2.4-rasm. Kovalent bog‘lanish sxemasi.
Umumlashgan bu ikki elektronlar juftligi valent elektronlar deyiladi. Kovalent bog‘lanish hosil qilgan elektronlar bitta orbitalni egallaydilar, ularning spinlari Pauli prinsipiga asosan qarama-qarshi yo‘nalishli bo‘ladi. Shunday qilib, kovalent bog‘lanishda atom orbitallari bir-birini qoplaydi.
2.5-rasm. Olmosning tuzilishi
Orbitallar bir-birini qoplashi uchun atomlar orasidagi masofa juda kichik bo‘lishi kerak, bunga ularning yadrolari orasidagi itarishish kuchlari qarshilik ko‘rsatadi. Lekin, kovalent bog‘lanish kerakligicha kuchli bo‘lgani uchun atomlarni ushlab turishga qodirdir. Shu tufayli umumiy orbitalli atomlarni bir- biridan uzib olish qiyin.
Aynan kovalent bog‘lanishning katta energiyasi olmosning o‘ta mustahkam nodir jism ekanligini izohlay oladi, unda har bir uglerod atomi to‘rtta boshqasi bilan kovalent bog‘langan.
Kovalent bog‘lanish bir xil atomlardan tuzilgan molekulalarga xos bo‘ladi (masalan, N2 yoki Cl2), yoxud olmos singari karkas tuzilish hosil qiladi. Ikki bog‘li va uch bog‘li kovalent bog‘lanishlar odatdagidan ko‘ra maxkamroq bo‘ladi.
Ion va kovalent bog‘lanishlar haqiqatda ko‘p uchraydigan kimyoviy bog‘larning ikki chegaraviy holatlaridir, ko‘p hollarda haqiqiy mavjud bo‘lgan kimyoviy bog‘lar shu ikki bog‘lanish orasida bo‘ladi. Biroq, ta’kidlash mumkinki, ba’zi bog‘lanishlarda ionli bog‘lanish ustivor bo‘lsa, ba’zilarida kovalent bog‘lanish ustivor bo‘ladi. Kovalent bog‘lanishning ancha barqarorligi ajablanarli emas, chunki u ion bog‘lanishga ko‘ra katta bog‘lanish energiyasiga ega. Lekin, aytish kerak-ki, alohida har bir atomni qanday bog‘ bilan birikishi reaksiya “sharoitiga” bog‘liq, bir modda turli reaksiyalarda o‘zini turlicha tutishi mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |