I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi


Download 71.59 Kb.
bet6/17
Sana31.01.2024
Hajmi71.59 Kb.
#1828059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va-www.hozir.org

Kuprit-Cu2O. Mineralning nomi lotincha “cuprum” – mis so‘zi­dan kelib chiqqan. Sinonimi: qizil mis rudasi. G‘ishtsimon mis rudasi (tarkibida temir gidroksidlari aralashmasi bor) va qatronsimon mis rudasi (tarkibida kremnozyom va temir gidroksidlari aralashmasi bor) haqiqatda kaloidal mineral aralashmalardan iborat. Kimyoviy tarkibi Cu 88,8%. Ko‘pincha mexanik aralashmalar sifatida sof tug‘ma mis borligi, yashirin kristallangan xillari tarkibida esa Fe2O3 va H2O borligi aniqlangan.
Kupritning rangi qizil, qo‘rg‘oshin - kulranglari mayin. Chizig’ijigarrang - qizil yoki qo‘ng‘ir - qizil. Kristallari singan joylarida olmosga yokiyarim metallga o‘xshab yaltiraydi. Kupritning yupqa bo‘laklari yarim shaffof bo‘ladi. Qattiqligi 3,5-4. Ulanish tekisligi {111} bo‘yicha aniq. Solishtirma og‘rligi 5,85-6,15.


Diagnostik belgilari. Xarakterli xususiyatlari quyidagilardir: olmosdek yaltiraydi. Qizil chiziq beradi, ayniqsa, sof tug‘ma mis, ba’zan misning ikkilamchi minerallari – malaxit, azurit va boshqalar bilan bir paragenezisda topiladi. Kuprit deyarli faqat mis konlariningikkilamchi sulfidli boyish zonasida (grunt suvlari sathidan pastda) keng tarqalgan xalkozin, goho bornit rudalarining oksidlanishi natijasida ekzogen jara­yon­­larda paydo bo‘ladi. U, asosan, ma’lum sabablarga ko‘ra (jumladan, ero­ziya bazisining pasayishi natijasida) grunt suvlari sathi pasayib, avval paydo bo‘lgan xalkozinga boy zona oksidlanish doirasiga tushib qolganpaytlardagina kuprit ko‘p tarqaladi. Xalkozinning oksidlanish jarayoniajralib chiqqan sulfat kislotaning suvda erishi natijasida quyidagi reak­siya bo‘yicha ro‘y beradi:
Cu2S+2O2+H2O →Cu2O+H2SO4
Bu reaksiya uchunkislorod yetishmagan holda Cu2O o‘rnida yoki u bilan birga sof tug‘ma mis yuzaga kelishi mumkin.

Tenorit – CuO. Cu 79,9%, C 20,1%. Sinonimi: melakonit (massiv-yaxlit xili). Singoniyasi monoklin. Juda kam uchraydi. Odatda, mayda tangachasimon agregatlar holida uchraydi. Rangi qora yoki kulrang-qora. Chizig‘i kulrang - qora. Yaltirashi yarim metallga o‘xshaydi. Jilolangan shliflarda kuchli anizotrop tusda ko‘rinadi. Qattiqligi 3,5 ga teng. Mo‘rt. Solishtirma og‘irligi 5,8-6,4.

Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling