I. A. Karimov nomidagi tdtu qo‘qon filiali Elektronika va elektr texnikasi fakulteti 20 myamt guruhi talabasi


Download 0.52 Mb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1019600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QURBONOV ABUBAKR 3.20MYaMT

Hulosa qilib aytganda, hozir texnika zamoni bo’lib, kundan kunga yangidan yangi kashfiyotlar yaratilmoqda. Bu kashfiyotlar insonlarga juda ham katta yengillik bermoqda.
Nanozarralarning fizikaviy xossalari mos holda uning kimyoviy tarkibi, atom va molekulalarning bog’lanishlari, ularning o’zaro ta’sirlari, kristolografik tuzilishiga bog’liq. Nanozarralarning kimyoviy tarkibi atom yoki molekulalarning kimyobiy bog’lanishlariga bog’liq bo’lsa, qarama-qarshi zaryadli ionlar orasidagi elektrik t’sirlar ionli bog’lanishlarga bog’liq bo’ladi. Bularga mos holda nanozarralarning fizikaviy xossalari uning tarkibiga xos bog’lar asosida tushuntiriladi. Bundan tashqari, nanozarralarda kovolent yoki metal bog’lanishlar ham uchraydi. Fan va texnika rivojlanishida nanozarralar asosidagi qurilmalar tayorlashda bunday bog’larning ham ahamiyati juda yuqoridir. Nanozarralarning bularga bog’liq xossalarini tushuntirishda bunday bog’larning hosil bo’lish mexanizmini bilish talab etiladi. Nanozarralar qanday bog’lanishlar asosida tuzilganidan qat’iy nazar ulardagi zarrachalarning o’zaro ta’sir kuchuni ham e’tiborga olish maqsadga muvoffiq. Jumladan, bunday kuchlarga bog’larning hosil bo’lishidagi Van-der-Vaals kuchi va boshqalarni bilish talab etiladi.
Bularga bog’liq holda, ushbu bobda nanozarralar fizikaviy xossalarining atom va molekulalarga bog’liqligi, ularning o’zaro bog’lanishlari, bog’larning hosil bo’lishdagi o’zaro ta’sir kuchlari bayon qilinadi.
Nanotuzilmalarning tuzilishiga mos holda uning tarkibidagi atom va molekulalar bir-biri bilan kimyoviy bog‘lanishlar hosil qilishi mumkin. Kimyoviy bog‘lanish tabiatan manfiy elektron va musbat yadro orasidagi elektrik tortishuv orqali sodir bo‘ladi. Bunday bog’lanishdagi nanotuzilmaning elektron va yadroga bog’liq fizik hodisalarni kimyoviy bog’lanishlar asosida tushuntirish talab etiladi. Shuning uchun nanotuzilmalarning fizikaviy xossalari, tarkibi, tuzilishi va boshqa moddaga aylanishi kimyo faniga bog’liq holda o‘rganiladi.
Nanotuzilmalar atom va molekula bog’larining turlari ko‘p bo‘lib, ularning kimyoviy bog‘lar ham bir-biridan farq qiladi. Jumladan, bog’lar mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin. Shuning uchun ba’zi moddalar boshqa modda bilan ta’sirlashganda oson parchalanadi yoki aksincha. Masalan, osh tuziga suvni quysak tuz shu zahoti erib ketadi. Chunki, tuzning atomlari o‘zaro mustaxkam bog‘langan emas, boshqa moddalarning atomlari mustaxkamroq bog‘langan bo‘ladi, lekin ular ham deformatsiyalanadi. Masalan, temirni buksa ham, unga shakl bersa ham bo‘ladi. Uchinchi bir moddalarga esa qanchalik kuch va energiya sarflamaylik uni sindirish ham parchalab eritish ham qiyin, bunga olmos misol bo‘la oladi. Olmosga yuqori bosim ham, yuqori temperatura ham hech narsa emas.
Tuz, metal va olmos uch xildagi kimyoviy bog‘larni yorqin namoyon etuvchi moddalar bo‘lib, bu bog‘lanishlar ionli, metal va kovalent bog‘lanishlar deyiladi. E’tibor berib qarang, moddalarning atom va molekulalari orasidagi bog‘lanish turi moddaning fizik va kimyoviy xossalariga qanchalar ta’sir etar ekan?
Atomlar kimyoviy bog‘lanishga yagona maqsad bilan, ya’ni: barqaror elektron konfiguratsiyaga ega bo‘lish uchun (ya’ni, tashqi elektron qobig‘ini butkul to‘ldirish uchun) kirishadilar. Birinchi bo‘lib bu gipotezani 1916 yili Kossel va Lyuis degan olimlar ilgari surishgan va keyinchalik bu g‘oya tajribada isbotlangan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling