I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа


Eritmalarning kolligativ xossalari. To‘yingan bug‘ bosimining pasayishi, osmotik bosim


Download 291.6 Kb.
bet6/14
Sana09.04.2023
Hajmi291.6 Kb.
#1343497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor

1.2 Eritmalarning kolligativ xossalari. To‘yingan bug‘ bosimining pasayishi, osmotik bosim.
Eritmalarning ularda erigan moddaning tabiatiga emas, uning kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan xossalari kollegativ (kollektiv) xossalar, ya’ni bir-biriga bog‘liq xossalar deyiladi. Ular umumiy bitta sabab - erigan modda zarrachalarining soni bilan ifodalanadi.
Erituvchiga biron bir modda solinsa, faqat erigan moddaning emas, balki erituvchining ham xossasi o‘zgaradi. Bu erigan modda va erituvchi molekulalarining ta’sirlanishiga bog‘liq.
Raul qonuni (1830-1901) erigan moddaning erituvchining fizik xossalariga ta’siriga oid. Bu qonun termodinamikkaning ikkinchi qonunidan kelib chiqadi. Ya’ni, G=0 termodinamik muvozanatdagi fizikaviy jarayonlar uchun taa’luqlidir.
Agar usti yopiq idishga toza erituvchi solinsa, bug‘lanish va konden-satsiya sodir bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng sistemada dinamik muvozanat (G=0) hosil bo‘ladi. Ya’ni, suyuqlik sathidan bug‘lanayotgan zarrachalar (vaqt birligida) gaz muhitidan suyuqlikka o‘tayotgan zarrachalar soniga teng bo‘ladi.

Efir



Р0Efir

1-rasm.
Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug‘ - to‘yingan bug‘ deyiladi. To‘yingan bug‘ bosimi – suyuqlikning bug‘ holatga o‘tishga intilishidir. Bunday toza erituvchining bug‘ bosimi yoki to‘yingan bug‘ bosimi P0 bilan belgilanadi. Toza suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi faqat uning tabiatiga bog‘liq. Suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish, ta’sir-lashish kuchlari qancha kuchli bo‘lsa, uning ustidagi bug‘ bosimi shuncha past bo‘ladi, va aksincha sust bo‘lsa, uning to‘yingan bug‘ bosimi shuncha yuqori bo‘ladi. Bug‘ bosimining qiymati berilgan haroratda barometrlarda o‘lchanadi. Berilgan haroratda toza erituvchining to‘yingan bug‘ bosimi(P0) doimiy qiymatga ega va erituvchining termodinamik xarakteristikasi hisoblanadi. Haroratning ortishi Le-Shatele printsipiga muvofiq erituvchi ustidagi bug‘ bosimini oshiradi, chunki bug‘lanish endotermik jarayon Hbug‘>0.
Bizga 2ta suyuqlik aralashmasi berilgan bo‘lsa, uni isitilsa, A va B moddalar bug‘lanadi. To‘yingan bug‘ bosimini hosil qilishda ikkala komponent qatnashadi.


Download 291.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling