I. A. Karimov nomidagi tdtu qo‘qon filiali Elektronika va elektr texnikasi fakulteti 20 myamt guruhi talabasi


-rasm. Natriy xloridning kristal panjarasi modeli


Download 0.52 Mb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1019600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QURBONOV ABUBAKR 3.20MYaMT

2.1-rasm. Natriy xloridning kristal panjarasi modeli
F(2.7); Ne(2.8); Na (2.8.1)
Hosil bo‘lgan zarralar (ftor anioni va natriy kationi) orasida elektr tortishish kuchlari ularni bir-biri bilan bog‘laydi. Bu ionli kimyoviy bog‘lanish deyiladi.
Ion bog‘lanishli birikmalar xossalaridan biri tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan kristal panjara hosil qila olishdir. Tugunda manfiy va musbat ionlar joylashgan ion bog‘lanishga xos modda namunasi bu hammamizga malum bo‘lgan osh tuzi bo‘lib, uning formulasi NaCl dir.
Ko‘p hollarda ion bog‘lanishli birikmalar tashqi ta’sir ostida yoki kimyoviy reaksiya natijasida osongina yemiriladi. 2.2-rasmda agar ionli kristalga deformatsiyalovchi kuch ta’sir etsa, qanday holat yuzaga kelishi ko‘rsatilgan.
Kristall panjaradagi unchalik katta bo‘lmagan siljishlar bir xil zaryadli ionlarni yaqinlashtiradi. Natijada ular orasidagi itarish kuchlari ta’sirida kristalda yoriqlar paydo bo‘ladi.
NaCl kristalining deformatsiyalovchi kuch ta’sirida uzilishi
2.3- rasmda osh tuzining kristaliga suv molekulalari qo‘shilsa nima bo‘lishi yaxshi ko‘rsatilgan. Suv molekulasida turli zaryadli atomlar bor (kislorod ko‘proq elektronlar bulutini o‘ziga tortadi, shuning uchun u vodorodga nisbatan manfiy bo‘lib qoladi). Shuning uchun, kislorod atomi zaryadlangan natriy kationini, vodorod atomi esa xlor anionini tortadi va NaCl kristal panjarasi parchalanadi.
2.3 – rasm. Osh tuzining suvda erish jarayoni
Nanotuzilmalardagi kovalent bog‘lanishlar
Ion bog‘lanish kimyoviy bog‘lanishning birdan-bir turi emas. Xlor molekulasida Cl2 (3s23p5) biz atomlar orasidagi kovalent bog‘lanishni uchratamiz. Bunday bog‘lanishlarda har ikki atom o‘zining tashqi elektron qobig‘idagi bittadan elektronlarini bir-biri bilan almashib turadi. Bunda ularning har biri 8-elektronga erishadi va o‘zining sirtqi qobig‘ini to‘ldirib barqaror elektron konfiguratsiyaga erishadi. Har bir kovalent bog‘lanish qulay sxematik ko‘rinishida chiziqcha (C-C), nuqta yoki krest sifatida belgilanadi. Har bir nuqta yoki krest atomning valent qobig‘idagi elektronni ifodalaydi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling