I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Muzqaymoq narxi Rasm Talab egri chizig’i Muzqaymoq miqdori Talab qilingan miqdorning ortishi Talab grafigi – bu har bir narxda bo’lgan talabning hajmini ko’rsatuvchi jadval. Talab egri chizig’i narxning o’zgarishidagi talabning hajmi o’zgarishini ko’rsatadi. Past narx talabning hajmini ko’payishiga olib keladi, demak talab egri chizig’i pastga qarab ketadi.
narxi Muzqaymoq miqdori Talab grafigi va talab egri chizig’i Narxning tushishi
33
xarid qilishni to`xtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida bo`lmagan tovarning narxi va talab miqdori o`zaro munosabatini ko`rsatadi. Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal o`qida ko`rsatiladi, talab miqdori esa gorizontal o`qida ko`rsatiladi. Pastga qarab ketayotgan chiziq narxni va talab miqdorini o`zaro bog’laydi va u talab egri chizig’i deb nomlanadi. Bozor talabi individual talabga qarshi
Birinchi rasmda talab egri chizig’i mahsulotga bo`lgan individual talabni aks ettiradi. Tahlil uchun biz bozor talabiga, ya’ni aniq bir tovar yoki xizmatga bo`lgan individual talablarning yig’indisiga ta’rif berishimiz kerak.
Ikkinchi rasmdagi jadvalda shu bozorning ikkita sub’ekti; Katerina va Nikolasning muzqaymoqqa bo`lgan talabi ko`rsatilgan. Katerinaning talab grafigi u aniq bir narxdagi muzqaymoqni qaysi miqdorda xarid qilishini ko`rsatadi. Nikolasning talab grafigi esa u qancha muzqaymoqni sotib olishini ko`rsatadi. Har bir narxdagi bozor talabi ikkita sub’ektning talabini yig’indisini ifodalaydi. Rasm Muzqay moq narxi Muzqay moq narxi Muzqay moq narxi Muzqaymoq miqdori Muzqaymoq miqdori Muzqaymoq miqdori
Muzqaymoq narxi
Katerina Nikolas
Bozor Ketrinning talabi Nikolasning talabi Bozorning talabi Bozor talabi individual talablar yig’indisiga teng Bozorda talabning hajmi har bir xaridorning har bir narxdagi talab hajmining yig’indisini tashkil etadi. Bozor talabining egri chizig’i gorizontal joylashgan yakka talabning yig’indisi deb olinadi. Agar narx 2.00$ teng bo’lsa, Ketrinning talabi hajmi 2 ta muzqaymoq, Nikolasniki esa – 3 tani tashkil etadi. Bozorda bu narxda talab hajmi 7 ta muzqaymoqqa teng bo’ladi.
D Ketrin D Nikolas D Bozor
34
Ikkinchi rasmdagi grafikda shu ikkita talab grafikiga tegishli egri chiziq ko`rsatilgan. Shunga e’tibor beringi, bozor talabi egri chiziqini olish uchun biz gorizontal holatda individual talabni ja’mini olamiz. Ya’ni, har bir narxda bo`lgan umumiy talab miqdorini olish uchun biz xar bir individual talab egri chizig’ining gorizontal o`qida joylashgan yakka ko`rsatkichlarni jamlaymiz. Bizni bozorning ishlashini tahlil qilish qiziqtirgani uchun, biz ko`pincha bozor talabining egri chizig’i bilan ishlaymiz. Bozor talabining egri chizig’i tovarga bo`lgan umumiy talab miqdori narxlar o`zgarishi va boshqa doimiy sharoitlardagi o`zgarishini ko`rsatadi.
Talab egri chizig’i boshqa teng sharoitlarda haqqoniy bo`lsa, u vaqt o`tgan sari turg’un bo`lmaydi. Agar nimadir talab miqdorini o`zgartirsa, bu holda talab egri chizig’ining siljishi kuzatiladi. Masalan, deylik, Amerikalik Tibbiyot assotsiatsiyasi odamlar ko`p miqdorda muzqaymoq iste’mol qilishsa, ular uzoq umr ko`rishini aniqlashdi. Bunday kashfiyot talab egri chizig’ini ko`taradi. Har bir paytdagi narxda xaridorlar ko`proq muzqaymoqni sotib olishni hohlaydilar, va shu yol bilan talabegri chiziqi siljiydi. 3 rasmda talab egri chizig’i siljishi aks ettirilgan. Har bir narxdagi talabni ko`paytiradigan har qanaqa
o`zgarish, masalan
Amerikalik Tibbiyot assotsatsiyasining kashfiyoti, talab egri chizig’ini o`ng tomonga siljitadi va bunday siljish talabni ko`payishi deb nomlanadi. Har bir narxdagi talabni kamaytiradigan xar qanaqa o`zgarish talab egri chizig’ini chap tomonga siljitadi va bunday siljish
Talab egri chizig’iga ko`plab o`zgaruvchan omillar o`z ta’sirini ko`rsatadi. Ulardan eng muhimi shulardir.
Agar siz yozda ishingizni yo`qotsangiz, sizning muzqaymoqqa bo`lgan talabingiz qanday o`zgaradi? Umuman olganda u tushadi. Kam foyda olganda sizning jami sarf-xarajatlaringiz kamayadi. Shu nuqtayi nazardan sizning yaxshi tovarlarga bo`lgan xarajatingiz ham kamayadi. Agar daromad tushganda biror mahsulotga bo`lgan talab tushsa ushbu tovar odatiy tovar 35
deyiladi.
Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda biror tovarga bo`lgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan ko`ra avtobusga chiqishni ma’qul ko`rasiz. O`rin bosuvchi tovarlar narxi. Faraz qiling muzlatilgan yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli, ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni kamaytiradi va bu tovarlar o`rin bosuvchi tovarlar deyiladi. O`rin bosuvchi tovarlar asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-dog va gamburger, sviter va ko`ylak, kino chiptasi va video ijarasi. Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz undan ko`proq sotib olasiz. Shu sababli siz ko`proq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni oshiradi, bu mahsulotlar to`ldiruvchi tovarlar deyiladi. To`ldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur. Rasm Talab egri chizig’idagi o’zgarish
Mahsulot narxi ma’lum bir darajada bo’lganda iste’molchilarni ushbu tovarni sotib olish hajmining oshishi talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi. Berilgan narx darajasida iste’molchilarning tovarlarni sotib olish hajmining pasayishi talab
egri chizig’ini chapga siljitadi.
Talabning oshishi Talabning kamayishi Talab egri chizig’i, D3 Talab egri chizig’i, D2 Talab egri chizig’i, D1 36
Did. Sizning talabingizni aniqlab beradigan asosiy narsa bu sizning ehtiyojingiz. Agr siz muzqaymoqni yoqtirsangiz uni ko`proq xarid qilasiz. Iqtisodchilar odatda insonlarning ehtiyojini o`rganishga harakat qilishmaydi, chunki ehtiyoj tarixan insonlarning o`ziga xos bo`lib kelgan psixologik kuch hisoblanadi. Ammo iqtisodchilar ehtiyoj o`zgarganda nima bo`lishini tahlil qilishadi.
1 O`zgarish O`zgarishning ta’siri Xaridorlarga ta’sir qiladigan o`zgaruvchilar Ushbu jadvalda biror tovarni xarid qiluvchilarning o`zgarishiga ta’sir etadigan omillar keltirilgan. Bunga eng asosiysi baho hisoblanadi. Tovarlar bahosi
Daromad O`rin bosuvchi tovarlar bahosi Did Kutish Xaridorlar soni Talab egri chizig’i bo`ylab harakatni ifodalaydi
Talab
egri chizig’ini o`zgartiradi
Talab egri chizig’ini o`zgartiradi Talab
egri chizig’ini o`zgartiradi Talab
egri chizig’ini o`zgartiradi Talab
egri chizig’ini o`zgartiradi
Sizning kelajakka bo`lgan ishonchingiz bugungi kunda tovar yoki xizmatlarga bo`lgan talabingizga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, siz keyingi oyda yuqoriroq daromad olishga ishonsangiz, hozirda kamroq pul jamg’arasiz va joriy daromadingizning ko`p qismini muzqaymoqqa sarflaysiz. Yana bir misol, ertaga muzqaymoq narxini tushishiga ishonsangiz, bugungi narxda kamroq muzqaymoq sotib olishga harakat qilasiz. 37
Xaridorlar soni. Avvalgi omillarga qo`shimcha tarzda xaridorlar hatti- harakatiga ta’sir qiliuvchi omillar bir nechta bo`lib, bozor talabi xaridorlar soniga bevosita bog’liq. Agar Piter muzqaymoq iste’molchilari Katerina va Nikolasga qo`shilganda edi bozordagi talab miqdori oshgan va bozor talabi o`sgan bo`lardi. Xulosa. Talab egri chizig’i boshqa o`zgaruvchilar o`zgarmas bo`lganda ushbu tovarning bahosini o`zgarishi talab miqdorining o`zgarishiga qanchalik ta’sir etishini ifodalaydi. Boshqa o`zgaruvchilardan birortasi o`zgarganda talab egri chizig’i ham o`zgaradi. 1-jadvalda o`zgaruvchilar mahsulot sotib oluvchilar soniga qanchalik ta’sir etishi keltirib o`tilgan. Agar siz talab egri chizig’ining siljish yoki siljimasligi bo`chiya muammoga duch kelsangiz, 2-bo`limning ilovasi sizga yordam beradi. Ikkala o`qdagi tegishli o`zgaruvchida o`zgarish bo`lganda o`q joyidan siljiydi. Chunki narx vertikal o`qda joylashadi, narxdagi o`zgarish talab egri chizig’i boylab bo`ladigan o`zgarishni ko`rsatadi. Daromad esa faqat bitta tegishli o`qdagi o`zgaruvchi o`zgarganda siljiydi. Chekishga bo`lgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yo`li
Jamiyatdagi siyosatchilar insonlar chekishining hajmini kamaytirishga ko`p harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yo`li bor. Birinchisi, sigareta va tamaki mahsulotlariga bo`lgan talab egri chizig’ini o`zgartirish kerak. Ya’ni istalgan turdagi sigaretalar haqida ommaviy axborot vositalaridan, televideniyadan chekishni ta’qiqlaydigan ko`rsatuvlarni qo`yish, sigareta qutilariga yozish kerak. Agar bu muvaffaqiyatli bo`lsa, sigaretalarga bo`lgan talab egri chizig’i 4 rasm (a)qismdagidek chapga siljiydi. Keys stady
38
Muqobil yo`llardan biri siyosatchilar sigaretalar narxini oshirishi kerak. Agar hukumat sigaret ishlab chiqarishga katta soliq joriy qilsa, masalan, soliqlar hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori darajadagi narx chekuvchilarni ular chekadigan sigaretalar miqdorini kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, bu talabni oshirmaydi. Buning o`rniga 4-jadvaldagi (b) qismdagi kabi miqdorni kamaytiradi. Narxni qanchaga o`zgartirsak, chekish hajmi kamayadi va qanchaga? Iqtisodchilar sigareta narxida qancha o`zgarish bo`lishi kerakligi yuzasidan izlanish olib bordilar. Ular aniqlashdiki, narxning 10 %ga oshishi talab hajmini 4 %ga qisqartiradi. O`smirlar sigareta narxiga ta’sirchan bo`lishadi. Narxning 10 %ga ortishi o`smirlar orasidagi chekishni 12 %ga kamaytiradi. Xuddi shunday savol - sigaretalarning narxini oshishi marixuana kabi taqiqlangan dorilarga bo`lgan talabga qanday ta’sir qiladi. Sigareta va marixuana bir-birini to`ldiruvchi tovarlar hisoblanib, sigaretaning narxini
oshishi marixuananing iste’molini oshiradi. Ko`pchilik ekspertlar sigaret narxini pasayishi tamaki va marixuanani paydo bo`lishiga olib kelishadi deb hisoblaydilar. Agar sigaret qutisidagi ogohlantirish chekuvchilarni kamroq chekishga ishontirsa, talab egri chizig’i chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizig’i D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 2$ bo’lsa, talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 10ta sigaretga tushadi. Natijada o’zgarish Anuqtadan B nuqtaga tushadi. Agar sigaret narxiga soliq oshsa, talab egri chizig’i o’zgarmaydi. Bunda talab egri chizig’ida turli nuqtalarda o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. (b) qismda narx 2$dan 4$ga oshganda talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 12taga pasayadi. Natijada o’zgarish A nuqtadan C nuqtaga ko’chadi. 1 pachka sigaret narxi Rasm Talab egri chizig’idagi o’zgarish Talab egri chizig’idagi ko’chish Kunlik chekiladigan sigaret miqdori Kunlik chekiladigan sigaret miqdori 1 pachka sigaret narxi Chekishdan umidsizlantirish siyosati natijasida talab egri chizig’ining chapga siljishi Sigaret narxlariga soliqning kutarilishi natijasida talab egri chizig’ining o’zgarishi Talab egri chizig’i va talab egri chizig’ing ko’chishi o’rtasidagi o’zgarish 39
3.3.Taklif
Biz endi bozorning ikkinchi tomonidan tahlilni davom ettiramiz. Yana bir marta fikringizni jamlang, keling muzqaymoq bozori haqida o`ylab ko`ramiz. Taklif egri chizig’i: narx va taklif miqdori o`rtasidagi bog’liqlik Biror mahsulot yoki xizmatga bo`lgan taklif miqdori ushbu tovarlarni bozordagi xaridorlari soni bilan ifodalanadi. Taklif miqdorining bir qancha qismlari mavjud, ammo yana bir marta narx bizning tahlilda asosiy o`rinni egallaydi. Muzqaymoq narxi yuqori bo`lganda muzqaymoq sotish daromadli bo`ladi va natijada muzqaymoq sotish hajmi oshadi. Muzqaymoq sotuvchilar ko`proq ishlashadi, ko`proq muzqaymoq texnikasi xariq qilinadiva ko`p ishchi yollanadi. Ammo muzqaymoq narxi past bo`lganda bu biznes kam daromadli bo`ladi va sotuvchilar kam muzqaymoq ishlab chiqaradi. Ba’zi narxda bir qancha sotuvchilar butunlay ishlab chiqarishni to`xtatadilar va ularning ishlab chiqarish hajmi nolga teng bo`ladi. Ushbu taklif miqdori va narx o`rtasidagi bog’liqlik taklif
miqdori ham tushadi. 5 rasmda har oyda Ben tomonidan ishlab chiqariladigan muzqaymoq miqdori keltirilgan. Narx 1$ga tushganda Ben muzqaymoq ishlab chiqarishni butunlay to`xtatadi. Narx oshgan sari ishlab chiqarish hajmi ham oshadi. Ushbu jadval ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi boshqa omillar o`zgarmas bo`lganda narxning taklifga ta’sirini ko`rsatadi. 5 rasmda taklif qonuni ifodalangan. Narx va taklif miqdorini bog’liqligini ifodalovchi egri chiziq taklif egri chizig’i deyiladi. Taklif egri chizig’i oshmoqda, chunki narxning oshishi ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Bozor talabi bu - xaridorlar talablarining umumiy yig’indisidir, bozor taklifi esa sotucvhilar takliflarining umumiy yig’indisidir. 6 rasm bozordagi ikkita
40
muzqaymoq sotuvchilari- Ben va Jerryning ishlab chiqargan muzqaymoqlari miqdorini ifodalaydi.
Benning taklifi chizig’i Ben ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi, Jerryning taklif chizig’i esa Jerry ishlab chiqargan muzqaymoqlar miqdorini bildiradi. Bozor taklifi shu ikkala individual takliflar yig’indisiga teng. 6-rasmdagi grafik taklif jadvaliga mos keluvchi taklif egri chiziqlarini ifodalaydi. Talab egri chizig`iga o`xshab, biz individual taklif chiziqlarini gorizontal yig`indisi orqali bozor taklifi egri chizig`iga ega bo`lamiz. Bu degani, biz istalgan narxdagi taklif miqdorini topish uchun gorizontal o`qdagi individual taklif chiziqlari orqali topilgan yakka miqdorlarni qo`shamiz. Bozor taklifi egri chizig`i tovarning narxi o`zgarishi bilan umumiy taklif miqdori qanday o`zgarishini ko`rsatadi, bunda ishlab chiqaruvchining qancha sotishi to`g`risidagi qaroriga ta’sir qiluvchi narxdan boshqa omillar o`zgarmas deb qabul qilinadi.
Taklifga ta’sir etuvchi omillardan birining o`zgarishi ham taklif egri chizig’ining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Faraz qiling shakarning narxi tushdi. Shakar muzqaymoq tarkibiga kiradi, shuning uchun ham muzqaymoq ishlab Muzqaymoq narxi Narxning oshishi
Taklif egri chizig’i Taklif qilingan miqdorning oshishi Muzqaymoq narxi Muzqaymoq miqdori Benning taklif ro’yxati va taklif egri chizig’i Ushbu jadval har bir narxda ishlab chiqarish hajmini ko’rsatadi. Ushbu taklif egri chizig’i narx o’zgarganda ishlab chiqarish hajmi qanvhalik o’zgarishinio ifodalaydi. Chunki narxning o’sishi taklif miqdorini oshiradi va taklif egri chizig’i yuqoriga siljiydi.
41
chiqarish daromadli hisoblanadi. Bu musqaymoq taklifining oshishiga sabab bo`ladi. Muzqaymoq taklifining egri chizig’i o`ngga siljiydi.
7 rasmda taklif o`zgarishi ifodalangan. Shakar narxining tushishi muzqaymoq ishlab chiqarish hajmini oshishiga sabab bo`lgan. Shuningdek taklifning kamayishi taklif egri chizig’ini chapga siljitgan va bu taklifning kamayishi deyiladi. Taklif egri chizig’ini o`zgartiradigan bir qancha omillar mavjud bo`lib, quyida ular bilan tanishamiz:
qiladi: qaymoq, shakar, ta’m beruvchi preparatlar, muzqaymoq mashinasi, ishlab chiqarish binosi hamda mahsulotni ishlab chiqaradigan va mashinalarni boshqaradigan ishchi kuchi xarajatlari. Yuqorida ta’kidlangan xarajatlardan biri yoki bir nechtasi miqdorining oshishi, mahsulot foydaliligini kamaytiradi va taklif qisqarishiga olib keladi. Agar xarajat keskin oshsa, firma yopilishi mumkin va hech qanday muzqaymoq taklifi ham bo`lmaydi. Shu sababli mahsulot taklifi mahsulotga qilinadigan xarajat Bozor taklifi - individual takliflar yig’indisi. Bozordagi taklif individual takliflarning yig’indisi hisoblanadi. Bozor taklifi individual takliflardan kelib chiqib aniqlanadi. Narx 2$ bo’lganda Ben 3ta muzqaymoq ishlab chiqarsa, Jerry 4ta ishlab chiqaradi. Ushbu narxda bozor taklifi 7 tani tashkil qiladi.
Ben Jarry
Bozor Rasm Benning taklifi Jarryning taklifi Bozor taklifi Muzqay-
moq narxi Muzqay-
moq narxi Muzqay-
moq narxi Muzqaymoq miqdori Muzqaymoq miqdori Muzqaymoq miqdori Bozor Muzqaymoq narxi 42
miqdori bilan teskari bog’lanishga ega.
Taklifning boshqa bir muhim omili bu xarajatlarni muzqaymoqqa aylantiruvchi texnologiyadir. Misol uchun, mexanizatsiyalashgan muzqaymoq mashinasining kashf qilinishi, muzqaymoq ishlab chiqarish uchun zarur bolgan mehnat miqdorini kamaytirdi. Texnologiyadagi rivojlanish mahsulot taklifini firma xarajatlarini qisqartirish orqali o`stirdi.
Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling