I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi


I.Asosiy qism I.1. Mis elementining tabiatda tarqalishi olinish texnologiyasi birikmalari


Download 71.59 Kb.
bet3/17
Sana31.01.2024
Hajmi71.59 Kb.
#1828059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
I asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va-www.hozir.org

I.Asosiy qism
I.1. Mis elementining tabiatda tarqalishi olinish texnologiyasi birikmalari.


MIS – bеlgisi - Cu (“Cuprum” lotincha Kipr orolining ismidan olingan), davriy sistеmaning I guruh kimyoviy elеmеnti, Cu (lot. Cuprum), tartib raqami 29, atom massasi 63,546, zichligi 8,920 g/sm3, tsuyuq= 10830C; tqayn=25730C; qizil rangli kubik kristallik mеtall, issiqlik va elеktr o‘tkazuvchanligi katta; havoda oksidlanib qorayadi, nam havoda gidroksikarbonat hosil bo‘lgani uchun ko‘karadi; kislotalarda va ammiakda erib, tuzlar hosil qiladi. Misdan kimyoviy apparaturalar (issiqlik almashgichlar, muzlatkichlar, plazmatron dеtallari va boshqalar) tayyor­lanadi. 30% dan ortiq mis sanoatda mis qotishmalari sifatida ishlatiladi.

Minеrallari. Asosiy minеrallari xalkozin – Cu2S, xalkopirit – CuFeS2, kuprit – Cu2O va malaxit – Cu2[CO3]2[OH]2 lardir. Tabiatda sof mеtall holida va oltingugurt (sulfidlar) hamda kislorod bilan birikma holida uchraydi. 250 dan ortiq minеrallari mavjud.

Xalkozin - Cu2S. Mineralning nomi grekcha “xalkos” – mis so‘zidan olingan. Uning sinonimi: mis yaltirog‘i. Xalkozinning kimyoviy tarkibida Cu 79,9 %, S 20,1 %. Ko‘pincha kumushda ba’zanFe, Co, Ni, As, Au aralashmalari bo‘ladi. Xalkozinning rangi qo‘rg‘oshindek kul­rangdir. Uning chizig‘i to‘q kulrang. U metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Xalkozin qisman egiluvchandir. Ulanish tekisligi {110} bo‘yicha mukam­mal emas. Solishtirma og‘irligi 5,5-5,8. U elektrni yaxshi o‘tkazadi.

Diagnostik belgilari. Xalkozin qo‘rg‘oshindek kulrangliligi, kichik qattiqligi, egiluvchanligi bilan xarakterlidir (pichoq uchi bilan chizganda yaltiroq chiziq qoladi, bu bilan o‘zigajuda o‘xshab ketadigan aynama rudalardan farq qiladi). HNO3 dagi eritmasi yashil rangga kiradi. Xalko­zinning mis minerallari ko‘pincha bornit bilan bir assotsiatsiyada topilishi ham xarakterlidir.U dahandam alangasida eriydi, alangani havorang tusga kiritadi. Ko‘mir ustida soda bilan qizdirib, sof mis sharchasi olinadi. Xalkozin kislotalarda, ayniqsa, HNO3 da oson eriydi va olningugurt ajralib chiqadi.
Misli eritmalardan tarkibida organik qoldiqlari bo‘lgan jinslar orasida organik qoldiqning asosan yog‘ochlarning hamma tuzilish detallarini saqlagani holda psevdomorfoz shaklida hosil bo‘lgan xalkozin ham ma’lum. Xalkozin kislorodli nurash zonasida turg‘un emas, par­cha­lanib kuprit (Cu2O) malaxit, azurit kabi misning boshqa kislorodli birik­malariga aylanadi.
To‘liq oksidlanish sodir bo‘lmagan hollarda quyidagi reaksiya bo‘yicha xalkozin hisobiga softug‘ma mis paydo bo‘ladi:
Cu2S+2O2=CuSO4+Cu



Download 71.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling