I. Adabiyotlar tahlili


Ibn Sino qo’llaga soda va kurakkab dori shakllari


Download 55.96 Kb.
bet6/7
Sana02.11.2023
Hajmi55.96 Kb.
#1741039
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibn sino

2.3.Ibn Sino qo’llaga soda va kurakkab dori shakllari.
Sharqona tabobatda dorilarni tayyorlash va ta'sir mcxanizmiga qarab dorilar sodda va murakkab dorilarga bo'linadi. Sodda dori - tarkibi bir xil bo'lgan, ya'ni yo o'sim lik yoki hayvonlarining faqat bir qismi dorivor m o d d a sifatida ishlatiladigan dorilar guruhidir. Murakkab dori - asosiy va asl va/.il'ani bajaruvchi qismlardan iborat dori to'plami bo'lib hisoblanadi. Usora - o'simlikni xohlagan sifatli qismi kiclikina bo'laklarda maydalanib, keyin yanchiladi, so'ngra qo'goz xaltalarga solib siqib, shirasini ajratib olib, chinni yoki sopol lagan yoki likopchalarga solib, quyoshda ustini xarir ipakdan qilingan yupqa mato bilan yopib qo'yiladi, toki lagan yoki likopchadagi shiraning suv qismi bug'lanib, quyuqlashib, qiyom holiga kelsin. Buxoro xalqi bu qiyomni umumiy qilib “ochor” deydi, chunki o'tmishda Buxoro xalqi uzum, qovun, shaftoli, o'rik, tut kabi mevalardan shu usulda qiyom olib, qish paytida istc'mol qilganlar. Quyosh nuri ta 'sirid a tayyorlab olingan qiyom — ochorni "‘usora" dcyiladi. Ular sopol, chinni idishlarda kcyingi vaqtda esa shisha idishlarda saqlangan.

2.4-rasm xalq tabobatidagi dori vositalari


Rum sunbuli yog'i. Buning foydasi ko'p bo'lib, eng yaxshi yog'lardan biri hisoblanadi. U ichdagi sovuqlik va yellardan bo'ladigan barcha og'riqlarga foyda qiladi, quloqdagi sovuqlik, og'riqlarni bosadi va yo'qotadi. A gar u burunga tortilsa, bosh og'riqi va shaqiqani tuzatadi, u yana rangni yaxshilaydi, yellardan bo'ladigan qulanj bilan ichak og'riqlarini yo'qotadi va ularning og'riqlariga foyda qiladi, jigar va qorin og'riqlarini bosadi va bachadonni qizdiradi. A gar u olatning ichiga yuborilsa, buyrak va qovuqqa hamda qovuqning bo'shashganiga foyda qiladi.
Birinchi tayyorlov uslubi. Xushbo'y qamish, dafna bargi. bal'zam yog'ochi, hind sodasi, qora andiz. qorachayir, archa bujuri, mirt, yovvoyi 84 zira va sarimsoqlarning liar biridan ikki uqiyadan olib, yirik qilib yanchiladi va qozonga solib, ustiga sharob va suv quyiladi-da, ivitib qo'yiladi. Keyin ustiga besh bo'lak kunjut yog'idan qo'shib, qo'shaloq idishda uch soat davomida past olovda qaynatiladi, shunda doimo kovlab turiladi, keyin olovdan tushirib. sovutib qo'yiladi vayog' suziladi. Ikkinchi tayyorlov uslubi. Qiz.il gul, seylon dolchini, ho'l mirt shirasi va murrlarning liar biridan ikki uqiyadan olib, yirik qilib yanchiladi va ustiga suv yoki sharob solib ivitiladi, keyin birinchi gal pishirilgan yog'ni, qo'shib, uch soat past olovda qaynatiladi va sovutib suziladi. Uchinchi tayyorlov uslubi. Sunbul, qalampirmunchoq va m ay'a yclimlarining har biridan uch uqiyadan, muskat yong'og'idan besh uqiya va bal'zam yog'idan olti uqiya olinadi. Dorilami yirik qilib yanchib, ustiga suv quyiladi, aralashma qizigach, yuqorida ko'rsatilganidek, pishirilgan yog'ni. shuningdck, bal'zam yog'i va sovuq m ay'a yelimini qo'shib kovlash orqali yaxshilab aralashtiriladi va suvi ketib yog'i qolguncha qaynatiladi.
Tcmirtikan yog i. Qiynalib siyishda foydasi bor. Tarkibi: kunjut yog'idan bir uqiya. suvdan bir chorak ritl, zanjabildan to'rt dirham va temirtikandan o'n dirham olinadi. Bu dorilar yirik qilib, yanchilib, ichida suv hamda kunjut y o g 'i bor qozonga solinadi va suv ketib , yog' qolguncha qaynatiladi. Bu olat ichiga torniziladi.
Rayhon yog'i. Tizza, bo'g'im lar va butun badandagi bodga foyda qiladi. Tayyorlash: Rayhon suvidan bir qism va kunjut yog'idan ham bir qism olinadi-da, suvning hammasi bug'lanib ketib, vog' qolguncha qaynatila ,i. Keyin suziladi va shisha idishga solib, og'zi m ahkam lab berkitib qo'yiiadi. Bir ichimi biz yuqorida aytgan kasallLklar uchun bir misqoldan yarim uqiyagacha bo’iib, uni bir oz zira qo'shib qavnatilgan no'xat suvining ikki uqiyasi bilan ichiriladi va ustidan zirboj bilan ovqatlantiriladi, a'zolarga bu yog' surtilsa ham foyda qiladi.
Qovoq yog'i. Bu yog'ning yolg'iz o'zi butun badandagi har qanday haroratga foyda qiladi. Agar harorat tashqi a'zoda bo’lsa, bu yog' o'sha tuproqga surtiladi, agar qovuq va buyrakda bo'lsa. ularning ustiga surtiladi, bu yog ichiriladi va ovqatga qo'shib beriladi. Agar harorat butun badanda bo'lsa, u ichiriladi va ovqatga qo'shib beriladi. agar harorat boshda bo'lsa, bu yog' boshga surtiladi va burunga tortiladi. Agar ichaklarda o'tkir o't bo'lsa, bu ichiriladi. U haqiqatan ham, bularning ham m asiga foyda yetkazadi. Tayyorlash: katta pishgan qovoqni olib, po'chog'i artiladi va maydalab siqiladi, lining suvidan to'rt qism va yangi kunjut yog'idan bir qism olib, ikkalasi past olovda suvi kclib, yog'ning o'zi qolguncha qaynatiladi, keyin suzib, shishaga solib qo'yib, istc'mol qilinadi.

2.5-rasm xalq tabobatida ishlatiladigan yog’lar
Tcmirtikan yog'ining boshqasi. Bo'g'imlarga yoqadi, rangni yaxshilaydi, shahvoniy quvvatni orttiradi va jinsiy aloqaga bo'lgan ishtiyoqni qo'zg'atadi; agar undan har kuni bir uqiyasi shinni yoki nabz bilan iehilsa, buyrak, qovuqqa foyda qiladi: uni huqna qilib ham istc'mol qilinadi. Tarkibi: kunjut yog'i. sigirning chuchuk suti va ho'l tcmirtikan shiralarining har biridan o'n ritldan, oq kallaqanddan bcsh ritl va zanjabildan ikki yarim ritl olinadi. Qand yanchib elanadi, keyin hamma dorilar sopol qozonga solinadi va tcmirtikan suvi bilan sut bug'lanib ketib, yog'ning o'zi qolguncha qozon tagiga past olov yoqib turiladi. So'ngra olovdan tushirib, yuqorida aytganimizdek qilib ichiriladi. Bu haqiqatan ham buyrakka foyda qiladi va shahvoniy quvvat bilan erlik urug'ini oshiradi. Tcmirtikan yog'ining 86 boshqa nusxasi, ich tutilganda, hamda yonbosh va buyrak og'riganda foydasi bor.

Xulosa
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlari qayta tirildi desak mubolag`a bo`lmas. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining „Ibn Sino xalqaro jamg`armasini qo`llab-qo`vvatlash to`g`risida"gi 1999- yil 6- yanvardagi farmoni, hamda Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligining 1999- yil 23- apreldagi buyrug`i, bunga yana bir yorqin misoldir. Yana bir muhim tadbir—tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv dasturlariga.
Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan.

Download 55.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling