I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi


Download 71.59 Kb.
bet9/17
Sana31.01.2024
Hajmi71.59 Kb.
#1828059
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va-www.hozir.org

Xrizokolla – CuSiO3·пH2O·п = 2 ga yaqin. Grekcha “xrizos”-oltin, “kolla” - yelim demakdir. Kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan. Tarki­bida ko’pinchaAl2O3 17% gacha (pilarit), Fe2O3 7% gacha, P2O3 7-9 % (demi­dovit) aralashmalari bo‘ladi. Singoniyasi ma’lum emas. Xrizo­kolla, ko‘pin­cha, tipik kolloiddan iborat bo‘ladi. Sirti oqiq, ba’zan kovak po‘stloq shaklida bo‘lgan ovalsimon, shuningdek, tuproqsimon buyumlar holida uchraydi.
Xrizokollaning rangi havorang, yashil yoki ko‘k, qo‘ng‘ir (temir gidroksidlari aralashmasi bo‘lganligidan) va hattoki qora tovlanadi. Birmuncha toza xillarining chizig‘i yashil-oq. Opalga o‘xshash xillari shishadek yaltiraydi, ba’zan mumsimon xira.

Qattiqligi 2, ba’zan 4 bo‘ladi. Notekis, chig‘anoqsimon yuzalar bo‘yicha sinadi. Solishtirma og‘irligi 2,0-2,3. Tarkibidagi suvning bir qismi 1100 gacha qizdirganda, qolgan qismi ancha yuqoriharoratda ajralib chiqadi.



Diagnostik belgilari. Kollomorf massa bo‘lishiga, havorang-yashil tusiga va ortiqcha qattiq emasligiga qarab bilinadi. Dahandam alangasida erimaydi, alanga yashil rangga kiradi. Kolbada osonlikcha suvi ajralib, qorayib qoladi. Kislotalardaparchalanadi va kukun holatida bo‘lgan kremnozyom ajraladi. Xrizokolla mis konlarining oksidlanish zonasi uchun xos tipik mineral bo‘lib, quruq issiq iqlimli joylarda keng tarqalgan. Xrizokollaning malaxit, azurit, atakamit, libetenit, serustit, kalsit va boshqa minerallar o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozlari topilgan. Xrizokollaning sekin-asta tarkibida suvi ozroq bo‘lgan mis silikatiga (plansheitga) aylana borishi ham aniqlangan.

Ishlatilishi. Misli qotishma va turli birikmalari 50 dan ortiq mah­sulotlarni o‘z ichiga oladi. Jami ishlab chiqarishda misning 40% turli mis qotishmalaridan foydalaniladi. Mis va ruxdan tayyorlangan latundan har xil mislar, quvur, soatlar mexanizmi va detallari tayyorlansa, mis va qalay qotishmalaridan tayyorlangan bronzadan esa turli podshipniklar, halqalar va yuqori quvvatli transportning detallari tayyorlanadi. Elеktro­tеxnikada elеktr simlari tayyorlash uchun, mеtallurgiyada turli qotish­malar tayyorlash uchun va katalizator sifatida ishlatiladi; mis birikmalari qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, minеral bo‘yoqlar sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Mis elеktr va issiqlik o‘tka­zuvchan­ligining yuqoriligi, elastikligi va korroziyabardoshligi uning qaysi soha­larda ishlatilishini bеlgilab bеradi. Qazib olinadigan misning taxminan 50%i elеktrotеxnika sanoati ehtiyojlari uchun ishla­tiladi. Alyu­miniyli mis bronzalaridan asosan yuqori zangdan saqlovchi xususiyatga ega bo‘lgan aviatsiya dvigatellarida, quvur va boshqa sohalarda qo‘lla­niladi. Shuning­dek, nikel va ruxli mis aralashmasidan tayyorlangan melxlor qotishmasi uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda, tibbiyotda jar­roh­lik asboblarini yasashda keng qo‘llaniladi. Marganes, nikelli mis birikmalari – nikelin va marganin kabi elektr qarshiligi yuqori bo‘lgan qotishmalar elektrotex­nikada ishlatiladi.


Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling