I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа


Download 291.6 Kb.
bet5/14
Sana09.04.2023
Hajmi291.6 Kb.
#1343497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor

Eritmalarning klasifikatsiyasi:
I.Eritmalar erigan modda miqdoriga qarab:
1) To’yinmagan eritma – ayni haroratda erituvchining ma’lum miqdorida eruvchanlik koeffitsientidan kam erigan modda erishidan hosil bo’lgan eritma.
2) To’yingan eritma - ayni haroratda erituvchining ma’lum miqdorida eruvchanlik koeffitsientiga teng erigan modda erishidan hosil bo’lgan eritma.
3) O’ta to’yingan eritma – to’yingan eritmaga yana erigan modda qo’shib, harorat sekin ko’tarilib tayyorlangan eritma. O’ta to’yingan eritma beqaror bo’ladi, ozgina mexanik ta’sir natijasida ortiqcha erigan modda kristallanib cho’kadi va bu qayta kristallanish deyiladi.
II.Erish natijasida elektrolitik dissotsiatsiya ketish - ketmasligiga qarab, eritmalar 3 guruhga bo’linadi:

  • elektrolitlar eritmasi – ionlarga dissotsialanadigan kislota, asos va tuzlar misol bo’ladi.Ularning elektr o’tkazuvchanligi erituvchinikidan yuqori bo’ladi.

  • noelektrolitlar eritmasi – saxaroza, glyukoza va mochevina misol bo’ladi.Ularning elektr o’tkazuvchanligi erituvchinikidan qariyib farq qilmaydi.

  • amfolitlar eritmasi - ham kislotali, ham asosli birikmalar kabi dissotsialanadigan moddalar eritmasi. Masalan,Al(OH)3

III.Erigan moddaning molekulyar massasiga qarab2 guruhga:

  • molekulyar massasi 5000 g/molьdan kichik bo’lgan moddalar eritmasi - kichik molekulali moddalar eritmasi;

  • molekulyar massasi 5000 g/molьdan yuqori bo’lgan moddalar eritmasi – yuqori molekulali moddalar(YuMB) eritmasi deyiladi.

IV.Eritmalar termodinamik nuqtai nazardan

  • Ideal

  • Real

  • Cheksiz suyultirilganeritmalarga bo’linadi.

V.Eritmadagieriganmoddazarrachalariningo’lchamigaqarab 3gabo’linadi

VI.Agregat holatiga qarab eritmalar:

  • gazsimon (havo) eritmalar

  • suyuq eritmalar (tuzlarning suvdagi eritmasi)

  • qattiq eritmalar (oltin-mis, nikel-mis)bo’lishi mumkin.

Hayotda suyuq eritmalar ko’proq ahamiyatlidir.
VII.Suyuq eritmalar 3ga bo’linadi:

  • qattiq moddalarning suvdagi eritmasi (Q-S)

  • suyuqliklarning suyuqliklardagi eritmasi (S-S)

  • gazlarning suyuqliklardagi eritmasi (G-S)




Download 291.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling