I. Adabiyotlar tahlili


Download 55.96 Kb.
bet2/7
Sana02.11.2023
Hajmi55.96 Kb.
#1741039
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibn sino

Kurs ishining vazifasi: Ibn Sino tarixini o’rganish va yaratgan adabiyotlarini o’rganish va tahlil qilish va amalda qo’llashdan iborat. Xalq tabobatiga qo’shgan o’rni va yozgan asarlarini tadbiq qilishdan iborat.
Kurs ishi dolzarbligi: ibn Sino tayyorlagan va qo’llagan dori turlari va tasir ko’rsatishini o’rganish va tasir doirasini o’rganishdan iborat .

Adabiyotlar tahlili
Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol va-linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi. Ibn Sino Buxoroning hozirgi Afshona qishlog’ida tug’ilib 980-1037 yillarda ijod etgan. Ibn Sino tibbiyot-dorishunoslikdagi faoliyati natijasida yozib qoldirgan asarlari 1000 yillar o’tgandan kеyin ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Download 55.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling