashni anglatadi. O`rta nuqta metodi o`zgarish yo`nalishidan qat’iy nazr bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizig’ini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B o`rtasida o`rta nuqta: narx= 5$ miqdor=100 o`rta qiymat metodiga ko`ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko`tariladi. 2 yo`nalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng. Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligi hisoblash uchun o`rta nuqta metodi bo`lib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan. Talabning narx elastikligi =
Surat o`rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o`zgarish. Mahraj o`rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o`zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash shart bo`lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak. Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni ko`rsatamiz. Bizning maqsadimizning asosiysi uchun, elastiklik qanday ifodalanishidan ko`ra nimani ifodalanishi muhimroq.
Iqtisodchilar talab egri chizig`larini ularning elastikligiga qarab guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta bo`lsa, talab elastik hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan ko`proq suriladi. 61
Elastiklik 1 dan kichik bo`lganda, talab noelastik bo`ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastikli aniq 1 ga teng bo`lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi. 1-chizmada beshta holat ko`rsatilgan. 0 elastikka ega bo`lgan ekstremal holatda((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig`i vertikal. Bu (a) Mutloq noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng (b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng Narx
Talabning narx elastikligi talab egri chizig’ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab beradi. E’tibor berish kerakki, barcha foiz o’zgarishlari o’rta nuqta usulidan foydalanilgan holda hisoblaniladi RASM 2. … talab hajmini o’zgartirmaydi
1.Narx
ko’tari lishi
1.Narx ning 22 % ga
ko’tarilishi
2. … talab hajmini 11 % ga kamaytiradi Narx
1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi
2. … talab hajmini 22 % ga kamaytiradi 1.Narx ning 22 % ga ko ’tarilishi 2. … talab hajmini 67 % ga kamaytiradi
1.Narx 4$ dan yuqori bo’lsa talab nolga teng 2.Narx 4$ bo’lsa iste’molchilar sotib oladilar 3.Narx 4$ dan past bo’lsa talab hajmi cheksiz 62
holatda, narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo`ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig`i yassi bo`lib boraveradi( (b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo`ladi( (e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo`ladi va talab egri chizig`i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o`zgarish talab miqdorining keskin o`zgarishiga olib keladi.
Bozordagi talab va taklif o`zgarishlarini o`rganayotganda, biz o`rganishni xohlaydigan bir o`zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to`lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko`paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko`rishimiz mumkin. Talab egri chizig`i ostidagi to`rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To`rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 2- chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$. Talab egri chizig`i bo`ylab narx yoki miqdor ko`chsa, umumiy daromad qanday o`zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog`liq. Agar talab noelastik bo`lsa(3-chizma, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo`ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko`tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo`ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o`sishga nisbatan kichikroq bo`ladi. Agar talab elastik bo`lsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko`tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo`ladi. Masalan, 3- chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko`proq o`zgargan. Bu chizmadagi misollar ekstremal bo`lishiga qaramasda, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
63
Talab noelastik bo`lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo`nalishda harakatlanadi.
Talab elastik bo`lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanadi.
daromad o`zgarishsiz qoladi.
Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling