I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа


Download 291.6 Kb.
bet8/14
Sana09.04.2023
Hajmi291.6 Kb.
#1343497
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor

Eritmalarning osmotik bosimi-Agar idishni yarim o‘tkazgich membrana bilan ikki bo‘limga bo‘lsak birinchisiga eritma, ikkinchisiga toza erituvchi quysak, erituvchi eritma tomonga o‘ta boshlaydi.
Erituvchining yarim o‘tkazgich membrana orqali past kontsentratsiyali eritma tomonga bir yoqlama diffuziyasi – osmos deyiladi.

3-rasm.
h balandlikda o‘tish tezliklari tenglashadi, muvozanat qaror topadi. Shu muvozanat holatiga to‘g‘ri kelgan gidrostatik bosim - osmotik bosim deyiladi. Boshqacha aytganda osmos xodisasini to‘xtatish uchun eritmaga berilishi kerak bo‘lgan bosim - osmotik bosim hisoblanadi.
Osmotik bosim membrananing va eritmada erigan moddaning tabiatiga bog‘liq bo‘lmay, eritmaning kontsentratsiyasiga bog‘liq, hatto undan katta bo‘lishi mumkin. Osmos xodisasi odam, hayvon va o‘simlik organizmlari hayotida katta ahamiyatga ega. Hujayralarga dorilarning, to‘yintiruvchi moddalarning kirishi, modda almashinish mahsulotlarining chiqib ketishi osmosga asoslangan.
Osmotik bosimni tahminiy aniqlash uchun biologik usullarni ham qo‘llash mumkin (Gyugo de - Friz). Agar qattiq tsellyuloza qobug‘i, yarim o‘tkazgich protoplazma, xujayra sharbatidan iborat o‘simlik xo‘jayrasini gipotonik eritmaga solsak endoosmos natijasida protoplazma tashqi qobug‘ga siqilgan bo‘ladi. Tashqi suyuqlikning osmotik bosimini oshira borsak u gipertonik bo‘lib qoladi va ekzoosmos kuzatiladi, natijada xujayra protoplazmasi bujmayadi va tashqi qobug‘dan chetlashadi. Mikroskop tagida boradigan bu xodisani plazmoliz deyiladi. Osmotik bosimni mikroskopsiz, vizual ham kuzatish mumkin. Buning uchun hayvonlarning xujayralarini – qizil qon zarrachalarini ko‘ramiz. Ular mustahkam tashqi qobug‘ga ega emas, shuning uchun gipotonik eritmada ularning qobug‘i, suv uning ichiga kirgani tufayli, xosil bo‘lgan bosimga chiday olmasdan yirtiladi va suyuqlik qizil rangga bo‘yaladi (gemoliz deyiladi).
De-Friz o‘zining tadqiqotlariga asoslanib quyidagi xulosaga kelgan:
bir xil haroratda turli moddalarning bir xil molyar kontsentratsiyada olingan eritmalarining osmotik bosimi bir xil bo‘ladi yoki ekvimolekulyar eritmalar o‘zaro izotonik bo‘ladi.
Pfefer va De-Frizning tekshirishlariga asoslanib, 1886 yilda Vant-Goff eritmalarning fizikaviy nazariyasini yaratdi, osmotik bosim-ning kontsentratsiya va haroratga bog‘liqlik qonuniyatlarini topdi:
suyultirilgan eritmalarda erigan modda o‘zini xuddi shu sharoitdagi gazga o‘xshab tutadi. Erigan modda gaz holatida bo‘lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda xosil qiladigan bosimi shu eritmaning osmotik bosimiga teng bo‘ladi
πV=nRT n/V=C bo‘lgani uchun
π=CRT
π – osmotik bosim
V – eritma hajmi
n – mollar soni
S – molyar kontsentratsiya
Osmotik bosim erigan modda molyar kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional. Formuladagi π kontsentratsiya va haroratga bog‘liq bo‘lib, erigan modda tabiatiga bog‘liq emasligi ko‘rinib turibdi.
Noma’lum modda eritmasining osmotik bosimini o‘lchab, uning molyar massasini aniqlash mumkin:




Download 291.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling